Мавзу: «Жисмоний шахслардан олинадиган ер солиғи ва мол-мулк соли¨ини ¦исоблаш ва такомиллаштириш масалалари»


Navoiy shahar mahalliy byudjetining soliqli daromadlari tarkibida


Download 480 Kb.
bet12/26
Sana19.06.2023
Hajmi480 Kb.
#1624377
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
Jismoniy shaxslardan olinadi

Navoiy shahar mahalliy byudjetining soliqli daromadlari tarkibida
yer solig’ini salmog’i9
mln.so’mda

Ko’rsatkishlar



2010 yil



2011 yil



2012 yil

summa

%

summa

%

summa

%

Mahalliy byudjetning jami soliqli daromadlari

124587,2

100

142335,7

100

156218,6

100

Mahalliy byudjetga tushadigan
yer solig’i

3363,8

2,7

4554,7

3,2

5311,4

3,4

Jadvaldan ko’rish mumkinki, yer solig’ining mahalliy byudjet jami daromadlaridagi ulushi sezilarli salmoqqa ega emas. Yer solig’i 2010 yil umumiy daromadda 2,7 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2011 yil 3,2 foizni tashkil qilib, 0,5 punktga oshganligini ko’ramiz. Buning sababi jismoniy shaxslar yer solig’i bo’yicha tushumlarning ko’payishi hisoblanadi, bunga qo’shimcha yer obyektlarini ro’yxatga olish ta’sir ko’rsatgan. 2012 yilda yer solig’i daromadlar tarkibining 3,4 foizini tashkil qilgan.


Soliq kodeksining 287-moddasiga asosan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo’lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari yer solig’ini to’lovchilardir.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun to’lanadigan ijara haqi yer solig’iga tenglashtiriladi.
Yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga yer solig’ini to’lovchilar uchun belgilangan imtiyozlar, soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarni taqdim etish va soliqni to’lash tartibi tatbiq etiladi.
Uy-joy, yashash uchun mo’ljallanmagan imorat va inshootlar meros bo’yicha o’tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish huquqi va foydalanish huquqi o’tgan yer uchastkalari uchun yer solig’i meros qoldiruvchining soliq majburiyatlari hisobga olingan holda merosxo’rlardan undiriladi.
Jismoniy shaxslar yer solig’i uchun quyidagi yer uchastkalari soliq solinadigan obyekt hisoblanadi:
1) dehqon xo’jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
3) jamoa bog’dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer ushastkalari;
4) xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
5) meros bo’yicha, hadya qilinishi yoki olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o’tgan yer uchastkalari;
6) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari;
7) tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari.
Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig’i stavkalari viloyat, shahar va shaharlar bo’yicha tabaqalashtirilgan hamda maxsus zonalarga bo’linadi. Yer solig’i stavkalarini ishlab chiqishda shaharlar va shahar qo’rg’onlari hududini, shahar ayrim shaharlari yerlari hamda infratuzilmasini iqtisodiy baholash qiymati bo’yicha kompleks tarzda baholash asos qilib olingan. Ma’lumki, shahar hududining qimmati markazdan chekka joylarga qarab nafaqat hududning infratuzilma bilan ta’minlashdagi tafovutlar, balki boshqa omillar ta’siri tufayli ham kamayib boradi. Shunga ko’ra yer solig’i stavkalari ham kamayib boradi. Shu sababli yer solig’i stavkalarini tabaqalashtirish uchun shahar va qo’rg’onlar hududi zonalarga bo’linadi, bunda yerlarni kompleks baholashning qiymati umum tomonidan qabul qilingan, zonaning shahar hosil qiluvchilik rolini, transport bilan ta’minlanganligi, muhitni jozibadorligi, ekologik holati, yer tebranishlari bo’lish-bo’lmasligi, shahar ayrim shaharlarining funktsional vazifalarini hisobga oladigan, yer uchastkalarining iste’mol qiymatiga ta’sir ko’rsatadigan koeffitsentlarni qo’llagan holda belgilanadi.
Ta’kidlash joizki, yer solig’i stavkalari soliq to’lovchilarning yerdan foydalanishining samarasiga muvofiq, ya’ni yer uchastkalaridan yomon foydalanishligiga qarab oshirilgan tartibda qo’llaniladi. Masalan, berilgan yerlardan ikki yil davomida foydalanmagan jismoniy shaxslardan yer solig’i, uch barovar stavkada qo’llaniladi. Bundan tashqari yer uchastkalarining ma’muriy va sanoat markazlariga nisbatan joylashishiga qarab qishloq joylari uchun belgilangan yer solig’i stavkalariga oshiruvchi koeffitsientlar ham qo’llaniladi.
Soliq kodeksining 290-moddasiga binoan quyidagi jismoniy shaxslar yer solig’idan ozod qilinadilar:
a) yaylov chorvachiligining sho’ponlari, yilqiboqarlari, mexanizatorlari, veterinariya vrashlari va texniklari, boshqa mutaxassislari va ishchilari;
2) «O’zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo’lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar. Mazkur imtiyoz «O’zbekiston Qahramoni» unvoni berilganligi to’g’risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni va Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo’limining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
3) 1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari hamda qonun hujjatlarida belgilanadigan doiradagi ularga tenglashtirilgan shaxslar. Mazkur imtiyoz urush nogironining tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo’limining yoxud boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga – Nogironning imtiyozlarga bo’lgan huquqi to’g’risidagi guvohnoma asosida beriladi;
4) I va II guruh nogironlari. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
5) yolg’iz pensionerlar. Yolg’iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan alohida uyda, kvartirada yoki yotoqxonada birga yashovchi pensionerlar soliq solish maqsadida yolg’iz pensionerlar deb tushuniladi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi va (yoki) shahar (shahar) ijtimoiy ta’minot bo’limining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
6) boquvchisini yo’qotgan ko’p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o’n olti yoshga to’lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo’lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo’qotgan ko’p bolali oilalardir. Mazkur imtiyoz shahar (shahar) ijtimoiy ta’minot bo’limining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
7) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslar. Mazkur imtiyoz tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi, nogironning maxsus guvohnomasi, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatish ishtirokshisining guvohnomasi, shuningdek vakolatli organlar tomonidan berilgan va imtiyozlar berish ushun asos bo’ladigan boshqa hujjatlar asosida beriladi;
8) shaxsiy pensiya tayinlangan shaxslar;
9) ko’chirib keltirilgan fuqarolar kelib joylashgan yer uchastkalari bo’yisha – yer uchastkalari berilgan paytdan e’tiboran besh yilgacha;
10) shaxslar – ularga yakka tartibdagi uy-joy qurilishi va dehqon xo’jaligi yuritish ushun qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida berilgan yer uchastkalari bo’yicha – yer uchastkasi berilgan oydan keyingi oydan e’tiboran ikki yil muddatga.
Imtiyoz huquqi yer solig’ini to’lashdan ozod etilgan shaxslar yashaydigan va birgalikda xo’jalik yuritadigan butun oilaga tatbiq etiladi.
Jismoniy shaxslar uchun yer solig’ini davlat soliq organlari hisoblab chiqaradi.
Davlat soliq xizmati organlari yer uchastkalari mulkdorlari, yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilar yoki ijarachilar bo’lgan jismoniy shaxslarning muntazam hisobini yuritadilar.
7-jadval

Download 480 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling