Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari


Download 1.58 Mb.
bet1/63
Sana24.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1114828
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63

II BOB
TABIAT RESURSLARI (OB’EKTLARI)GA NISBATAN
MULK HUQUQI
1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari Tabiat resurslari, ya’ni er, er osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi, o‘rmon, atmosfera havosi va boshqalarga nisbatan bo‘lgan mulkchilik eng muhim siyosiy va iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Ushbu masala O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida o‘z ifodasini topgan. Unga asosan, «er, er osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir».
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil ravishda belgilaydi hamda tabiat boyliklaridan o‘z xalqi manfaatlari yo‘lida foydalanadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat mustaqilligi to‘g‘risi»dagi qonuniga muvofiq «O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining moddiy asosi uning mulkidir.
Respublika hududidagi er, er osti boyliklari, suv va o‘rmonlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning ma’naviy boyliklari O‘zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi» (7-modda).
Respublikamizda mustaqillik yillarida qabul qilingan ekologik va agrar qonunlarda yuqoridagi konstitutsiyaviy talablar mustahkamlangan.
Oliy Majlisning sessiyalarida qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi (5-m.), «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi (3-m.), «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi (4-m.), «Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi (3-m.), «O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi (3-m.), «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi (3-m.), «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi (1-m.), «O‘rmon to‘g‘risida»gi (4-m.) qonunlarida, Er kodeksida (16-m.) 27
ko‘rsatilgan talablar tabiat resurslariga nisbatan belgilangan mulkchilikni qonun doirasida hal etishga qaratilgan.
SHu bilan birga, tabiiy resurslarga nisbatan mulkchilik huquqining quyidagi belgilari ham mavjud: 1) tabiiy resurslarning ajralmasligi, ya’ni ma’lum bir tabiiy ob’ektni mulk sifatida boshqa bir ob’ektdan ajratib bo‘lmasligi. Masalan, erdan er osti boyligini, suvdan baliqni ajratib bo‘lmaydi. Zero, suv ob’ektlariga mulk huquqi, baliqqa bo‘lgan mulk huquqidan ajralmasdir; 2) tabiiy resurslarning bebaholigi, qiymatining yo‘qligi, ya’ni ayrim tabiiy ob’ektlar (tuproq, er qa’ri, bog‘, sun’iy o‘rmon, hayvonot va o‘simliklar dunyosi) evolyusion rivojlanish va kishilar mehnat faoliyatining mujassamlashgan holdagi natijasi ekanligi, ularning aniq bir qiymatini belgilab olish imkoni yo‘qligi. Masalan, bir paytning o‘zida erning ham ko‘chmas mulk, ham tabiiy ob’ektning ajralmas bir bo‘lagi ekanligi; 3) tabiiy resurslarning moddiyligi, ya’ni o‘zining ob’ektiv ko‘rsatkichlariga binoan tabiiy resurslarni mulk sifatida o‘zlashtira yoki undira olmasligi. Masalan, atmosfera havosi, fazoviy elementlar, iqlim resurslari va hokazo.
Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqining xususiyatlarini inobatga olib, taxminan quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: a) umumsiyosiy tabiiy resurslar – davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining vakolat doirasiga kiruvchi mudofaa zaruratlari, xavfsizlikni ta’minlash, davlat chegaralarini qo‘riqlash va shunga o‘xshash siyosiy vazifalarni bajaruvchi tabiat ob’ektlari, er uchastkalari yoki suv manbalari; b) umumiqtisodiy tabiiy resurslar – sanoat, transport, energetika, kosmik tizimlar, yadro va shunga o‘xshash boshqa iqtisodiy zarur ob’ektlar bilan band bo‘lgan tabiiy ob’ektlar va er uchastkalari; v) umumekologik tabiiy resurslar – ekologik vazifalarni bajaruvchi alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, er uchastkalari, suv manbalari, akvatoriyalari va boshqa tabiiy ob’ektlar. Ushbu toifaga tarixiy va tabiiy yodgorliklar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, alohida ajratilgan tabiiy ob’ektlar (tarixiy yodgorliklar, noyob turdagi daraxtlar, katta sharsharalar, tabiiy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan cho‘qqitosh, nodir er osti boyliklari va muhim ekologik topilmalar kiradi). 28

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling