Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari
-§. Ekologik huquqbuzarliklarning turlari, tarkibi va belgilari
Download 1.58 Mb.
|
2-§. Ekologik huquqbuzarliklarning turlari, tarkibi va belgilari Ekologiya sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklarning turlari va belgilari ana shu huquqbuzarliklarni tavsiflaydigan xususiyatdir.
Ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklarning o‘ziga xos belgilari quyidagilardir: 1) aybning mavjudligi; 2) ijtimoiy xavfliligi; 3) huquq normalariga zidligi; 4) jazoga loyiqligi. 1. Ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklarni tavsiflovchi belgilardan biri ayblilik hisoblanadi. Bunda ekologik huquq normasini yuridik javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lgan shaxs buzadi va bu harakatni qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida sodir etadi. Ekologiya sohasidagi huquqbuzarlik uchun aniqlangan ayb shaxsning shu sohada sodir etgan huquqqa xilof harakatiga va uning zararli oqibatlariga ruhiy munosabatidir. Tasodif yoki baxtsiz hodisa natijasida biror kimsaga yoki korxona, muassasa, tashkilotga aybsiz zarar etkazish hodisasi ekologik huquqbuzarlik jumlasiga kirmaydi. 2. Ekologik huquqbuzarliklarni sodir etishda ijtimoiy xavflilik darajasi shundan iboratki, bunda ekologik huquqbuzarlik jamiyatning, davlatning ekologik tizimiga, ekologiya sohasidagi boshqaruvga va ekologik siyosatga tajovuz qiladi yoki ayrim ekologik huquq va manfaatlar poymol etiladi. Ekologik huquqbuzarlikning zararli yoki xavfliligi shundaki, u jamiyat, davlatning ekologik manfaatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 3. Ekologiya sohasida huquq normalariga zidlikda, ya’ni ma’lum qilmish oqibatida ekologik qonunlarning yoki muayyan ekologik-huquqiy normalarning buzilishi mavjud bo‘ladi. YOki ekologik huquqbuzarlik tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi yoxud boshqa ekologik huquq normalarida belgilab qo‘yilgan taqiqni buzadi. Agarda belgilangan ekologik taqiqlar buzilmasa, unda ekologik huquqbuzarlik mavjud deb topilmaydi. 64 4. Ekologiya sohasida sodir etilgan huquqbuzarlik yuzaga kelishi uchun jazoga sazovorlik bo‘lishi shart. U ma’lum ekologik huquqbuzarlik sodir etgan shaxs (sub’ekt)ning vakolatli davlat organi tomonidan ma’lum javobgarlikka tortilishini ifodalaydi. Ayrim hollarda shaxs qonunga binoan javobgarlikdan ozod etilishi mumkin, lekin buni ham tegishli vakolatli davlat organlari amalga oshiradilar. Ekologiya sohasida sodir etilgan huquqbuzarlik tarkibiga: sub’ekt, ob’ekt, sub’ektiv tomon va ob’ektiv tomon, ekologik huquqbuzarlik oqibatida ekologik tizim, manfaat va sohaga etkazilgan zarar hamda u bilan bog‘liq holatlar kiradi. Ekologiya sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklarning quyidagi turlari mavjud: 1) intizomiy-huquqiy (mehnat intizomiga amal qilmaslik, ishga kech qolish va kelmaslik oqibatida); 2) ma’muriy-huquqiy (tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquq normalarni buzish); 3) fuqaroviy-huquqiy (majburiyat, shartnoma va bitimlarni o‘z vaqtida bajarmaslik oqibatida mulkiy, moddiy va ma’naviy zarar etkazish); 4) jinoiy-huquqiy (ekologiya sohasidagi jinoyatlarni sodir etish). Ta’kidlash joizki, sodir etilgan ekologik huquqbuzarliklarning turiga, ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab davlat majburlov choralari ham o‘zgarishi mumkin. Ekologiya sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklarga nisbatan qo‘llaniladigan choralarning xususiyati shundaki, ularning eng og‘irlari jinoyatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga asosan qo‘llaniladi. YUqorida ko‘rsatilgan javobgarlik turlari er, suv, er osti boyliklari, o‘rmon, atmosfera havosi, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq qonun hamda talablarni buzganlik uchun qo‘llaniladi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling