Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari


-§. Ekologik huquqbuzarlik uchun intizomiy javobgarlik


Download 1.58 Mb.
bet15/63
Sana24.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1114828
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   63
3-§. Ekologik huquqbuzarlik uchun intizomiy javobgarlik Ekologiya huquqida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun intizomiy javobgarlik masalasi katta ahamiyatga ega. Bu sohada sodir etilgan huquqbuzarlik intizomiy-huquqiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. 65
Intizomiy javobgarlikka tortishdan maqsad – shaxs sodir etgan ekologik huquqbuzarligi uchun moddiy va ma’naviy javobgarlikni his etishi, huquqbuzarlarni tarbiyalash va boshqa xodimlar o‘rtasida shunday ekologik huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, ekologik-agrar qonunlarga hamda mehnat qonunlariga hurmat bilan qarash, ekologiya tizimida olib borilayotgan tadbirlarni amalga oshirishda, ekologik siyosatni mustahkamlashda mehnat intizomiga qattiq rioya qilishni ta’minlash.
Ekologiya sohasida sodir etilgan huquqbuzarlik mavjud bo‘lishi uchun intizomiy javobgarlikka tortishga sub’ektning davlat belgilagan ekologik tadbirlarni bajarmasligi hamda amalga oshirmasligi, mehnat burchiga sadoqat bilan yondashmasligi oqibatida ekologik tizimga zarar etkazganligining o‘zi kifoya.
Fuqarolar va mansabdor shaxslar, ijarachilar, fermer, dehqon xo‘jaliklari, qishloq xo‘jalik kooperativlari (shirkatlar), xususiy korxonalar, korxona, muassasa, tashkilotlar intizomiy javobgarlik sub’ekti bo‘lishi mumkin.
Ekologiya sohasida huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun intizomiy javobgarlikka tortish asosan mehnat qonunlari bilan tartibga solinadi.
Ekologiya sohasida intizomiy huquqbuzarlikning ob’ekti – nafaqat ish tartibi, balki ekologiya sohasida belgilangan ichki tartib va uni to‘ldirib turadigan tegishli ekologik-huquqiy normalar (aktlar, nizom, ustav va boshqalar) hisoblanadi. Ushbu soha bo‘yicha intizomiy javobgarlikka tortish boshqa yuridik javobgarliklar turiga qaraganda ancha ta’sirli va ijobiy natija beradi.
Huquqbuzarning ma’lum aybga ega bo‘lishi, intizomiy huquqbuzarlik sodir etgan sub’ektning u yoki bu miqdorda etkazgan zarari hamda bu zararning oqibati xodimni intizomiy javobgarlikka tortish shartlaridan biri hisoblanadi.
Ekologiya sohasida qo‘llaniladigan intizomiy javobgarlik mehnat intizomini buzish oqibatida hamda o‘z xizmat vazifasini etarli darajada hamda burchini mas’uliyat bilan bajarmaslik natijasida vujudga keladi. Ekologik huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun intizomiy jazo chorasi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida batafsil yoritilgan1.
Mazkur kodeksning 181-moddasiga binoan, xodimga mehnat
1
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. T., 1996. 66
intizomini buzganlik uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy choralarni qo‘llashga haqli: 1) hayfsan; 2) o‘rtacha oylik ish haqining 30 %dan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima (ichki mehnat tartibi qoidalarida xodim o‘rtacha oylik ish haqining 50 %dan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin.
Xodimning ish haqidan jarimani, Mehnat kodeksining 164-moddasi talablariga rioya qilgan holda, ish beruvchi ushlab qoladi); 3) mehnat shartomasini bekor qilish (100-modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari). Ushbu moddada nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo‘llash taqiqlanadi.
Xodim ekologik huquqbuzarlik sodir etganda intizomiy jazo chorasi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 82-moddasiga ko‘ra, ish beruvchining buyrug‘iga asosan rasmiylashtiriladi. Intizomiy jazo qo‘llashdan oldin xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim.
Xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortishi unga nisbatan jazo qo‘llashga to‘siq bo‘la olmaydi. Ekologik huquqbuzarliklar uchun intizomiy jazo qo‘llashda sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakatning qay darajada og‘ir ekanligi, shu xatti-harakat sodir etilgan vaziyat, xodimning ish faoliyati, xulq-atvori hisobga olinadi va bir oy ichida qo‘llaniladi. Masalan, ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun intizomiy javobgarlik erdan oqilona foydalanmanmaslik oqibatida ekilgan ekin mahsuloti sifatining yomonlashishi, agrotexnika qoidalarini, erning meliorativ holatini buzish, suvdan foydalanish talablari va tartibini buzish, havoni ifloslantirish va boshqa hollarda qo‘llanilishi mumkin.
Intizomiy javobgarlikka tortishning bir qator xususiyatlari mavjud: birinchidan, u boshqa javobgarlik turlaridan engilroq tarzda ekanligi bilan; ikkinchidan, faqat korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan qo‘l ostida ishlovchi xodimga nisbatan qo‘llanishi bilan farq qiladi.
Demak, ekologiya sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun intizomiy javobgarlikni yakka tartibda emas, balki umumiy yig‘ilishlarda, ko‘pchilik huzurida muhokama qilib qo‘llash yaxshi natija beradi. Ekologiya huquqida intizomiy javobgarlikka tortish ko‘proq tarbiyaviy ahamiyatga ega, ammo bunday javobgarlikka olib keladigan huquqbuzarlik sodir etilishi oqibatida huquq sohasining belgilangan ekologik-huquqiy tartibi va normalari buziladi. 67
Xullas, ekologiya sohasida qonunchilik va huquqiy tartibotni mustahkamlash, barcha korxona, muassasa, tashkilotlarning mulklari va tegishli huquqlarini himoya qilish, atrof-tabiiy muhitni barqarorlashtirish, inson salomatligi va kelajak avlodni sog‘lom o‘stirishga xizmat qiladi. 4-§. Ekologik huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik Ma’muriy-huquqiy javobgarlik yuridik javobgarlikning bir turi sifatida ekologiya sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ham qo‘llaniladi. Ekologiya sohasida ma’muriy-huquqiy javobgarlikka tortish uchun ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilishining o‘zi kifoya qiladi.
Ma’muriy-huquqiy javobgarlikka tortish O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida aniq ko‘rsatilgan. Ushbu qonunning 10-moddasiga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik deganda, qonun hujjatlariga binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.
Ekologiya sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklarga asosan ma’muriy javobgarlikni belgilashdan maqsad – barcha fuqaro va yuridik shaxslar ekologik qonun talablarini bajarishlari, jamiyat, davlat oldidagi ekologik mas’uliyatlarni bilishlari va amalga oshirishlari yoinki tegishli ekologik huquqbuzarliklarni sodir etganlarni qayta tarbiyalash va tegishli jazo choralari ko‘rishdan iborat.
Ekologiya sohasidagi ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik belgilangan qonunlarga qarshi qilingan xatti-harakat oqibatida O‘zbekiston Respublikasi ekologiya tizimi va ekologik qonunlariga hamda ularni amalga oshirish talablariga rioya etmaslik yoki ularga amal qilmaslik yoinki ulari buzish holatlari tushuniladi. Ma’muriy huquqbuzarlik o‘z ichiga 4 elementni, ya’ni sub’ekt, ob’ekt, sub’ektiv va ob’ektiv tomonlarni qamrab oladi.
Ekologiya sohasidagi ma’muriy huquqbuzarlikning sub’ektlari fuqaro va mansabdor shaxslar hisoblanadi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 13-moddasiga asosan, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda 16 yoshga to‘lgan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortiladilar. Ekologik68
huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining mansabdor shaxslariga esa alohida yo‘riqnoma1 asosida ham qo‘llanilishi mumkin.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklarning bir necha turlari ko‘rsatilgan va tegishli jazo choralari qo‘llanilishi ham batafsil yoritilgan. Ushbu kodeksning VIII bobi aynan shu masalalarga bag‘ishlangan bo‘lib, bir necha yo‘nalishni o‘z ichiga oladi. 1) erdan foydalanish va uni ekologik muhofaza qilish yo‘nalishi (65–69-moddalar); 2) er osti boyliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish talablarini buzish bilan bog‘liq yo‘nalish (70, 71-moddalar); 3) suv zaxiralarini muhofaza qilish va suvdan foydalanish bilan bog‘liq yo‘nalish qoidalarini buzish bilan bog‘liq yo‘nalish (72–76-moddalar); 4) o‘rmon fondidan foydalanish va uni muhofaza qilish bilan bog‘liq yo‘nalish (77–80-moddalar); 5) o‘simlik va o‘rmonlarni muhofaza qilish bilan bog‘liq yo‘nalish (79–82, 84–89-moddalar); 6) alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tartibini buzish bilan bog‘liq yo‘nalish (82-modda); 7) atmosfera havosini muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘nalish (85–88-moddalar); 8) ov qilish, hayvonot va o‘simliklar turlarini saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘nalish (90–95-moddalar); 9) loyihalarni davlat ekologik (sanitariya-ekologik) ekspertizasining ijobiy xulosasisiz ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq yo‘nalish (96-modda) va h.k. YUqoridagi moddalarda ko‘rsatilgan ekologik huquqbuzarliklar uchun tegishli jazo choralari mazkur moddalarning sanksiya qismida ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 23-moddasiga asosan, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llaniladi: 1) jarima; 2) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish;
1
Qarang: «Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari mansabdor shaxslari tomonidan tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikni tatbiq etish to‘g‘risida» yo‘riqnoma. T., 1998. 51-bet. 69
3) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (ov qilish, mashina haydash huquqidan) mahrum etish; 4) ma’muriy qamoqqa olish.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat sanitariya epidemiologiya xizmati barcha sohalarda, jumladan ekologiya tizimida sanitariya va gigiena qoidalariga rioya qilishni nazorat qiladi.
U qaysi mulk shaklida bo‘lishidan qat’i nazar, barcha korxona, muassasa, tashkilot hamda fuqarolar respublika hududida sanitariya qoida va talablariga rioya qilishlari lozim. Mazkur talab O‘zbekiston Respublikasining «Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida»gi va «Veterinariya to‘g‘risida» gi qonunilarda o‘z ifodasini topgan.
Jumladan, «Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida»gi qonunning 30-moddasiga asosan, davlat bosh sanitariya vrachi va uning muovini sanitariya qonun va talablarini buzganlik uchun, gigiena talablariga rioya etmaganligi, ushbu masala bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalarni bajarmaganlik uchun tegishli ma’muriy jazo choralarini belgilashi mumkin, ya’ni mansabdor shaxslarga ikki oylik ish haqidan oshmagan miqdorda, boshqa fuqarolarga esa, bir oylik ish haqidan oshmagan miqdorda jarima solishi mumkin.
Xullas, ekologik huquqbuzarliklarga nisbatan ma’muriy javobgarlikni qo‘llash, ekologik qonun va talablarning to‘la amalga oshishini, tabiiy ob’ektlarni qonun bilan qo‘riqlashni, ushbu sohada sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olishga va unga qarshi kurashishga katta yordam beradi. 5-§. Ekologik huquqbuzarlik uchun fuqaroviy-huquqiy javobgarlik Fuqaroviy-huquqiy javobgarlik ekologiya sohasida sodir etilgan huquqbuzarlik natijasida etkazilgan mulkiy zarar oqibatida namoyon bo‘ladi.
Fuqaroviy-huquqiy (mulkiy) javobgarlikka tortishdan maqsad, ekologiya sohasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik natijasida etkazilgan moddiy va ma’naviy (mulkiy) zararlarni o‘z vaqtida qoplashdir. Etkazilgan zarar uchun javobgarlikning umumiy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida o‘z ifodasini topgan.
Ekologiya sohasida fuqaroviy-huquqiy javobgarlikni qo‘llash uchun quyidagi shartlar bo‘lishi kerak: a) etkazilgan zararning mavjudligi; b) aybning bo‘lishi; 70
v) harakat yoki harakatsizlikning qonunga (huquqqa) xilofligi; g) zarar oxirgi zarurat va zaruriy mudofaa tufayli etkazilgan bo‘lsa, ushbu holatni hisobga olib, sud tomonidan jazo chorasini belgilash.
Fuqaroviy-huquqiy javobgarlikning o‘ziga xos tomoni shundaki, sub’ektning ekologiya sohasida huquqbuzarlik sodir etganligi uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi uni etkazilgan zararni o‘z vaqtida to‘lash yoki qoplash majburiyatidan ozod etmaydi.
SHuning uchun ham ekologiya huquqida fuqaroviy-huquqiy javobgarlik davlatning ekologik manfaatini, ekologik talablarni, ekologik qonunlarni, sub’ektlar yoki mulk egalari etkazgan ekologik zararni qoplash hamda mazkur sohadagi barcha huquqiy normalarni bajarishiga qaratilgandir. Ushbu talab, «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 48, 49 va 51, 52-moddalarida batafsil yoritilgan. Ekologiya sohasida fuqaroviy-huquqiy javobgarlik quyidagi hollarda namoyon bo‘lishi mumkin: 1) tabiat boyliklaridan foydalanish va tabiatni muhofaza qilish talablari va qonunlarini buzganlik oqibatida etkazilgan zararni qoplash, to‘lash, qaytarish. Ushbu holatlar O‘zbekiston Respublikasining Er kodeksi (86–88-m.), «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi (25-m.), «Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi (47–50-m), «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonun (117–118-m.)larida batafsil ko‘rsatilgan; 2) er, suv, er osti boyliklari, o‘rmon, hayvonot va o‘simliklar dunyosi davlat (umumxalq) mulki bo‘lib, ushbu ob’ektlar oldi-sotdi, hadya qilish, garovga qo‘yish, ayirboshlashga ruxsat etilmaydi.
Qilinayotgan barcha harakatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid bo‘lmasligi kerak va tuzilgan har qanday bitim O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun talablariga mos kelishi lozim (Fuqarolik kodeksi, 113–128-m.); 3) tabiat boyliklaridan foydalanishda ekologiya tizimidagi sub’ektlar qonuniy huquqlarini himoya qilish bilan birga, o‘zlari etkazgan zararni ham qoplashlari shart. Masalan, korxona, muassasa, tashkilot chiqargan zararli chiqitlari bilan atmosfera havosini ifloslantirishi, ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini buzishi mumkin.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida majburiyatlarni bajarmaslik va buzish uchun ham javobgarlik ko‘rsatilgan. Ushbu qonunning 333-moddasiga asosan, qarzdor aybi bo‘lgan taqdirda majburiyatni bajarmaganligi yoki to‘liq bajarmaganligi uchun, agar qonun hujjatlarida yoki71
shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, javob beradi. Qarzdor majburiyatni to‘liq bajarish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan hamma choralarni ko‘rmaganligini (jumladan, ekologiya sohasida ham) isbotlasa, u aybsiz deb topiladi. Aybning yo‘qligi majburiyatni buzgan shaxs tomonidan isbotlanadi. Fayriqonuniy harakat yoki harakatsizlik tufayli ekologiya tizimiga, shuningdek yuridik shaxsga, etkazilgan zararni ekologik zarar etkazuvchi to‘liq hajmda qoplashi lozim.
Qonun hujjatlarida yoki shartnomada, jabrlanuvchilarga zararni to‘lashdan tashqari, tovon to‘lash majburiyatlari ham belgilab qo‘yilishi mumkin. Qonuniy harakatlar tufayli etkazilgan zarar qonunda nazarda tutilgan hollarda to‘lanishi lozim va hokazo. Ekologiya sohasida sodir etilgan huquqbuzarlik (jinoyat)lar natijasida etkazilgan zarar asosan ikki shaklda namoyon bo‘ladi. 1) iqtisodiy-ekologik zarar. Ushbu shaklda tabiat zaxiralaridan foydalanuvchi sub’ektlarning mulki hamda daromadlariga zarar etkaziladi. 2) ekologik-huquqiy zarar. Bunday zararning xususiyati shundaki, er-suvni ifloslantirish, er va boshqa tabiat ob’ektlarini yaroqsiz holga keltirish, o‘rmonlarni qirqish, atmosfera havosini ifloslantirish va boshqa holatlarda namoyon bo‘ladi.
SHunisi e’tiborliki, ekologiya sohasida tomonlar shartnoma majburiyatlarini buzganda ham fuqaroviy-huquqiy javobgarlik qo‘llanishi mumkin.
Ekologiya sohasida shartnoma tuzish fuqaroviy-huquqiy bitimlarning turlaridan biri hisoblanadi, u ikki yoki ko‘p tomonlama bo‘ladi. SHuning uchun ham shartnoma ekologiya sohasida majburiyatlar paydo bo‘lishining eng muhim asoslaridan biridir.
Bunday shartnomalar yozma yoki og‘zaki shaklda tuzilishi mumkin. Ekologiya sohasidagi xalqaro shartnoma majburiyati bilan bog‘liq masalalar «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 53-moddasida va O‘zbekiston Respublikasining boshqa ekologik qonunlarida tartibga solingan.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling