Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari
-§. Ekologik huquqbuzarlik uchun jinoiy javobgarlik
Download 1.58 Mb.
|
6-§. Ekologik huquqbuzarlik uchun jinoiy javobgarlik Ekologik huquqbuzarlik sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni qo‘llash o‘z xususiyatiga ko‘ra boshqa yuridik72
javobgarliklarga nisbatan ancha og‘irroqdir. Bunday javobgarlikni qo‘llashdan maqsad – ekologiya sohasida sodir etilgan huquqbuzarlikka baho berish, uning oldini olish, unga qarshi kurashish. Ekologiya sohasida jinoiy-huquqiy javobgarlikka tortish uchun jinoiy huquqbuzarlik (jinoyat) sodir etilishi asos bo‘ladi. Ushbu sohada jinoiy-huquqiy javobgarlikka tortishning huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan. Bundan tashqari bir qator yuridik adabiyotlarda1 ham ayrim xususiyatlari ochib berilgan. Ekologiya sohasidagi huquqbuzarlik (jinoyat) deganda, tabiat boyliklariga, davlatning ekologik siyosati va ekologik boshqaruv tizimiga, ekologiya sohasida qabul qilingan normativ hujjat va qonunlarga, talablarga, inson uning yashash muhiti, kelajagi va hayotiga nisbatan qasddan yoki ehtiyotsizlikdan qilingan ijtimoiy xatti-harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. Ekologiya sohasida sodir etilgan huquqbuzarlikning elementi quyidagilardan iborat: ob’ekt, sub’ekt, ob’ektiv tomoni va sub’ektiv tomoni. Ekologiya sohasida sodir etilgan jinoyatlarning o‘ziga xos belgilari, ya’ni aybning mavjudligi, ijtimoiy xavflilik darajasi, huquqqa zidligi va jazoga sazovorligi boshqa turdagi huquqbuzarliklarga nisbatan og‘irroq ko‘rinishda bo‘ladi va Jinoyat kodeksi bilan tartibga solinadi. Ekologiya sohasidagi jinoyatlarning ob’ekti – tabiat boyliklari, er, suv, er osti boyliklari, atmosfera havosi, o‘rmon, hayvonot va o‘simliklar dunyosi hamda inson hayoti va atrof-tabiiy muhit. Ekologiya sohasidagi jinoyatlarning sub’ekti – jismoniy va yuridik shaxslar. Ob’ektiv tomoni – sub’ektning amaldagi ekologik qonunlarni qo‘pol tarzda buzishi. Bu quyidagi talablarni o‘z ichiga oladi: a) mavjud ekologik qonunlarni buzish; b) tabiat va uning boyliklariga zarar etkazish yoki xavf tug‘dirish; v) sub’ektiv tomoni tegishli huquqbuzarlik sodir etilishi va o‘zaro bog‘liqlik. 1 Qarang: Kadыrov M. Ugolovnoe pravo Respubliki Uzbekistan. T., 1997. S. 227–251; Kabulov R. Ugolovnaya otvetstvennost za narushenie sanitarnogo zakonodatelstva ili pravil borbы s epidemiyami. Huquq–Pravo–Law. 2000. № 1. S. 67–68; Ekologiya huquqi. T., 2001. 101–112-b. 73 Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling