Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari


uni ekologik-huquqiy muhofaza qilishning vazifalari va prinsiplari


Download 1.58 Mb.
bet19/63
Sana24.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1114828
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63
uni ekologik-huquqiy muhofaza qilishning vazifalari va prinsiplari Tabiat boyliklari orasida er, er resurslari alohida xususiyatga ega bo‘lib, har qanday davlatning iqtisodiy qudrati er resurslari bilan chambarchas bog‘liqdir. Jumladan, mustaqil O‘zbekiston xalqining hayoti, turmush tarzi, faoliyati va farovonligining tub asosi er resurslaridan oqilona foydalanishga tayanadi. SHu sababli uni muhofaza qilish nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasining umumiy er maydoni 44,9 mln. gektar bo‘lib, qishloq xo‘jalik tarmog‘iga ajratilgan erlar 28 mln. gektar (ya’ni butun hududning 62 %ni tashkil etadi). SHundan 23 mln. gektari sahro erlarda joylashgan yaylovlardir, 0,7 mln. gektari lalmi haydaladigan, 4,3 mln. gektari esa sug‘oriladigan erlarni tashkil etib, bu 15 % hududni o‘z ichiga oladi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 95 % ana shu toifaga kiradigan erlardan olinadi.
O‘zbekiston Respublikasida er bilan bog‘liq munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Er kodeksi va ana shu qonunlarga asoslanib chiqarilgan boshqa qonun va qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinadi. Bunday hujjatlar jumlasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tegishli qaror hamda buyruqlari kiradi.
SHuningdek, er bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishda O‘zbekiston Respublikasining «Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi)», «Dehqon xo‘jaligi», «Fermer xo‘jaligi» to‘g‘risidagi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Fuqarolik kodekslari, Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi kodeksi, Soliq kodeksi va boshqa qonunlar alohida ahamiyat kasb etadi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasida erdan foydalanish va uni muhofaza qilish bilan bog‘liq masalalar, suv, o‘rmon, tog‘-konga taalluqli munosabatlar, shuningdek o‘simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosidan foydalanish va ularni muhofaza qilish maxsus qonunlar bilan ham tartibga solinadi.
Respublikamizdagi er maydonini huquqiy-ekologik muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni ta’minlovchi asosiy81
manba Er kodeksi hisoblanadi. SHunday ekan, mazkur kodeksining quyidagi xususiyatlarini alohida ta’kidlash kerak: birinchidan, Er kodeksi O‘zbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va farovonligining manbai sifatida erdan oqilona foydalanish va uni huquqiy muhofaza qilishning asosini tashkil etadi; ikkinchidan, u yangi ijtimoiy tuzum, bozor munosabatlarini mustahkamlash uchun yangi huquqiy zamin tayyorlab, qishloq xo‘jaligida agrar islohotlarni amalga oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi; uchinchidan, Er kodeksi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni hamda qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarning yanada chuqurlashishida asosiy huquqiy manba hisoblanadi; to‘rtinchidan, 1990 yil 20 iyundagi O‘zbekiston Respublikasining «Er to‘g‘risida»gi qonunidan tuddan farq qilib, hozirgi sharoitda erdan foydalanish va uni huquqiy muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha muammolarni to‘liqroq aks ettiradi; beshinchidan, Er kodeksi yangi talab va bozor iqtisodiyoti sharoitida qabul qilingan «Fermer xo‘jaligi», «Dehqon xo‘jaligi» va «Qishloq xo‘jaligi shirkati» to‘g‘risidagi qonunlar talablarini hamda «Er kadastri to‘g‘risida»gi yangi qonunni qo‘llash, amalga oshirishda alohida ahamiyat kasb etib, muhim manba hisoblanadi; oltinchidan, Er kodeksining eng muhim jihati – uning barqarorligi. Buning sababi uning normalari, prinsiplari va ahamiyati uzoq muddatni hisobga olib qabul qilinganligidadir.
Demak, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan, er umummilliy boylik, O‘zbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Er to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko‘zlab erdan ilmiy asoslangan holda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida er munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek, bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasida er resurslaridan oqilona foydalanish va uni ekologik-huquqiy muhofaza qilishning82
konstitutsiyaviy talabi va asosiy prinsiplari Er kodeksida o‘z asosini topgan.
Jumladan, 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan Er kodeksining 2-moddasiga binoan, er to‘g‘risidagi qonun hujjatlari quyidagi prinsiplarga asoslanadi: – eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi bo‘lmish er fondini asrash, tuproq sifatini yaxshilash hamda unumdorligini oshirish; – erdan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash; – qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan erlarni, eng avvalo, sug‘oriladigan erlarni alohida muhofaza etishni, kengaytirib borishni hamda ulardan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash; – qishloq xo‘jaligi erlarining unumdorligini oshirish, meliorativ holatini yaxshilash hamda muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishni davlat yo‘li bilan va boshqa tarzda qo‘llab-quvvatlash; – erga va atrof-tabiiy muhitga zarar etkazilishining oldini olish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash; – erga egalik qilish va undan foydalanish shakllarining xilma-xilligi, er munosabatlari ishtirokchilarining teng huquqliligini ta’minlash hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etish; – erdan foydalanganlik uchun haq to‘lash; – erlarning holati haqidagi axborotning to‘liq bo‘lishini hamda undan erkin foydalanishga yo‘l qo‘yilishini ta’minlashga asoslanadi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling