Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari


Download 1.58 Mb.
bet11/63
Sana24.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1114828
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63
Ekologik ekspertiza turlari quyidagilardan iborat: 1) davlat ekologik ekspertizasi; 2) jamoat ekologik ekspertizasi; 3) ekologik audit.
Qonunga asosan, ekologik ekspertiza buyurtmachisi yoki boshqa manfaatdor shaxslarning ekologik ekspertiza ekspertining faoliyatiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ana shu talablarni amalga oshirish uchun ekologik ekspertiza bir qator prinsiplarga asoslanadi: 1) qonuniylik; 2) xolislik; 3) asoslilik; 4) ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olishning majburiyligi; 5) rejalashtirilayotgan har qanday xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ehtimol tutilgan ekologik xavflilik prezumpsiyasi; 6) xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning atrof-tabiiy muhitga va fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sirini baholashning kompleksliligi va boshqalar («Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasi).
Davlat ekologik ekspertizasi ekologiya sohasida vakolatli davlat organi tomonidan tayinlangan komissiya faoliyati bo‘lib, uning xulosasi barcha sohalar uchun bajarilishi majburiydir.
Jamoat ekologik ekspertizasi – ekologik asoslanish zarur bo‘lgan har qanday faoliyat sohasida nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolarning tashabbusi bilan amalga oshirilishi mumkin. Jamoat ekologik ekspertizasini amalga55
oshirishga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi. Jamoat ekologik ekspertizasi davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilishidan qat’i nazar amalga oshirilishi mumkin. Jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi tavsiya xususiyatiga ega bo‘ladi.
Ekologik audit – ekologik auditorlar (firmalar)ning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda atrof-tabiiy muhit holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan, ishlab turgan korxonalar va boshqa ob’ektlarni mustaqil ekologik ekspertiza qilishidir. Ekologik audit xo‘jalik va boshqa xil faoliyat ob’ekti mulkdorining qaroriga binoan o‘tkaziladi.
Bulardan tashqari sohaviy, ilmiy, huquqiy, normativ va sanitariya-ekologik ekspertizalar ham o‘tkazilishi mumkin.
Umuman olganda, har qanday turdagi ekologik ekspertiza o‘tkazish tabiat boyliklari va inson hayotini saqlashdan iborat bo‘lib, davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasiga ega bo‘lmagan loyihalarni amalga oshirishni man etadi.



Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling