2.3. Jismoniy shaxslarning mol-mulklaridan soliq hisoblash va
byudjetga undirish jarayoni
Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliqlar, yig’imlar va davlat tomonidan joriy qilinadigan maqsadli jamg’armalarga ajratmalar faqat qonunchilik asosida amalga oshiriladi. Shu sababdan, qonunchilik hujjatlari qanchalik puxta va mukammal ishlab chiqilgan bo’lsa, soliqlar va boshqa majburiy ajratmalarni hisoblash, undirish osonlashadi hamda ularni yig’ish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar arzonlashadi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mahalliy byudjetga undiriladigan asosiy soliqlardan biri hisoblanadi. Jismoniy shaxslar mol-mulk solig’i mahalliy byudjet daromadlarini doimiy shakllantirib turuvchi barqaror manba bo’lganligi uchun undiriladi. U fiskal funktsiyani bajarib, davlat byudjeti daromadlarini to’ldiradi. Shunday qilib mazkur soliqning ahamiyati davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishdagi salmog’i bilan asoslanadi.
Jismoniy shaxslar mol-mulk solig’ining yana bir ustun jihati shundaki, bu uning soliq bazasining identifikatsiyasi bilan bog’liq, ya’ni soliq ob’ektining qat’iyligidadir. Shuning uchun ham mol-mulkni soliq to’lashdan qoshish maqsadida yashirish qiyin va soliqqa tortish maqsadida uni qiymatini aniqlash egasining xoxishidan kelib chiqmaydi.
Quyida jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’ining davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyatini tahlil qilamiz.
8-jadval
Navoiy shahar mahalliy byudjetining soliqli daromadlari tarkibida
mol-mulk solig’ining dinamikasi11
mln.so’mda
Do'stlaringiz bilan baham: |