Мавзу: Жисмоний тарбия дарсларида таълимнинг замонавий


-7sinflar jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishda ta’lim uslublarining ahamiyati


Download 140.5 Kb.
bet6/7
Sana18.02.2023
Hajmi140.5 Kb.
#1213255
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-9 sinflarda dars o\'tish uslubiyoti 10

5-7sinflar jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishda ta’lim uslublarining ahamiyati

Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlari o’quvchilarni sog’lomlashtirish va jismoniy rivojlantirish, hayot faoliyatiga tayyorlash maqsadi tashkil etiladi. Jismoniy tarbiya tadbirlarining asosiy vazifasi jismoniy harakatlarga o’rgatish va sport turlari harakatlari texnika va taktikasini shakllantirishdan iborat bo’ladi. Jismoniy tarbiya tadbirlari o’quvchilarning jismoniy tarbiya darslarida va sinfdan tashqari mashg’ulotlar shakllarida o’tkaziladi. Jismoniy tarbiya darslari o’quvchilarni jismoniy harakatlarga o’rgatish, jismoniy harakat malaka va ko’nikmalirini shakllantirishga qaratilgan bo’ladi. Shuningdek maktab dasturiga muvofiq bo’lgan sport turlari bo’yicha texnik va taktik tayyorgarlik malaka va ko’nikmalari o’quvchilarda jismoniy tarbiya darslari jarayonida shakllantiriladi.


Jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etishda o’quvchilarning yosh, jins va jismoniy tayyorgarlik darajalari hisobga olinadi. Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarida o’qituvchilar va murabbiylar barcha o’quvchilarni jismoniy harakatlarga to’liq jalb etishlari kerak. Mashg’ulotlar jarayonlarida jismoniy tarbiyadan ta’limning zamonaviy uslublari va tamoyillaridan keng foydalaniladi. Ta’lim uslublaridan jismoniy tarbiyada og’zakililik, amaliy, ko’rgazmalilik, o’yin va musobaqa uslublari asosiy o’rin tutadi.
Jismoniy tarbiyada og’zakililik uslubidan jismoniy mashqlar va harakatlar bo’yicha og’zaki tushuntirish, suhbat, anketa, savol javob, fikr bildirish usullaridan foydalaniladi. Shuningdek jismoniy tarbiya o’qituvchilari va sport murabbiylari o’zlarida va shug’ullanuvchilarda buyruq bera olish malakalarini shakllantirib boradilar.
Amaliy uslubda jismoniy tarbiya o’qituvchilari jismoniy mashqlar va jismoniy harakatlarni o’quvchilarga amalda bajarib ko’rsatadilar. O’quvchilar jismoniy harakatlarni takrorlab bajaradilar. Amaliy bajarish jarayonlarida o’quvchilarda jismoniy harakatlar malaka va ko’nikmalari shakllanib boradi. Mashqlar va harakatlarni bajarishda sodir bo’ladigan xatolar va kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha o’qituvchilar uslubiy tavsiyalar va ko’rsatmalar berib boradilar.
Ko’rgazmalilik uslubida jismoniy harakatlar va sport turlari harakatlari texnika va taktikasini shakllantirish bo’yicha video va kinofilmlar namoyish qilinadi, taqdimotlar tashkil etiladi. Plakatlar, stentlar, afishalar va namoyishlar tayyorlanadi. Bunday uslub jarayonlarida sportchilar texnik va taktik tayyorgarlik jismoniy fazilatlarni rivojlantirish bo’yicha uslubiy tavsiyalar va ko’rsatmalarga ega bo’ladilar.
O’yin uslubi boshlang’ich sinf o’quvchilarining jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etishda keng qo’llaniladi. Shunga qaramay o’quvchilarning barcha yosh bosqichlarda o’yinlarda keng foydalanish mumkin. O’yinlar o’quvchilarni jismoniy rivojlantirish, sog’lomlashtirish va jismoniy hamda hayotiy zarur harakat malaka va ko’nikmalarini shakllantirishga katta yordam beradi. O’yinlar davomida bolalar o’zlarini erkin tutishi, ixtirochiligi, yangi harakatlarni bajarishga intilishi, mustaqil bo’lishi bilan qiziqarli bo’ladi. O’yinlarda jismoniy yuklamalar me’yorlanmagan holda ta’sir etadi. O’quvchilar o’z organizmini jismoniy tayyorgarligi va jismoniy qobiliyatiga muvofiq holda o’yinlar davomida faollik ko’rsatadi. Sportchilarni umumiy va maxsus tayyorgarligida ham o’yin turlaridan keng foydalanish mumkin.
Musobaqa uslubi o’quvchilarni jismoniy tarbiya jarayonlarida bellashuvlarni tashkil etadi. Bellashuv jarayonlarida sport turlari bo’yicha texnik va taktik mahoratlar va jismoniy fazilatlarning takomillashuvi namoyon etiladi. Sportchilarning umumiy va maxsus tayyorgarliklari baholanadi. Umumiy tayyorgarlikni baholashda o’quvchilarning aqliy, ahloqiy, ma’naviy va iroda tayyorgarlik darajalari hisobga olinadi.
Maxsus tayyorgarliklarni baholashda o’quvchilarni sport turlari harakatlari texnika va taktikasini egallash malaka va ko’nikmalari hisobga olinadi. Shuningdek ularning jismoniy fazilatlari kuch chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik va egiluvchanlik sifatlarini rivojlanganlik darajasi aniqlanadi. Musobaqalar sport turlari bo’yicha bellashuvlar, umumiy jismoniy tayyorgarlikni baholash, sinovlarni bajarish musobaqalari shakllarida bo’lishi mumkin. Sport bellashuvlari ommaviy sport bayramlari shakllarida ham tashkil etiladi. O’quvchilari o’rtasida jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini ommaviylashtirishda jismoniy tarbiyada ta’lim uslublari va ta’lim tamoyillarining ahamiyati katta bo’lib hisoblanadi.
Dars tizimining hal etuvchi uchinchi etapi, dars o’tish jarayonida foydalaniladigan, pedagog faoliyatini va shug’ullanuvchilarning har bir pedagog vazifalarni hal etishda o’zaro aloqasini aniqlashdan iborat. Bunga gruppalarni tashkil etish, ularga vazifalarni qo’yish, mashg’ulot o’rnini almashtirish tartibi, snaryadlarni o’rnatish, asbob-anjomlarni taqsimlash va to’plash, mavjud darslarda foydalanilgan harakatlar.
Shunday qilib, har bir dars mazmuniy, metodik va tashkiliy elementlarning birligidan iborat. Bu birlikni buzishlik, aytilgan elementlarning ahamiyatini tushunmaslik yoki tan olmaslik dars samaradorligini tez pasayishiga olib keladi, belgilangan vazifalarni hal etish imkonini shubha ostida qoldiradi.
Jismoniy tarbiya darsini boshqa fan predmetlaridan asosiy farq qiluvchi tomonlari zal sharoitida va sport maydonlarida shug’ullanuvchilarni o’quv faoliyatlarini tashkil etilishining qiyinchiligidan iborat.
Bu rejada o’qituvchilarni jarohatlanish xavfini oldini olishlikda o’qituvchi ustiga katta ma’suliyat va javobgarlik yuklatiladi. Bu pedagogni qo’yilgan vazifadan kelib chiqib, dars mazmuni va uni o’tish joylarini shunday tashkil kilishlari kerakki, yukori ta’lim, sog’lomlashtirish va tarbiyaviy samaradorlikka erishib, vaqtni behudaga sarflanishini, jarohatlanishni oldini olishi kerak.
O’quvchilar faoliyatini tashkil etish uchun dars amaliyotida shug’ullanuvchilarni boshqarishni oldingi usullaridan foydalaniladi.
Oddiy boshqarish usuliga birgalikda harakat qilish uchun mashqni ko’rsatish va uni bajarish, bir mashgulot o’rnini ikkinchisi bilan almashtirishlar.
Xulosa
Bitiruv malaka ishda jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishda ta’lim uslublaridan samarali foydalanish jarayonlari tahlil etildi.
O’quvchilarning jismoniy tarbiya tadbirlari ertalabki badantarbiya, katta tanaffusdagi o’yinlar, darslardagi fizkult daqiqalar, sport to’garaklari mashg’ulotlari, kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlari, sport musobaqalari va bayramlardan iborat bo’ladi.
Ertalabki badantarbiya bilan bolalarda darslarga jismoniy tayyorgarlik shakllanadi. O’quvchilar bilan darslarda fizkult daqiqalar o’tkazish ular tana qomatini to’g’ri shakllanishini ta’minlaydi xamda aqliy va ruhiy charchashlarini tarqatadi.
Katta tanaffuslardagi harakatli o’yinlar o’quvchilarni jismoniy harakatlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirib boradi. Sport to’garaklardagi mashg’ulotlar yordamida o’quvchilarda sport turlari harakatlarni malaka va ko’nikmalari shakllanadi. Sport musobaqalari va bayramlarida o’quvchilar o’zaro bellashib sport turlari bo’yicha jismoniy, texnik va taktik tayyorgarliklarini namoyon qiladilar.
Jismoniy tarbiya o’qituvchilari va murabbiylari jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini zamonaviy uslublarda tashkil etishish bolalarni jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga ommaviy jalb etilishini ta’minlaydi.
Jismoniy tarbiya tadbirlari o’qituvchining jismoniy tarbiya jarayonlarini og’zaki tushuntirish bilan boshlanadi. Bunda nutqning hikoya, suhbat, tushuntirish va savol-javob shakllaridan foydalanish mumkin.
Amaliy uslubda murabbiylar jismoniy harakatlarni amalda bajarib ko’rsatadilar. Bu bilan o’quvchilar ham shu harakatni amalda takrorlashga harakat qiladilar. Jismoniy tarbiyada ko’rgazmali qurollar, filmlardan foydalanish keng yo’lga qo’yilishi mumkin.
Jismoniy tarbiya jarayonlari o’quvchilarni qiziqishlari va ehtiyojlari hamda jismoniy tayyorgarligiga muvofiq o’yinlar va musobaqalar shaklida ham tashkil etiladi.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari samarali tashkil etilishi uchun barcha shug’ullanuvchilar mashg’ulot jarayoniga jalb etilishi kerak.
Buning uchun murabbiylar o’quvchilar bilan guruh usulida, oqim usulida, navbat bilan, frantal usulida xamda yakkama-yakka individual usulida yondashib mashg’ulotlar olib borishi kerak



Download 140.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling