Мавзу: Жисмоний тарбия дарсларида таълимнинг замонавий


Jismoniy madaniyat darsini turlash


Download 140.5 Kb.
bet4/7
Sana18.02.2023
Hajmi140.5 Kb.
#1213255
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-9 sinflarda dars o\'tish uslubiyoti 10

Jismoniy madaniyat darsini turlash. Dars tarkibi uning mazmunini belgilaydi. Shuning uchun dars qurilishini, qonuniyatlarini tadqiqot qilishlik eng avvalo vazifani to’g’ri qo’yish, manba, metodlarni to’g’ri tanlash talab etiladi.
Darsning maqsadi vazifalarini to’g’ri aniqlashdan iborat. Dars klassifikatsiyasi avvalombor o’quv jarayoni didaktiv vazifa va manbalari aniqlashtirish uchun zarur. Shu bilan birga eng avvalo dars tuzilishining qonuniyatlariga ko’rib chiqish uchun ularning asosiy belgilarini tizimiga solish zarur. Bularsiz o’rganiladigan nazariya savollarini ya’ni qonuniyatlarini to’g’ri tushunib bo’lmaydi.
Umumpedagogik va maxsus adabiyotlarda maktab darsini klassifikatsiyasiga har xil yondoshishliklar mavjud. Shu jumladan jismoniy madaniyat darsi ham. Ba’zi hollarda ularning klassifikatsiyasi didaktiv maqsadlarni amalga oshirish uchun klassifikatsiya qiladi. Yangi materialni o’rganish darsi, qaytarish darslari. Boshqa holatlarda – o’quv materialini mazmuniga qarab, adabiyot darsi, matematika darsi, gimnastika darsi engil atletika darslari, uchinchilari – o’rgatish metodlari bo’yicha, to’rtinchidan o’quvchilarning joylashtirish usuli bo’yicha, beshinchidan ishni bajarish. Dars klassifikatsiyasini yo’qotadi. Har qanday ilmiy asoslanmagan darsni guruhlash maqsadga muvofiq emas. Darslarni klassifikatsiyalashda ularni tashqi belgilariga qarab emas uni mohiyatiga qaralishi zarur. Darslarni maqsad vazifalariga qarab bo’lishligi tamoyili didaktikadan umumiy joy olgan yo’nalishiga o’xshashlik jismoniy madaniyat darsini nazariyasida topdi. V.V. Belinovichni ta’biri bilan aytganda, bunday darslar o’rgatish, mustahkamlash, o’rganilganlarini tekshirish maqsadida tashkil qilinadi.
Jismoniy tarbiya darsini klassifikatsiyasi N.N. Efremov ishlarida o’z ijobini topdi. U darsni u topini ajratib berdi:

  1. yangi materialni o’zlashtirib olish darsi;

  2. qaytalash darsi, takomillashtirish, o’zlashtirib olganini mustahkamlash, mashqlanish;

  3. shug’ullanuvchilar bilishni tekshirish;

  4. shug’ullanuvchilarni bilim, malakalarini hamda jismoniy tayyorgarligi darajasini tekshirish-nazorat qilish;

  5. aralash tipdagi dars tipi, o’quv mashqlanish.

Bu klassifikatsiyada faqat bir dars etishmaydi, bu ham bo’lsa kirish. O’rgatish jarayonini boshlanishi uchun dars. Bunday darslar maktab amaliyotida ham juda ko’p qo’llaniladi. Qoidaga ko’ra o’quv yilini boshlanishida o’tiladigan darslar. Kirish darslari esa choraklarni boshida, dastur bo’yicha yangi bo’limga o’tilganda. Bunday darslarni maqsadga muvofiqligini ko’p o’qituvchilarni tajribasi ko’rsatmoqda.
Dars tipini har xil bo’lishi o’quvchilarni yoshi, shug’ullanish joyini talabga javob berishi, ob-havo darsda kerak bo’ladigan sport asbob anjomlarini etarli bo’lishi va boshqa shartlar sabab bo’ladi.
O’quv metarillarini turlariga qarab darslarini klassifikatsiyalash mavjud bo’lgan. Shunday ekan quyi sinflarda fiziologik-psixologik holatlarga qarab darsni mazmuni, o’quv materiallini mazmuni, umumlashtirilgan qiskartirgan xarakterga ega bo’ladi.
Maktab yoshdagi kichik bolalarga bir xildagi o’quv materiallini berish mumkin emas, chunki yosh organizm tez charchaydi, toladi hamda bolalarga qiziqishni yo’qotadi. Bir so’z bilan aytganda o’rgatish o’qitishni samarasini yo’qoladi. Shuning uchun quyi sinflarda imkoni boricha xilma xil materiallni o’tish talab qilinadi. Shunday ekan xilmag’xil vositalardan iborat bo’lgan darslarni aralash darslar deb bo’lmaydi yoki gimnastika darsi, basketbol darsi, engil atletika darsi deb bo’lmaydi. O’rta va yuqori sinflarda asta-sekinlik bilan aniq dars vositalarini kiritish talab etiladi. Bu albatta to’liq qonuniyatlarga mos tushadi hamda talab darajasiga ega bo’ladi, uni bu o’quvchilar aniq sport turi bilan shug’ullanishi hohlaydilar va ma’lum natijalarga erishishni istaydilar.
Darsni uch qismga bo’linishi va ularni doimiyligi uni ichki tuzilishini tasnifi bermaydi. Chunki dars juda ko’p detallardan iborat bo’ladi.
Dastlab darsga tanlab olingan mashqlar tarkibi bo’yicha muhokama qilinganda, ularning ketma ketligi davomiyligi «dars sxemasi” deb aytilgan. So’ng dars vazifasi, manbasi va metodi buyicha baholanganda “dars rejasi” atamasini ishlatgan.
Dars tarkibi – bu uni qismlarini soni ularni tayinlanishi va mazmuni ketma-ketligi, har bir qismi davomiyligi, tarkibiy qismi, kirish, asosiy, yakuniy. Faqat qismlar alohida-alohida ajratilib o’tilish ko’p vaqtni olmasligini uqtiradi. Biroq darsda uni qismlarini farqlaydigan bo’lsak bu holda uni qismlari to’g’risida so’z yuritish shart emas. Chunki bu siz ham ular o’zaro bog’lanib ketadi. Boshlang’ich sinflarda tayyorlov mashqlari o’tilganda o’qituvchi tomonidan mashqlar sekin asta bir vaqtning o’zida chiroyli ko’rsatilib mazmunan aniq, atamalarni to’g’ri so’zlab berishi talab etiladi. Biroq doimo bir xil mashqlarni qaytarish sonini ko’paytirib yuborish ham maqsadga muvofiq emas. O’quvchilarni anatomo-fiziologik xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi.



Download 140.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling