“Kadrlar faoliyatini baholashning mohiyati va uning zamonaviy uslublari”
Download 0.68 Mb.
|
islom
- Bu sahifa navigatsiya:
- “ Kadrlar faoliyatini baholashning mohiyati va uning zamonaviy uslublari ”
O’zbekiston RespublikasiOliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiTermiz davlat unversitetiIqtisodiyot va turizm fakultetiKadrlar menejmenti ta’lim yo’nalishi4-kurs talabasi Xolto’rayev IslomningXodimlar innovatsion faolligini boshqarish fanidan“Kadrlar faoliyatini baholashning mohiyati va uning zamonaviy uslublari”mavzusida tayyorlagan taqdimotiTermiz 2023Kadrlar faoliyatini baholashning mohiyati va uning zamonaviy uslublariIshchining faoliyatini baholash. Ishchining oyligi yoki ish haqini qachon oshirish kerak? Uning mansabini yoki razryadini qachon oshirish va qachon uning statusini pasaytirish yoki boshqa ishga o'tkazish kerak? Qay hollarda ishchini ishdan bo'shatish kerak? Bu savollarga javobni ishchi mehnati natijalarini baholash asosida olish mumkin. Ammo ishchining mehnati qay tarzda baholanadi? Afsuski, ko'p hollarda baholashlar tasodifan to'planadigan subyektiv kuzatuvlarni ifoda etadi. o'zboshimcha xarakterdagi bunday baholashlarni bartaraf etish uchun tobora ko'p kompaniyalar ishchilar faoliyatini baholashning murakkab tizimini, ya‘ni obyektivligini ta‘minlashga qodir tizimlarni tuzishmoqda. Bunday tizimdagi baholashlar nisbatan haqqoniy bo'ladi, chunki ularda qo'llanilgan mezonlar aniq ish bilan uzviy bog'liq. Mehnatni baholashning kompleks tizimi qabul qilinganda ish mezonlari qat‘iy belgilanadi, natijada ishchiga va uning boshlig'iga ishchidan nima talab qilinishi tushunarli bo'ladi. Shuning uchun ikkalasi ham ish kerakli tarzda bajarilganligini aniqlashi mumkin. Birmuncha qattiq tizimlar har bir ishchi mehnatining natijalari uchun yozma shaklda doimiy ravishda baho qo'yilishini talab qiladi, bu esa u tomondan o'z majburiyatlarini bajarilishi muntazam hisobga olinishiga sabab bo'ladi. Bunday hisobot ishchilarni bo'shatish to'g'risidagi qaror to'g'ri yoki noto'g'riligi muhokama qilinganda kompaniya manfaatlarini himoya qilish uchun ishlatilishi mumkin. Ishchilarning ish faoliyatini baholashda bir qancha uslublardan foydalanish mumkin.Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling