Mavzu: jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari


J I S M O N I Y T A Y Y O R G A R L I K


Download 0.64 Mb.
bet3/5
Sana08.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1253648
1   2   3   4   5
Bog'liq
JMNM fanining maqsadi hamda vazifalari

J I S M O N I Y T A Y Y O R G A R L I K
Jismoniy tarbiyada uchta asosiy yo’nalish mavjud bo’lib, inson jismoniy tarbiyasi ana o’sha yo’nalishlar asosida amalga oshiriladi. Ular umumiy jismoniy tayyorgarlik, kasb - hunar jismoniy tayyorgarligi, sport tayyorgarligidir.
Jismoniy madaniyat
Jismoniy tarbiya
Umumiy jismoniy tayyorgarlik
Kasb-hunar jismoniy tayyorgarligi
Sport tayyrgarligi
  • Umumiy jismoniy tayyorgarlik sog’liqni mustahkamlashga, keng doirada harakat malakalari va ko’nikmalariga ega bo’lishiga, o’zidan keyingi maxsus tayyorgarlikka zamin bo’lishi uchun xizmat qiladigan asosiy harakat sifatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan.

  • Umumiy jismoniy tayyorgarlik maqsadida jismoniy tarbiyaning barcha turdagi vositalaridan, xilma-xil jismoniy mashqlardan, tabiatning sog’lamlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillardan foydalanilmoqda. Umumiy jismoniy tayyorgarlik jismoniy tarbiyaning barcha etaplarida ko’proq maktab jismoniy tarbiya tizimida, ommaviy fizkultura ishlarida va jismoniy mashqlar bilan individual shug’ullanish shakllari orqali amalga oshirilmoqda.
  • Kasb-hunar jismoniy tayyorgarligi - bu jismoniy tarbiyaning mutaxassislashtirilgan aniq mehnat turi va mudofaa faoliyatiga tayyorlashga yo’naltirilgan jarayondir. Bunda asosan, jismoniy mashqlarning hunar yoki kasbga yaqin bo’lgan turlaridan foydalaniladi. Kasbga yo’naltirilgan jismoniy tayyorgarlik vositalarining qo’llanishi mehnat harakat malakalarining shakllanishini egallash jarayonini tezlashtiradi, mehnat unumdorligini oshiradi, organizmning, tashqi muhit ta’sirning zararli faktorlariga qarshilik ko’rsatishini yaxshilaydi.

  • Umumiy va kasb jismoniy tayyorgarligi deb ajratish ma’lum darajada shartli bo’lib, ikkala yo’nalish ham bir-birini to’ldiradi.
  • Sport tayyrgarligi jismoniy tarbiyada maxsus yo’nalishni ifoda etadi. Buning vazifasi insonni tanlab olingan biror sport turida yuqori natijalarga erishish ta’minlashdir. Jismoniy tarbiyada sport tayyorgarligi, organizmning funktsional imkoniyatlarini takomillashtirish bilan bog’liq bo’lgan, yuqori sport natijasi kishilarning jismoniy tayyorgarligini baholash kriteriyasiga aylanadi va jismoniy tarbiyaga mo’ljal sifatida juda keng ko’lamda qo’llaniladi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling