Mavzu. Jismoniy shaxslardan soliqlar bo’yicha soliq yig’iluvchanligini
Download 438.11 Kb. Pdf ko'rish
|
Курс иши (НАМУНА-СОЛИҚ НАЗАРИЯСИ)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortishning zarurligi va iqtisodiy- ijtimoiy mohiyati
- Aholi daromadlarini shakllantirishning institutsional mexanizmi 8
1
2
oshirish yo’llari Reja
Kirish
1. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortishning zarurligi va iqtisodiy-ijtimoiy mohiyati 2. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarning salmog`i 3. Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish tartibi 4. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’ini undirishning amaldagi holati tahlili 5. Jismoniy shaxslarning mol-mulklaridan soliq hisoblash va byudjetga undirishning tahlili Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 3
Soliq yukini kamaytirish orqali aholi real daromadlarini oshirib borish masalalari esa har bir yil yakuni bo’yicha o’z ijobiy natijalarini berayotganligini kuzatishimiz mumkin. Mamlakatimizda o’tgan yillarda amalga oshirilgan barcha islohotlar xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Aholi jon boshiga hisoblangan real daromad aholi turmush darajasining umumlashgan va yaxlit ko’rsatkichi hisoblanadi. Aholi daromadi - nominal va real daromadlarga bo’linadi. Nominal daromad aholi muayyan pul summasi shaklida olgan daromad bo’lib, uning harid qobiliyati pasayishiga inflyatsiya ta’sir ko’rsatadi. Real daromad esa, shu pul shaklidagi daromadga amalda qanday miqdorda iste’mol buyumlari va xizmatlar harid etish mumkinligi bo’lib, agar pul daromadi iste’mol bozoridagi narxlarga nisbatan tezroq o’sib borsa bunday daromadlar ham o’sgan deb hisoblanadi. Aholining jami turdagi daromadlari manbai - ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar, mukofot, foyda, dividend, zayom va lotereya yutug’i, bank to’lagan foiz puli, ko’chmas mulkdan kelgan renta to’lovi va ijara puli, sug’urta qoplamalari va boshqalardan iborat. Sanab o’tilgan daromadlarning pensiya, nafaqa va stipendiyadan tashqari barchasi soliqqa tortiladigan daromadlar hisoblanadi. Soliq islohotlarini o’tkazishda soliqqa tortishning an’anaviy tamoyillari o’zgarmaydi. Lekin amaldagi soliq tizimining iqtisodiy – huquqiy tamoyillarini takomillashtirib boradi. Bunda soliq munosabatlarining tamoyillari o’tkazilgan har bir islohotlar natijasida sayqallanadi va mohiyati, mazmuni maqsadlari borgan sari nazariy tamoyillar darajasiga yaqinlashib boradi. Zero har bir davrning o’ziga xos soliq tizimining adolatlilik, samaradorlik va soddalashtirilgan namunasi mavjud. Ana shu ko’rsatkishlar muayyan davrga moslashtirilgan soliq islohotlari o’tkazilishi natijasida an’anaviy mezonlarga yaqinlashib boradi. Shu o’rinda, mamlakatimiz birinchi Prezidenti I. Karimovning bu boradagi quyidagi fikrlari diqqatga sazovordir: « Jahon bozorlarida raqobat tobora
4 kuchayib borayotgan bugungi sharoitda iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini tubdan oshirish, eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarni qo’llab- quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo’jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatidagi ishtirokini har tomonlama rag’batlantirish ustuvor ahamiyat kasb etadi. Eksportga mahsulot chiqaradigan sanoat korxonalaridan farqli ravishda kichik biznes subyektlari va fermerlar o’z mahsulotlarini eksport qilishdan olgan valyuta tushumlarining 50 foizini banklarga sotish majburiyatidan ozod qilingani va ularning eksportga mahsulot etkazib berishdan, avvalo, o’zlarining manfaatdor bo’lishini e’tibordan chetda qoldirmasligimiz darkor » 1 . Mamlakatimizda mustaqillik yillarida soliq tizimining shakllanishi va rivojlanishida muhim davrni bosib o’tdi. Mazkur islohotlar doirasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining soliq tizimini isloh qilish borasida qabul qilgan qator me’yoriy-huquqiy hujjatlari asosida soliq to’lovchilar faoliyatini rag’batlantirishga alohida e’tibor qaratildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev soliq tizimi haqida to’xtalib shunday deydi: “Soliq- byudjet siyosatiga qat’iy amal qilish, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini bajarish, ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar hajmi, yirik investitsiya loyihalari va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashni moliyalashtirish – ushbu eng muhim vazifalarni amalga oshirish, avvalo, Moliya vazirligi va shaxsan vazirning faoliyati samaradorligi bilan belgilanadi” 2 .
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmonida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishda soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini
1 Karimov I.A. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. Xalq so’zi, 2016 yil 16 yanvar. 2 Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. – Toshkent, “O’zbekiston”, 2017. – B.29-30. 5 soddalashtirish siyosatini davom ettirish 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning uchinchi ustuvor yo’nalishi qilib belgilangan. 3
Soliqlar har bir davlatning moddiy jihatlarini ta’minlaydi. Jahon iqtisodiyoti taraqqiyotining hozirgi bosqichida ular iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi. Iqtisodiy islohotlarni yanada erkinlashtirish va shuqurlashtirish jarayonida kishik biznesni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirish, mulkdorlar sinfini shakllantirish, bozorlarni tovarlar bilan to’ldirish, raqobat muhitini yaratish, ishsizlikka barham berish mamlakat oldida turgan asosiy vazifalardan hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida soliq tizimini isloh qilish va davlat soliq siyosati samaradorligini oshirishning hozirgi kundagi amaliyoti nazariyotchilar oldiga uning qator yangi muammolariga echim topishni ko’ndalang qilib qo’ymoqda. Ma’lumki, aholi pul daromadlarini mustahkamlash respublikamiz taraqqiyotining hozirgi bosqishida jamiyatimizning poydevori sifatida ham iqtisodiy, ham siyosiy jihatdan eng muhim bo’lgan sohaga aylanib bormoqda.
3 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi 4947-sonli Farmoni. 6
ijtimoiy mohiyati Soliqqa tortish amaliyotida va ilmiy izlanishlarda soliqlarning mohiyatiga nisbatan turlicha qarashlar mavjud. Shu sababli ushbu kategoriyadan har bir davlat o’ziga xos tarzda va turlicha shaklda foydalanadi. Davlatning qonun chiqaruvchi organi tomonidan o’rnatiladigan soliqlar va to’lovlar, soliq kategoriyasi namoyon bo’lishining aniq shakli bo’lib hisoblanadi. Tashkiliy-huquqiy tomondan soliqlarni, qonun tomonidan belgilab qo’yilgan hajmda va belgilangan muddatda budjet fondiga tushuvchi majburiy to’lov sifatida talqin etish mumkin. Klassik iqtisodchi olim D. Rikardoning ta’kidlashicha: «Soliqlar- hokimiyat ixtiyoriga kelib tushadigan er mahsuloti va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi va oxir oqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi hisobidan to’lanadi» 4 . Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, D.Rikardo soliqlar mohiyatini yoritib, o’z navbatida A.Smit tomonidan yaratilgan soliqlar nazariyasini ma’lum darajada rivojlantirgan. Professor D.G.Chernikning fikricha «Soliqlar-davlat tomonidan xo’jalik sub’ektlari va fuqarolardan qonuniy tartibda o’rnatilgan stavkalarda undirib olinadigan majburiy yig’imlarni o’zida aks ettiradi» 5 .
adolatli taqsimlashning vositasi deb hisoblaganlar. Daromad solig’ini fiskal maqsadlarning manbasi jihatidan qaraydigan moliyachilar esa bu fikrga qo’shilmaydilar. Daromad
solig’ining ustunliklarini aniqlab, K.Eeberg «o’zining g’oyaviyligi jihatidan umumdaromad solig’i barcha soliqlarni ortda qoldiradi,
4 Д.Рикардо. Сочинения I том. «Начало политической экономии и налогового обложения». Перевод с английского - М. Госполитиздат, с.360. 5 Черник Д.Г. «Налоги в рыночной экономике», «Финансы», М.: 1992, - №3. с.19 с.21. 7 faqat shu soliq shaxsiy munosabatlarni hisobga oladi va soliq to’lovchini to’lov qobiliyatiga qarab soliqqa tortishga imkon beradi», deb yozgan. 6
Davlat faoliyat doirasining kengayishi va uning fiskal extiyojlarining tez sur’atlarda o’sishi harakatchan daromad manbasini bera oladigan epchil soliq tizimini tuzish vazifasini oldinga surdi. Daromad solig’ining tuzilishi soliq stavkalarini zarur holatlarda osongina pasaytirish va ko’tarish imkonini beradi. Amal qilgan obyektlardan to’g’ridan-to’g’ri soliq olish tizimi esa yangi fiskal maqsadlar talablariga javob bermas edi. Aholi daromad solig’ining soliq amaliyotiga kirib kelishidagi ijtimoiy sabablarni ham ko’rsatish lozimdir. Ishchi sinfining talabi ham soliqlarning undirilishida daromad kriteriysini kiritish edi. Daromad solig’iga o’tishning ijtimoiy-iqtisodiy sabablari rus professori M.N.Sobolev tomonidan anchagina aniqroq va yaxshiroq tariflangandir: «Daromad solig’i moliya tizimida soliqqa tortishning eng takomillashgan shaklini o’z ichiga oladi, chunki u jamiyatning oxir-oqibatda barcha soliqlari to’lanadigan manba–sof daromadni qamrab oladi. Daromad solig’ining og’irligi ushbu soliqni o’zi ixtiyoriy ravishda to’lamaydigan mulkiy sinflariga tushadi. Ularning soliq qarshiliklarini bartaraf etadigan shart-sharoitlar mavjud bo’lishi kerak. XIX asrda bunday kuch bo’lib ishchilar sinfi maydonga chiqdi, ular Evropa mamlakatlarining sotsialistik partiyalari dasturlariga iste’mol soliqlarini bekor qilishni va progressiv daromad soliqlarini joriy etishni talab qildilar. Bu holatlar urushlar bilan bog’liq edi: Rossiya va Frantsiyada daromad solig’i, birinchi jahon urushi tufayli yuzaga kelgan og’ir iqtisodiy va moliyaviy tanglikdan keyin joriy etildi. Daromad solig’ini joriy etishning iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitlari ana shulardan iboratdir» 7 . Shunday qilib,
daromad solig’iga o’tilishi iqtisodiy taraqqiyot muammolarini hal qildi, davlat fiskal talablarini qondirish va jamiyatdagi ijtimoiy tanglikni yumshatishda muhim ahamiyat kasb etdi.
6 Эеберг К.Т. Современные налоги на западе, Петроград, 1923, с.9. 7 Соболев М. Н. Очерки финансовой науки, М. 2004. С. 104-106. 8 Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq yordamida milliy daromadni taqsimlashda davlatning, shu jumladan, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining pul shaklidagi yangi qiymatning bir qismini o’zlashtirilishi ta’min etiladi. Milliy daromadning majburiy ravishda safarbar qilingan bu qismi davlat moliya resurslarining bir qismiga, uning hayotiy faoliyatining asosiga aylanadi. Binobarin, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i (barcha soliqlar kabi) ikki tomonlama xususiyatga ega bo’ladi: ishlab chiqarish munosabatlarining o’ziga xos shakli (ularning ijtimoiy mazmuni) sifatida maydonga chiqadi va pul shaklidagi milliy daromadning bir qismi (moddiy mazmuni) hisoblanadi. Aholidan olinadigan daromad solig’ining manbai shu aholining iste’mol fondidir yoki taqsimlash jarayonlarini hisobga olganda esa milliy daromadning bir qismidir. Shunday qilib, aholi daromad solig’ining zaruriyati ijtimoiy manfaatlar ustunligida namoyon bo’lmoqda. Buning ma’nosi shuki, daromad solig’idan foydalanish aholining nominal pul va real daromadlari darajasini muayyan tarzda tartibga solish zarurligi bilan bog’liqdir. U mehnat natijalari bilan unga haq to’lash o’rtasidagi muvofiqlikni o’zgartirmasdan turib aholining pirovard daromadlari miqdorini o’zgartirish imkonini beradi. Daromad solig’i orqali aholining pirovard daromadlarini shakllantirish, ishlab chiqarish va iste’mol xususiyatlarini ta’riflab beradigan turli obyektiv hamda sub’ektiv omillarning ishtirok etishi vositasida amalga oshirilishi mumkin. Bu omillarning xilma- xilligi daromadlarning (shu jumladan ish haqini) boshqa manbalari miqdorini tabaqalashtirish tizimi orqali to’liq hisobga olib bo’lmaydi. Pirovard daromadlarni shakllantirish omillaridan biri sifatida namoyon bo’ladigan daromad solig’i tegishli ravishda bu daromadlar tuzilishiga, demak, aholining ehtiyojlari tuzilishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i asosan aholining pirovard pul daromadlari darajasiga ta’sir qiladi, shu bilan birga davlat uni olinadigan daromadlardan yanada maksadga muvofiq foydalanish uchun rag’batlantiruvchi
9 omil sifatida ishga soladi. Daromad solig’i tufayli daromadlarning, avvalo yuqori daromadlarning bir qismi aholining qo’shimcha mablag’larga muhtoj bulgan toifalari foydasiga va umuman jamiyat manfaatlari yo’lida qayta taqsimlash sodir bo’ladi. Daromadlardagi tengsizlik darajasi ma’lum darajada qisqaradi. Soliq siyosati aholi manfaatlariga xizmat qilmog’i, aholi va davlat o’rtasidagi soliq munosabatlari oqilonaligini ta’minlashi lozim. Davlat bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida soliqqa tortishning makroiqtisodiy vositasi orqali aholining daromadlarini qayta
taqsimlashda tartibga soluvchilik va
rag’batlantiruvchilik vazifasini bajarar ekan, iste’mol fondini tabaqalashtirilgan chegaralarga qarab yuzaga chiqayotgan har qanday ijtimoiy muammolarni har tomonlama o’ylab yondoshuvi va aholining daromadlarini turli manfaatlardan kelib chiqqan holda oqilona tartibga solib borish maqsadga muvofiqdir. O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida o’laroq aholining pul daromadlari mehnatga haq to’lash va boshqa daromadlarning o’sishi hisobiga ortishiga yordam bermoqda. Aholining daromadlar bo’yicha iqtisodiy jihatdan muqarrar ravishda tabaqalanishi respublikadagi umumiy iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy vaziyatga hamisha ham ijobiy ta’sir ko’rsatavermaydi. Aholi daromadlari – jamiyatning konkret rivojlanish bosqichida institutlar va institutsional o’zaro aloqalarning muvofiqligi va rivojlanishining ma’lum darajasidagi natijasidir. Bunday holatda aholining daromadlari shakllanish mexanizmini quyidagi chizmada tasvirlanganidek tasavvur qilish mumkin. Aholi daromadlari shakllanishining bunday yondashuvi orqali aholi daromadlarining turli darajalarda bo’lish sabablarini tushuntirish mumkin. Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig’ining manbai ham zarur, ham qo’shimcha mahsulot mahsuli bo’lishi mumkin. Davlat, aktsiyadorlik, kooperativ va xususiy korxonalardagi ishlab chiqarish faoliyatini natijalariga qarab to’lanadigan ish haqidan olinadigan soliq zarur mahsulotning bir qismidir. 10
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i davlat budjetining xazinasini asosiy manbalaridan bo’lib, u orqali umumdavlat ahamiyatiga molik bo’lgan zaruriy chora-tadbirlarni moliyalashtirishga etarlicha moliyaviy resurslar bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Bu esa davlatning jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda namoyon bo’ladigan funktsiyalarini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashning naqadar zarurligidan dalolat beradi. 1-chizma
Instit
ut lar
Xuquq
Instit
utsi ona
l ta’
sir ko’r
sa ti li shi
Ta’sir etish Individual va
jamoa kelishuvlarining sifati
Iqtisodiy mentalitet Qarshi ta’sir Legal sohada faoliyat yuritish bahosi
Sud tizimining ta’sirchanligi
Muvofiqlashtirish Ijrochi hukumat
organlari faoliyati Hayot faoliyatining ijtimoiy standartlari Taqsimlash Ijtimoiy institutlar (kasaba uyushmalari, siyosiy
partiyalar vah.k.) Ma’lumotlar asimmetriyasi Qayta taqsimlash Ijtimoiy javobgarlik Xuquq organlari faoliyati Transformatsiya lashuv Transaktsion xarajatlar darajasi
solig’i tizimi budjetning asosiy manbalaridan biri sifatida obyektiv zarur xususiyatga egadir. Ushbu soliqning ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida dolzarbligi va ahamiyati oshib boradi, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlar va ishbilarmonlarning aholi umumiy tarkibidagi salmog’i va ular
8 Muallif tomonidan ishlab chiqilgan. A H O L I D A R O M A D L A R I 11
daromad darajalarining oshib borishi shuni taqozo qiladi va keltirib chiqaradi. Albatta, tadbirkorlar sinfining paydo bo’lib, ular safi tobora kengayib borishi, daromadlarining oshib borishi degani, jismoniy shaxslarning ushbu qatlamidan o’z-o’zidan daromad solig’i tushumi ko’payib qoladi degan gap emas. Bu erda yana bir omil - bozor iqtisodi talablariga javob bera oladigan, jismoniy shaxslarni ishlab topgan daromadlarini manbaidan qat’iy nazar progressiv va adolatli tarzda soliqqa tortilishini ta’minlashi kerak bo’lgan bir omil mavjudki, u soliqqa tortishning mexanizmi bo’lib, o’z ichiga jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortishda huquqiy va uslubiy asoslarni qamrab oladi.
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjet tizimining muhim tarkibiy qismini mahalliy byudjetlar tashkil etadi. Ular davlat hokimiyatining har bir mahalliy organi o’z faoliyatini amalga oshirishi uchun uning ixtiyorida moliyaviy baza yaratadi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab ehtiyojlarni to’laroq hisobga olish hamda davlat tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshiriladigan tadbirlar bilan muvofiqlashtirib borish imkonini beradi. Mahalliy hokimiyat organlari mahalliy byudjet daromadlarining ko’payishi va resurslarning tejamkorlik bilan sarflanish tadbirlarini amalga oshiradi. Joylarda iqtisodiy va ijtimoiy yuksalish sur’atlari mahalliy xo’jalik salohiyatini safarbar qilish, mablag’larni tejab ishlatish bilan bevosita bog’liqdir. Bu esa o’z navbatida O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlaydi. Mahalliy byudjetlar hisobidan uy-joy kommunal xo’jaligi va obodonlashtirish, maorif va sog’liqni saqlash muassasalari (maktablar, kasalxonalar, maktabgasha tarbiya muassasalari va boshqalar), ijtimoiy ta’minot sohasidagi tadbirlar mablag’ bilan ta’minlanadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda, jismoniy shaxslar o’z daromadlaridan, mol-mulkidan va egallab turgan yerlaridan turli xil soliqlar hamda yig’imlar to’laydilar.
12
Jismoniy shaxsning huquq layoqati-bu fuqarolik huquqlari, burchlariga ega bo’lishi tushuniladi. Yuridik me’yorlarga muvofiq bu layoqat 18 - yoshda, ya’ni fuqaro balog’at yoshiga yetganda yuzaga keladi (F.K. - 22 modda). Soliqlar va yig’imlar yordamida davlat ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, tadbirkorlikning ustivor turlarini rag’batlantirish orqali eng zarur ijtimoiy muammolarni hal qilish dolzarb masalaga aylanib qoldi. Jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar ikki turga: - umumdavlat soliqlari; - mahalliy soliqlarga bo’linadi.
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i; - qo’shilgan qiymat solig’i: - aktsiz solig’i (asosan chetdan olib kirilgan aksiz osti tovarlari ushun); - yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqlar; - suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. Jismoniy shaxslar mahalliy soliqlardan quyidagilarni to’laydilar: - er solig’i; - mol-mulk solig’i; - jismoniy shaxslar transport vositalariga benzin, dizel yonilg’isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik ushun soliq; Jismoniy shaxslar tomonidan respublika byudjetiga undiriladigan umumdavlat soliqlari. Jismoniy shaxslar tomonidan olinadigan daromad solig’i. Jismoniy shaxslarning ish haqi, mukofotlari va boshqa daromadlari progressiv (tabaqalashtirilgan) stavkalarda soliqqa tortiladi. Jismoniy shaxslar tomonidan olinadigan daromadlar tarkibiga: -mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar; -mulkiy daromadlar; -moddiy naf tarzidagi daromadlar; - boshqa daromadlar kiradi.
13
1-jadval Download 438.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling