Mavzu: jismoniy tarbiya mashg'uloti shakllari


Jismoniy tarbiya bo‘yicha xilma-xil mashg‘ulotlar tashkil qilishning mohiyati


Download 219.76 Kb.
bet2/11
Sana18.02.2023
Hajmi219.76 Kb.
#1211446
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA MASHG\'ULOTI SHAKLLARI

1. Jismoniy tarbiya bo‘yicha xilma-xil mashg‘ulotlar tashkil qilishning mohiyati
Maktab o‘quvchilari jismoniy tarbiyasining amalda hal qilinishi maxsus tashkil qilingan jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarida amalga oshiriladi. Mashg‘ulot davrida va faqat mashg‘ulot orqali jismoniy tarbiyaning vositalari, metodik prinsiplari va prinsiplari hayotga tadbiq qilinadi. Maktab uchun ko‘p miqdorda turli xil mashg‘ulotlar shakli xarakterlidir.
Ba’zi uslubshunoslar jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari shaklining ko‘pligini mashqlarni bajarishda faqat vaqtni cho‘zish va shu bilan maktab o‘quvchilarining harakatga bo‘lgan talabini qondirish uchungina zarur deb qaraydilar. SHu bilan bir qatorda maktabda, maktabdan tashqari va oilada o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning shakli, xususiyatlari va ularni o‘tkazish sharoiti shuni ko‘rsatadiki, bu mashg‘ulotlarning birontasi olib tashlansa, pedagogik jarayoni uzluksizligining bo‘zilishiga hamda jismoniy tarbiya vazifalari bajarilishi sifatining susayishiga olib keladi. Binobarin, sog‘lomlashtirish uchun – “sog‘lomlashtirish kunlari” da, targ‘ibot uchun esa - sportga bag‘ishlangan kechalarda yaxshi sharoit yaratilishi mumkin. Bu jihat jismoniy tarbiya darslari sonidan qat’iy-nazar maktab o‘quvchilari jismoniy tarbiyasining barcha shakllarini har tomonlama rivojlantirish va ulardan samarali foydalanish zarur ekanligini ko‘rsatadi.
O‘quvchilarning jismoniy tarbiyasining mashg‘ulotlari maktabda o‘quv ishlari, sinfdan tashqari ishlar jismoniy madaniyat - sog‘lomlashtirish ishlari, maktabdan tashqari muassasalarda va oilada quyidagi shakllarda: «jismoniy tarbiya darsi», «darsgacha gimnastika», “jismoniy madaniyat minutlari va pauzalari», «katta tanaffusdagi uyushtirilgan o‘yinlar», «sport ko‘ngil ochishlari (vaqt o‘tkazish uchun)», «uzaytirilgan kunli maktablardagi jismoniy madaniyat mashg‘ulotlari (sport soatlari)», «sport sektsiyalari», «sport bayramlari “, “musobaqalar” «Quvnoqlar va zukkolar» uchrashuvlari, «salomatlik kuni» va h.k.dek o‘ndan ortik xil sinfdan tashqari ishlar tarzida tashkillanadi.
Maktabdan tashqari muassasalarda jismoniy tarbiya:
Bolalar, o‘smirlar sport maktablari, sport inshootlari va suv havzalari, istirohat bog‘lari, madaniyat uylari, madaniyat saroylari qoshidagi sport sektsiyalari, jismoniy tarbiya to‘garaklari, uy joy boshqarmalari, mahalla fuqarolari yig‘ini tomonidan yo‘lga qo‘yilayotgan bolalar sport sektsiyalari va boshqalar tarzida sog‘ligi, yoshi, jismoniy tayyorgarligiga qarab ajratib olinib, turli yoshdagilar uchun muntazam ravishdagi mashg‘ulotlar tashkillanadi.
O‘zgarib turadigan tarkib bilan o‘yinlar, oilaviy musobaqalar uloqtiruvchilar kuni, ommaviy krosslar (yuguruvchilar kuni), turli xil konkurslar o‘tkaziladi.
Oilada jismoniy tarbiya uy sharoitida, dars tayyorlash paytidagi jismoniy madaniyat minutlari, jismoniy tarbiyadan uyga berilgan vazifalarni bajarish, sport xarakteridagi mashqlar, oilaviy sayohatlar va jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug‘ullanish mushg‘ulotlari, o‘yinlar, trenirovkalar sifatida uyushtiriladi.



Download 219.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling