Mavzu: jismoniy tarbiya mashg'uloti shakllari


Oilada o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari


Download 219.76 Kb.
bet9/11
Sana18.02.2023
Hajmi219.76 Kb.
#1211446
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA MASHG\'ULOTI SHAKLLARI

1.4. Oilada o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari


Ertalabki gigienik gimnastika (badantarbiya, zaryadka) alohida ahamiyatli gigienik tadbir sifatida, oriqcha zo‘riqishsiz bajariladigan mashqlarni o‘z ichiga oladi.
Bu mashqlarni bajarishda hal qilinadigan asosiy vazifa, - organizmda qon harakati susayishi holatini bartaraf qilish, bo‘g‘imlar va mushaklarni “yumshatish”, yurak va boshqa ichki organlar va tizimlarning faoliyatini faollashtirish.
Shu bilan birga har kuni 15-20 minut bajariladigan mashg‘ulotlar o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishi yaxshilanishiga yordam beradi, qaddi-qomatni, korrdinatsion va boshqa qobiliyatlarni takomillashtiradi.
Ertalabki gimnastika mashg‘ulotining prinsipial sxemasi asosiy bo‘g‘im va mushaklarni “ishlab chiqish” uchun zarur minimum mashqlar, shuningdek, yurak-qon tomir va nafas olish tizimlari faoliyatini faollashtirishga umumiy ta’sir ko‘rsatuvchi mashqlarni o‘z ichiga oladi:
1) kerishish va qo‘l-oyoqni yozish mashqlari;
2) burilishlar, egilishlar, boshni aylantirish;
3) aylanma harakatlar, qo‘llarni har xil yassilikda aylantirish;
4) oldinga, ortga va yon tomonga engashish;
5) ikki oyoqda o‘tirib turish;
6) turgan joyda harakatlanib sakrashlar;
7) asl holga qaytguncha qo‘llarni harakatlantirib yurish
ORGANIZMNI CHINIQTIRISH MUOLAJALARI
Oilada jismoniy tarbiyaning zaruriy shakli chiniqtirish hisoblanadi.
Havo vannalari, gimnastik komplekslarni derazalarni ochgan holda bajarish, gimnastikadan keyin badanni sovuq suv bilan artish, cho‘milish, oyoqni uyqudan oldin yuvish, yozda yengil kiyim kiyish, qishda esa haddan tashqari issiq kiyim kiymaslikka odatlanish chiniqishga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Ertalabki gimnastikani trusikda, oyoq yalang bajarish zarur.
Jismoniy tarbiya bo‘yicha uyga vazifalarni bahorda va kuzda – yengil sport kiyimlarida, qishda – issiqroq kiyimda, yozda – trusikda (shortы) va yengil oyoq kiyimida bajarish kerak.
Suv bilan chiniqish muolajalari bolalarning turmush tarziga hamohang kirib borishi kerak. Shuning uchun ularni qo‘llashda ma’lum ketma-ketlikka rioya qilish juda muhim.
JISMONIY MADANIYAT MINUTLARI
Uy sharoitida dars tayyorlash vaqtidagi jismoniy madaniyat minutlari kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan 30-35 minut uzluksiz dars tayyorlashdan keyin, katta maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan 45 minutdan keyin o‘tkaziladi.
Jismoniy madaniyat minutlarini uyda o‘tkazishning metodik sharoitlari xuddi maktabda o‘tkazilishi kabi.
JISMONIY TARBIYADAN UYGA BERILGAN VAZIFALARNI
BAJARISH
Jismoniy madaniyat maktabdagi xuddi umumiy ta’lim predmetlariga o‘xshab o‘quv dasturini nafaqat darsda, balki uyga vazifa orqali muntazam o‘zlashtirishni talab qiladi.
Jismoniy madaniyat bo‘yicha uyga vazifa o‘zining xususiyatiga ega bo‘lib, ular vazifalarni bajarish sharoiti va ularning mazmuni bilan aniqlanadi.
Jismoniy madaniyat bo‘yicha uyga vazifa, odatda individual xususiyatga ega. Ular yordamida birinchi navbatda jismoniy qobiliyatlari rivojlanishi ortda qolgan har bir o‘quvchining jismoniy tayyorgarligini oshirish vazifalari hal qilinadi
Uy sharoitida yangi harakat faoliyatini o‘rganishga yo‘l qo‘yilmaydi. Har bir o‘quvchiga uyga vazifa berishda o‘qituvchi uni uy sharoitida bajara olish imkoniyatlarini hisobga olishi lozim (o‘quvchining uyi yaqinida sport inshootlari va maydonchalarining mavjudligi).
O‘quvchilar tomonidan mustaqil mashqlarning bajarilishida ota-onalar ularga yordam ko‘rsatishlari va bajarilishini nazorat qilib o‘qituvchiga ko‘maklashishlari kerak
Hozirgi kunda jismoniy madaniyat bo‘yicha uyga vazifalarning yagona shakli mavjud emas.
OILAVIY SAYOHATLAR
Piyoda yurishlar va ekskursiyalar dam olish kunlari va kanikullar davrida faol dam olishning eng keng tarqalgan shakli hisoblanadi.
Marshrut bo‘yicha harakatlanishda tabiiy to‘siqlardan o‘tish, joyda orientir olish, kuzatuvchanlik, maskirovkalanishni (niqoblanish) o‘rganish, diqqatni rivojlantirish, vaqt va bo‘shliqni sezish hamda boshqa qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlar va o‘yinlar o‘tkaziladi.
Velosipedda yurish. Har xil yoshdagi bolalarning qo‘lidan keladigan (hammabop) juda foydali jismoniy mashq hisoblanadi.
U hayotiy muhim amaliy ahamiyatga ega. Doimiy o‘zgaruvchan manzara va harakat holati shug‘ullanuvchilarni o‘zining ko‘rkamligi bilan jalb qiladi.
JISMONIY MASHQLAR BILAN MUSTAQIL SHUG‘ULLANISH
Faol dam olish. Dars tayyorlashdan bo‘sh vaqtda kichik maktab yoshidagi bolalar kun tartibining 2,5-3 soati, katta yoshdagi maktab bolalarining – 2-2,5 soat vaqti ochiq havoda o‘tkaziladigan mustaqil, iloji boricha qat’iy reglamentlashtirilgan jismoniy mashq mashg‘ulotlari va o‘yinlarga ajratilishi kerak.
Kichik maktab yoshida asosan afzallik harakatli o‘yinlar va sport o‘yin-kulgi ermaklariga, shunindek jismoniy tarbiya bo‘yicha “Alpomish” va “Barchinoy” kompleksi mazmunini tashkil qiluvchi uy vazifasi mashqlarini bajarishga beriladi. Ularning ichida dozalangan yugurish muhim ahamiyat kasb etadi.
Hattoki 4-5 yoshli bolalar o‘zining sog‘ligiga zarar yetkazmasdan har 500 m. da qisqa to‘xtalishlar (1-2 min) qilib 5 km masofani bosib o‘tishlari isbotlangan. Shuningdek, ularning harakat tezligi 3-3,5 km\s ga etishi mumkin
Uy vazifasiga mayda qadamlar bilan (lo‘killab) yugurishni kiritish mumkin. Bu erkin va sekin yugurish. Gavda erkin va bo‘shashgan vertikal holatda, yelkalar pastroq tushirilgan, qo‘llar ixtiyoriy erkin holatda, agar bukilgan bo‘lsa vaqti-vaqti bilan “to‘g‘rilanadi” (bo‘shashadi). Qadamlar juda qisqa (taxminan 40-50 sm).
Lo‘killab yugurish zo‘riqishga imkon bermaydi va huzur-halovat baxsh etadi.
Kuchlilikka yo‘naltirilgan gimnastika (atletik gimnastika) – kuchlilik va tezkor kuch sifatlari, kuch chidamliligini rivojlantirishga, chiroyli qomat va atletik gavda tuzilishini shakllantirishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha og‘irliklar bilan bajariladigan jismoniy mashq mashg‘ulotlari shakli.
Amaliy tajriba va ilmiy tadqiqot natijalari kuchlilikka yo‘naltirilgan atletik gimnastika mashg‘ulotlari bilan o‘smirlar, taxminan 11-12 yoshdan boshlab shug‘ullanishlari mumkinligini ko‘rsatmoqda
Badiiy gimnastika qizlar uchun chiroyli, hamohang gavda tuzilishi, kelishgan qomat, bejirim qadam tashlashni shakllantirish vazifalarini hal qiladi. Muntazam va maqsadli jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish qizlarning barcha harakatlarini xushandom va mutanosib bo‘lishiga olib keladi. Teri qavati va mushaklar silliqlik va taranglikka ega bo‘ladi.
Bunday mashg‘ulotlar yordamida ko‘pgina tabiiy nuqsonlar tuzatilishi mumkin: bukchayganlik, ortiqcha yog‘ qatlamini yo‘qotish, bel va tos kengligini o‘zgartirish, oyoqlarni ancha xushbichim qilish mumkin.
Начало формы

XULOSA


Download 219.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling