Mavzu: jismoniy tarbiya mashg'uloti shakllari
Download 219.76 Kb.
|
JISMONIY TARBIYA MASHG\'ULOTI SHAKLLARI
Mashg’ulotning asosiy qismi. Bu qism mashg’ulot oldiga qo’yiladigan maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan bo’lib, asosiy ishni bajarishga qaratilgandir. Bu qismda bajariladigan harakatlar yuqori darajada bo’lib, shug’ullanuvchilar jismoniy imkoniyatlarini yuqori darajada namayon etishni talab qiladi. Bu jarayon mashg’ulotning turiga bog’liqdir yoki o’rgatish, takrorlash, takomillashtirish, mustahkamlashdan iborat. Asosiy vositalari mashg’ulot oldiga qo’yilgan harakat amalning qismiga oid maxsus mashqlardan iborat bo’ladi. Mashg’ulotning yakuniy qismi. Mashg’ulotning yakuniy qismida shug’ullanuvchilarning organizmini oldingi holatga qaytarish uchun diqqat e’tiborini o’ziga qarata o’yinlar, yurish, ohista yugurishlardan iborat bo’ladi. Yakuniy qism aniq gigiyenik yo’nalishda bo’lib, shug’ullanuvchilar yuvunish, qiyin ishiga qaratilgan bo’ladi. Maktabdagi darsdan tashqari ishlardan biri ommaviy jismoniy madaniyat bo’yicha o’tkaziladigan ommaviy tadbirlardir. Darsdan tashqari ishning vazifalari qo’yidagilardan iborat. Maktab oldida turgan o’quv tarbiya vazifalarini hal etishga yordam berish. O’quvchilar sog’ligini mustahkamlashga organizmni chiniqtirishga, ularning har tomonlama jismoniy rivojlanishga yordam berish. O’quvchilarning jismoniy madaniyat darslarida oladigan bilimlari, malaka va ko’nikmalarini chuqurlashtirish hamda kengaytirish. Maktab o’quvchilarida tashkilotchilik malakalarini tarbiyalash va rivojlantirish. O’quvchilarning yaxshi dam olishlarini tashkil etish. O’quvchilarda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishga ishtiyoq uyg’otish. Darsdan tashqari vaqtda gimnastika, yengil atletika, chang’ida yurish va turizm mashg’ulotlari shaklida seksiyalar, guruhlar jamoalarda o’tkaziladi. Bolalar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarning asosiy mazmuni jismoniy tarbiyaga oid o’quv dasturlari materiali hisoblanadi. Bu material o’quvchilarning turli mashqlarni odatdagi va murakkab sharoitda, xususan dalada bajarish, malaka va ko’nikmalarini takomillashtirish maqsadida foydalaniladi. O’yinlar sinfdan tashqari ishlarda katta o’rin egallaydi. Sinfdan tashqari ishlar, xususan o’yinlarni ham o’tkazishda asosiy e’tibor o’rganiladigan materialning darslarda o’tiladigan o’quv materialiga mosligiga qaratiladi. O’quv va sinfdan tashqari mashg’ulotlarning birga qo’shib olib borilishi bolalarning harakatlanish malaka va ko’nikmalarini takomillashtirishga yordam berish kerak. Maktabda jismoniy tarbiya va sportga oid sinfdan tashqari ishning tashkiliy asosi qo’yidagilar hisoblanadi. Sakkiz yillik va o’rta maktablarda 3-8 yoki 3-10 sinf o’quvchilaridan tashkil topish mumkin bo’lgan jismoniy tarbiya jamoasi. Boshlang’ich maktablarda jismoniy madaniyat tugaraklari. Jismoniy tarbiya jamoasi ishga umumiy rahbarlik jismoniy madaniyat o’qituvchisi, to’garakga rahbarlik esa boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan biri zimmasiga yuklanadi.Maktabdagi barcha sinflarda jismoniy tarbiya tashkilotchilari saylanadi. Ular sinf rahbarlari boshchiligida ish olib boradilar. O’z sinfdoshlarining maktabda o’tkaziladigan turli ommaviy - jismoniy tarbiya va sport tadbirlarida qatnashishlarini uyushtiradilar Download 219.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling