Mavzu: Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati faning rivojlanish tarixi hamda uning boshqa tarbiya turlari bilan aloqadorligi
Download 323.26 Kb. Pdf ko'rish
|
2.JTSN va U 2-III-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi davr
Mavzu: Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati faning rivojlanish tarixi hamda uning boshqa tarbiya turlari bilan aloqadorligi Reja 1. Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati faning rivojlanish davrlari. 2. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan aloqasi. 3. Jismoniy madaniyat bazasi. 4. Amaliy jismoniy tarbiya. 5. Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya. 6. Jismoniy madaniyat jarayonida aqliy madaniyat. 7. Jismoniy madaniyat jarayonida axloqiy madaniyat. 8. Jismoniy madaniyat jarayonida estetik madaniyat. Kalit so‘zlar: Jismoniy madaniyat bazasi, amaliy jismoniy tarbiya, sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat jarayonida aqliy madaniyat, jismoniy madaniyat jarayonida axloqiy madaniyat, jismoniy madaniyat jarayonida estetik madaniyat. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usulubiyatini rivojlanishining davrlari Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining rivojlanishi bir necha davrlarni o‘z ichiga oladi. Birinchi davr – bashariyat taraqqiyotining ilk davridagi harakat faoliyatini organizmga tasiri haqida eng dastlabki (emperik) bilimlar (Ponamarev N.I. 1975), ularning to‘planishi, “mashqlanganlik”ning foydasini sezib, maonosiga yetish va to‘plangan tajribani avloddan-avlodga uzatish usullarini anglashga imkoniyat yaratilgan “jismoniy mashqlar” ni va “jismoniy tarbiya”ni paydo bo‘lishi uchun shart-sharoit yaratilishiga omillarni yuzaga kelgan davri. Ikkinchi davr – jismoniy tarbiya jarayonida qo‘llanila boshlangan birinchi usuliyatlarning yaratilishi – qadimgi Yunonistonda quldorlik davlati davri va o‘rta asrni o‘z ichiga oladi (G.D.Xarabuga, 1974). Jismoniy tarbiyadagi bu usuliyatlar, tajribalar orqali yuzaga kelgan bo‘lib, filosoflar, pedagoglar, shifokorlar, odam organizmi faoliyati qonuniyatlari bilan unchalik tanish emasligi, o‘rganib ulgurmaganliklari orqali jismoniy mashqlar tasirining mexanizmini aytarli tushuntira olmas edilar. Shunga ko‘ra bu davr jismoniy mashqlar bilan shug‘ul- lanishning foydasini tashqi ko‘rinishlarga qarab bo’lingan davr deb qaralgan. Bu davrda Yunonistonning jismoniy tarbiya usuliyati aytarli darajada keng tarqalgan bo‘lib, u mavjud vositalar va usuliyatlarni kuch, chidamlilik va boshqa harakat sifatlarini rivojlantirish uchun ularni yagona tizimiga birlashtirgan davr deb qaralgan. O‘rta asrning o‘rtalarida jismoniy tarbiya usuliyatlarining xillari ortdi. Gimnastika, suzish, o‘yinlar, kamon otish, otda chopish, qilichbozlik bo‘yicha dastlabki qo‘llanmalar paydo bo‘ldi. Ajdodlarimiz Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylarning tan tarbiyasiga oid ilmiy Dune qarashlari vujudga keldi (Usmonxo‘jaev T.N. 1995). Download 323.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling