Mavzu: Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati faning rivojlanish tarixi hamda uning boshqa tarbiya turlari bilan aloqadorligi
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining boshqa
Download 323.26 Kb. Pdf ko'rish
|
2.JTSN va U 2-III-2
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining boshqa
fanlar bilan bog‘liqligi Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati qator ilmiy fanlar bilan chambarchas bog‘liq.har qanday fan faqatgina o‘zining ilmiy izlanishlari bilan chegaralanib qolsa to‘laqonli natija bera olmaydi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati bir necha fanlar qo‘shilishi orqali maxsus pedagogik muammolarni hal qiladigan predmetga aylangan. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati umumiy pedagogika, psixologiya, inson umrining yoshi davrlarining fiziologiyasi va jismoniy tarbiya psixologiyasining ilmiy izlanishlari natijalaridan foydalanadi. Ayniqsa, sport pedagogikasi barcha fanlar bilan uzviy bog‘langan. Oldingi yagona, bo‘laklarga bo‘linmagan jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatidan alo’ida pedagogik fanlari ajralib chiqdi, bular qatorida sport pedagogikasi fanlariham, lekin ularning so‘nggi rivojida bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liqlik namoyon bo‘ldi, jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati tomonidan ishlab chiqilgan umumiy qoidalarga tayanishga to‘g‘ri keldi. Olingan dalillar yangi umumlashtirishlar uchun aniq material vazifasini o‘tadi. Bu jismoniy tarbiya jarayonidek bir butun pedagogik mu’itini o‘z ichiga olgan keng ilmiy izlanish va o‘qitish predmetidan asta-sekinlik bilan maxsus sport so’asi fanlari ajralib chiqa boshlaganligidir: gimnastika, yengil atletika, sport o‘yinlari fanlari va boshqalar. Ammo jismoniy mashqlarning alohida turlari uchun kerakli bo‘lgan, nisbatan umumiy qonuniyatlar, qaysiki, hamma turlar uchun tasir ko‘rsata oladiganlarigina alo’ida fan bo‘lib ajralmadi va ajralib chiqishiham mumkin bo‘lmasdi. Ana shuning uchun barcha sport fanlari uchun umumiy va xususiy qonuniyatlarni ishlab chiqish hozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fanining asosiy mazmunini tashkil qiladi. Biologiya fani bilan bog‘liqligi – jismoniy tarbiya vositalarini shug‘ullanuvchilar organizmiga taosiri reaksiya-sini o‘rganish, jismoniy tarbiya jarayonini samarali boshqarishda anatomiya, fiziologiya, bioximiya, sport tibbiyoti fanlarining qonuniyatlarinihisobga olish bilangina amalga oshirilishi mumkin. Shuni esda saqlash lozimki, jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fanini boshqa fanlar bilan bog‘liqligi bir tomonlama bo‘lmay, ikki tomonlamadir. Jismoniy tarbiyahaqidagi fanning rivojlanishi aralash fanlarga taosir etmay qolishi mumkin emas. Masalan, sport nazariyasi va amaliyoti psixologlar va fiziologlarning bolalar va katta yoshdagilar organizmining potensial imkoniyatlari degan tasavvuriga aytarli tuzatishlar kiritilishiga olib keldi. Download 323.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling