Mavzu: Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishga ko’rsatma va qarshi ko’rsatmalar. Vrach-jismoniy tarbiya dispanseri. Vrach nazorati kartasini rasmiylashtirish va himoya qilish


Nafas organlari kasalliklarida qo’llaniladigan davo fizkulturasi


Download 238.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/17
Sana08.01.2022
Hajmi238.02 Kb.
#240873
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
jismoniy tarbiya va sport bilan shugullanishga korsatma va qarshi korsatmalar

Nafas organlari kasalliklarida qo’llaniladigan davo fizkulturasi 


Davo  fizkulturasi  bemorni  to’g’ri  nafas  olishga  o’rgatish  va  nafasni  chuqurlashtirish  orqali 

nafas  funksiyasini  yaxshilash  hamda  nafas  muskullarini  mustahkamlashga  yordam  beruvchi 

vosita hisoblanadi. 

Plevritlar.  Quruq  ekssudativ  va  yiringli  plevritlarda  davo  fizkulturasidan  foydalanish 

tavsiya  etiladi.  Undan  foydalanganda  quyidagi  maqsadlar  nazarda  tutiladi:  yallig’lanish 

jarayonini  yo’qotish,  plevritda  sizib  chiqqan  suyuqlikning  shimilib  yo’qolishiga,  chandiqlar 

paydo  bo’lishining  oldini  olishga  va  funksiya  buzilishlarining  qayta  tiklanishiga  yordam 

berish.Quruq  plevritda  davo  fizkulturasini  bemorning  isitmasi  tushgandan  va  og’riqlari 

kamaygandan  keyin  tayinlanadi.  Umum  chiniqtiruvchi  va  nafas  mashqlari  o’tirish  va  tik 

turishning  dastlabki  holatida  qo’llaniladi.  Mashqning  avvalida  harakatlar  amplitudasi 

chegaralangan hajmda bo’lib, yengil harakatlar qo’llaniladi, mashqlar sekin suratda 3-4marta 

takrorlanadi.  Borgan  sari  harakatlar  amplitudasi  kengaytiriladi,  mashqlar  4-6  marta 

takrorlanadi  va  ularni  o’rtacha  suratda  bajariladi.  Quyidagi  mashqlar  qo’llaniladi:  ikkala 

qo’lni  yoki  bir  qo’lni  yonga,  tepaga,  orqaga  harakatlantirish  bilan  birga  gavdani  yozish, 

yonlarga  burish,  chetga  egilish  va  hokazo.Ekssudativ  plevritlarda  oddiy  gimnastika 

mashqlarini  avval  yotgan  holatda,  keyin  o’tirgan  va  tik  turgan  dastlabki  hollarda  bajariladi. 

Bemorning  umumiy  ahvoli  yaxshilanishi,  gavda  temperaturasi  normal  darajagacha  tushishi, 

eritrotsitlar  cho’kish  tezligi  (ECHT)  kamaya  borgan  sari  aktiv  nafas  mashqlari  qo’shila 

boradi,  bularni  hosil  bo’lgan  chandiqlarni  cho’zish,  umumiy  moddalar  almashinuvini 

yaxshilash, organizmning umumiy tonusini ko’tarish maqsadida beriladi. 

  

Mashg’ulotlar 15-20 minut davom etadi. Davolash oxirida uni mustahkamlovchi va nafas 



mashqlaridan, volleybol, chang’ida yurish, eshkak eshish qo’shiladi. 


Download 238.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling