Shtanga sinamasi- nafas olib ushlab turish, o’tirgan holda bajariladi. Bunda chuqur nafas
olib sekundamerga qarab turiladi va qancha vaqt ushlab turishi o’lchanadi.
Sog’lom odamlarda bu ko’rsatkich 50-60 sekund , sportchilarda esa 2-3 min. ni tashkil etadi.
Genchi sinamasi- bunda nafas chiqarib nafasni ushlab turish o’tirgan holda bajariladi va
sekundomer yordamida vaqti o’lchanadi. Sog’lom odamda bu 25-30 sek.ga teng.
Qon tomir sistemasining zo’riqishdagi reaksiya turi.
Sportchilarning qon tomir sistemasining funksional holatini , unga tushadigan zo’riqishdan
keyingi reaksiya turi belgilaydi
Shunisi ma’lumki kuchli jismoniy mashq bajaruvchi organ va to’qimalarga ko’p miqdorda
oriq hamda kislorod talab etiladi, bu esa o’z navbatida qon orqali yetkaziladi. Qon oqimining
ortishi esa yurak ishini tezlashtiradi.
Organizmda jismoniy zo’riqishlarga adaptatsiya hosil bo’lishida periferik qon tomirlarining
ochilishi muhim bo’lib hisoblanadi. Bunda periferik qon tomir qarshiligi kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |