Mavzu: Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari ksbiy faoliyatlarining mazmuni Reja: Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat mutaxassisi faoliyati imkoniyatlari
Download 40.5 Kb.
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MUTAXASSISLARI FAOLIYATINING PEDAGOGIK JIHATLARI
Mavzu: Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari ksbiy faoliyatlarining mazmuni Reja: 1. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat mutaxassisi faoliyati imkoniyatlari. 2. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining kasbiy tayyorgarliklarini asoslari 3. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassisi kasbiy malakasini oshirish talablari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat mutaxassisi faoliyati imkoniyatlari. Tashkiliy ishlar: maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida, madaniyat va istirohat bog‘larida, mahallalar va yashash joylarida aholini sog‘lomlashtirish va jismoniy tarbiya tadbirlari olib borish. Boshqaruv faoliyati: Respublika viloyat va tuman sport qo‘mitalari va sport jamiyatlarida faoliyat ko‘rsatish. SHuningdek bakalavr oliy ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim hamda malaka oshirish, va kadrlarni qayta tayyorlash muassasalarida qayd etilgan tartib asosida faoliyat ko‘rsatish mumkin. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bakalavri quyidagi magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha kamida 2 yil ta’lim olishi mumkin. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bakalavri kasbiy tayyorgarligiga quyidagi talablar qo‘yiladi. Bakalavr quyidagi vazifalarni bajarish kerak. Gumanitar va ijtimoiy iqtisodiy fanlar asoslarini bilishi dunyo qarashini shakllantiruvchi bilimlar tizimini egallash davlat siyosati masalalarini o‘rganishi iqtisodiy masalalar va jarayonlarni mustaqil tashkil etishi. Vatan tarixini bilishi, milliy va insoniy qadr qimmatlar masalalarida o‘z fikrlariga ega bo‘lishi va ularni ilmiy asoslay olishi milliy mustaqillik g‘oyalariga asoslangan o‘z dunyo qarashlariga ega bo‘lishi. Tabiatda va jamiyatda bo‘ladigan jarayonlar va o‘zgarishlar haqida tushunchaga ega bo‘lishi. Tabiat va jamiyatni rivojlanishi haqidagi bilimlarni bilishi va ulardan ilmiy asoslangan holda kasbiy faoliyatda foydalani olishi. Insonning insonga jamiyatga va atrof muhitga munosabatini boshqaruvchi huquqiy va ma’naviy bilimlarni bilishi va ularni kasbiy faoliyatini hisobga olish. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha raqobat bardosh darajada umumiy kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lish. Mustaqil ravishda o‘z bilim doirasini kengaytirishi va takomillashtirishi hamda kasb faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish. Sog‘lom turmush tarzi haqida ilmiy tushunchaga ega bo‘lishi jismoniy kamolotga erishishi malaka va ko‘nikmalarni egallay olishi kerak. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bakalavri mamavzutika, inshakltika va axborot texnologiyalari bo‘yicha quyidagi texnologiyalariga ega bo‘lishi kerak.Matemtik nazariya orqali dunyoni bilish.Axborot texnologiyalarining jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati. Yangi inshaklsion texnologiyalardan ta’lim jarayonida foydalanish shakllari. Bakalavr mamavzutik tahlil geometriya va matematik statistika uslublari va tushunchalari bilishi. Pedagogik dastur vositalari, kompyuter texnologiyasi vositalaridan foydalana olishi kerak. Shuningdek jismoniy tarbiya va sportga son va sifat ko‘rsatkichlarini ahamiyati. Jismoniy tarbiya va sport jarayonini kompyuter texnologiyalari hamda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish tajribalariga ega bo‘lishi kerak. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bakalavri anatomiya, odam fiziologiyasi, bioximiya, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, yosh fiziologiyasi va gigiena fanlari bo‘yicha quyidagi tushunchalarga ega bo‘lishi kerak. Anatomiya fanining asosiy tushunchalari, inson shaxsining tabiatdagi o‘rni, insonning fiziologik xususiyatlari, jismoniy harakatlar mexanikasi, modda almushinuvining bioximik asoslari, atrof muhitning dolzarb muammolari va insonning yosh fiziologiyasi va umumiy va shaxsiy gigienasi talablari. Shuningdek bakalavr anatomik tadqiqotlar uslublari, inson tuzilishi va tayanch harakat apparati xususiyati, muskul to‘qimalari, ichki organlar, yurak qon-tomir tizimi, ichki sekretsiya organlar, organizm o‘zgarishining yosh va jins xususiyatlari, jismoniy tarbiya jarayonidagi bioximik va o‘zgarishlar iqlim sharoitlari va tabiat omillarining jismoniy rivojlanishga ta’sirini bilishi va ulardan foydalanishi kerak. Jismoniy tarbiya jarayonida anatomiya qon tizimi va qon aylanishi xususiyatlari, bioximik nazorat, kasbiy javobgarlik, ekologik huquq, shaxsiy va jamoat gigienasiga rioya qilish tajribalariga ega bo‘lishi kerak. Download 40.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling