Mavzu: Jismoniy tarbiyaning vositalariga tavsif Reja


Download 428.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana28.03.2023
Hajmi428.78 Kb.
#1304459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4.JTSN va U 2-III-4

Ritmiklik xarakteristika 
“Ritm” so‘zi juda keng tarqalgan bo‘lib, xilma-xil hodisalarga nisbatan 
qo‘llaniladi. Vaqti-vaqti bilan takrorlanishning o‘zi ritmni tashkil etadi. Ritmning 
asosiy sharti mazkur harakatda kuchli, biror-bir jihatlarni ta’kidlab ko‘rsatiladigan 
lahzalarning 
mavjudligi 
hamda 
turli 
vaqt 
intervallarining 
o‘zgarishi, 
almashinishidan iboratdir. Shunday qilib, ritm harakatlarning majmuali (dinamika-
vaqt) xarakteristikasidir. 
Harakat ritmi uchun harakatning kuchli, alohida kuch bilan bajariladigan 
qismlarining vaqt jihatidan xilma-xil munosabatda bo‘lishi xosdir. Jismoniy 


mashqlarda muskullarning kuchlanishi va bo‘shashtirilishining to‘g‘ri va o‘z 
vaqtida almashinib turishi sport texnikasini egallab olishning eng muhim 
ko‘rsatkichlaridan biridir. Yuqori malakali sportchilarning oddiy sharoitlardagi 
harakat ritmi juda aniq bo‘ladi.
Ma’lum bir kishining texnik jihatdan mukammal qilib bajargan har bir aniq 
harakatida maqsadga muvofiq ritmni ko‘rish mumkin. Har bir sportchida uning 
individual xususiyatlariga qarab, harakatlarni bajarishning o‘z ritmi bo‘lishi lozim. 
Jismoniy mashqlarni bajarishda harakat ritmi ratsional texnikaning obyektiv 
qonuniyatlariga muvofiq ravishda inson tomonidan yaratiladi va tartibga solinadi. 
Dinamik xarakteristikalar 
Kishi gavdasining harakatiga ta’sir etadigan kuchlarni ichki va tashqi ta’sir 
kuchlariga bo‘lish mumkin. 
Quyidagilar ichki kuchlarga kiradi: 
a) tayanch-harakat apparatining passiv kuchlari – muskullarning elastik 
kuchi, muskullarning cho‘ziluvchanligi va b.; 
b) harakat apparatining faol kuchlari – muskullarning tortish kuchi; 
v) reaktiv kuchlar – tezlashgan harakat jarayonida gavda zvenolarining bir-
biriga munosabati vaqtida aks etuvchi kuchlar. 
Kishi gavdasiga tashqaridan ta’sir etuvchi kuchlar tashqi kuchlar deyiladi. 
Jismoniy mashqlarni bajarishda quyidagilar tashqi kuchlar hisoblanadi: 
a) o‘z gavdasining og‘irlik kuchi; 
b) tayanch reaksiyalarining kuchi; 
v) tashqi muhitning (suv, havo) va fizik jismlarning (kurashdagi raqiblar, 
akrobatikadagi sheriklar) qarshilik kuchi, tashqi og‘irliklar, odam joyidan 
siljitadigan jismlarning inersion kuchlari. 

Download 428.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling