Мавзу: Жойда масофа ўлчаш
Download 432.1 Kb. Pdf ko'rish
|
8-joyda masofa o\'lchash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Berilgan ikki nuqta orasida chiziq olish.
Mavzu: Joyda masofa o‘lchash Reja: 1. Nuqtalarni belgilash va mahkamlash. 2. Chiziq o`tkazish. 3. Masofa o‘lchashda qo‘llanadigan asbob turlari, uning aniqliklari va o‘lchash uslublari. O‘lchov vositalarini taqqoslash, komporatorlar. 4. Lenta va ruletka yordamida masofa o‘lchash. Syomka ishlarini bajarish uchun zarur nuqtalar joyda vexa (ola tayoq) bilan belgilanadi va turli qoziqlar bilan mahkamlanadi. Nuqtalar vazifasi, saqlanish muddati va mahalliy sharoitga qarab turlicha mahkamlanadi. Belgilangan nuqta yo`qolmasligi uchun qoqilgan qoziq atrofiga uchburchak yoki to`rtburchak shaklida ariqcha qaziladi. Agar belgilar qo`yiladigan nuqta muhimroq ahamiyatga ega va uzoqroq muddatga saqlanishi kerak bo`lsa yog`och ustun, temir truba yoki beton monolit bilan mahkamlanadi ya’ni joyda zarur nuqtalar qoziqlar bilan mahkamlanadi. Nuqtalarni joyda tez topish uchun ular tashqi belglar, ya`ni vexalar bilan belgilanadi. Vexa deb, uzunligi 2 – 3 m, yug`onligi 3 – 5 sm bo`lgan oq – qora yoki qizil – qora ranga boyalgan bir uchiga temir nayza qoplangan ola – tayoqqa aytiladi . Joydagi to`g`ri chiziq uning ikkala uchida o`rnatilgan vexalar bilan belgiladi. Berilgan ikki nuqta orasida chiziq olish. Berilgan A va B nuqtalar orasida chiziq olish kerak deylik. S`yomkachi A nuqtada turib B nuqtaga qaraydi; yordamchi s`yomkachining so`zi bilan B nuqtadan boshlab avval 1 – chi keyin 2 – chi vexalarni bir – birini berkitadigan qilib o`rnatiladi. Bu usulda chiziq olishga, chiziqni o`ziga olish deyiladi. Agar yordamchi vexani A nuqtadagi vexa tomonidan boshlab qo`ysa, bunga o`zidan qarab chiziq olish deyiladi Download 432.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling