Mavzu: “Joriy aktivlar: Pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari’’ Kurs ishi
Download 186.5 Kb.
|
JORIY AKTIVLAR PUL MABLAG’LARI VA ULARNING
1.3. Kichik kassa.
Kichik kassalar bo’nak jamg’armalarining bir turi bo’lib, kundalik sarflar uchun zarur bo’lgan naqd pullardan tashkil topadi. Bo’nak jamg’armalari - bu xarajat qilingan summalarni doimiy to’ldirib turadigan maxsus maqsadlar uchun tuzilgan fondlar. Ushbu fondning miqdori 50 yoki undan kam bo’lgan summadan 10,000 gacha yoki undan xam ko’prok summada bo’lishi mumkin. Katta tashkilotlarda uning barcha ofislarda va ishlab chiqarish bo’linmalarda joylashgan bir nechta kichik kassalar bo’lishi mumkin. Bunday vaziyatlarda har bir alohida kichik kassadagi summa unchalik katta bo’lmagan naqd pulni tashkil etsa xam, ammo ushbu kichik bo’lgan summalarning umumiy qiymati sezilarli bo’lishi mumkin. Kichik kassalar -bu xodimlarning transport xarajatlari, pochta xarajatlari, ofis buyumlari xarajatlarini keltirish bo’yicha xarajatlar Kichik kassa xisobkarag’ining qoldig’i pul mablag’lari umumiy qoldig’ining bir qismi xisoblanadi va kichik kassa xosil bo’lganda o’zgaradi. Faraz qilaylik, maxsus bir joyda 30,000 summali kichik kassa tuzildi. Bu summa mamuriy xarajatlar va fondlarni to’lash uchun mo’ljallangan. Pul mablag’lari xavfsiz joyda saklanadi, odatda seyfda. Xisobda 30,000 miqdorida kichik kassaning xisobvarag’i ochiladi: Kichik kassa 30,000 Kassadagi naqd pul 30,000 Kassir naqd pul olish uchun chiqim kassa orderidagi ruxsatnomani ko’rib chiqadi va kerak bo’lgan naqd pulni beradi. Kassa orderlari kichik kassaning naqd pullari bilan birga saqlanadi. Naqd pul va to’lov miqdori 30,000ga teng bo’lishi kerak. Birinchi oyning oxirida kassada 5,600 qoladi va bu oy davomida 24,400 to’langanligini ko’rsatib turadi (30,000- 5,600) Bu, kassir to’lovlarni tasdiqlaydigan 24 400li kassa orderlariga ega bo’lishi kerakligini bildiradi. Keyingi kassa orderlari kassa bilan birga olib boriladi pochta 9,000, ofis uchun tovarlar 7,000 va transport xarajatlari 8,000 (jami 24,000). Demak, kassadagi kamomad 400ga teng. Extimol, birok bir kassa orderi yo’qotilgan yoki berilgan kassa orderida to’langan kassa kamaytirib ko’rsatilgan. Kamomad quyidagicha aks ettirlad: Pochta xarajatlari 9,000 Ofis uchun tovarlar bo’yicha xarajatlar 7,000 Transport xarajatlari 8,000 Pul mablag’larining kamomadi 400 Kassadagi naqd pullar 24,400 Kassa bo’yicha xarajatlarni va kassa qoldig’ini to’g’ri aks ettirish uchun xisobot davrining oxirida u ro’yxatga olinadi va muntazam ravishda taqqoslashlar amalga oshiriladi. Pul mablag’larini kamomadi yoki ortiqcha xarajatlar xisobvarag’i (debet qoldig’i) yoki daromadlar (kredit qoldig’i). Aybdor shaxs aniqlanganda pul mablag’larining kamomadi "Boshka debitorlik qarzlar" hisobvarag’ining debeti bo’yicha aks ettiriladi. Bazi vaziyatlarda, agar aybdor shaxs aniqlanmasa, masalan pul o’g’irlanishida, kamomad shu paytda zarar sifatida aks ettiriladi. Kichik kassa to’ldirilganganida, sarflanganda yoki yopilganda kichik kassa va bankhisobvarqalarida tegishli yoziv qayd qilinadi. Masalan, agar kichik kassa ofisning pul extiyojlari 50,000gacha ko’payganligi sababli oshsa,quyidagi yozuv amalga oshiriladi Kichik kassa 20,000 Kassadagi naqd pullar 20,000 Download 186.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling