Mavzu: “Joriy aktivlar: Pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari’’ Kurs ishi


Download 186.5 Kb.
bet7/11
Sana22.12.2022
Hajmi186.5 Kb.
#1041288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
JORIY AKTIVLAR PUL MABLAG’LARI VA ULARNING

Shubxali debitorlik qarzlar

Kompaniyaning to’lov qobiliyatini baholash tizimi nakadar takomillashgan va samarali bo’lishiga qaramasdan, kompaniyada kreditga sotib olgan xaridlarni to’lamagan mijozlar topiladi. Kreditga sotishda shubxali olinadigan xisobvaraklar mavjud bo’lishi mukarrar. Kompaniyalar juda konservatin (sotuvning tushib ketishiga olib keladigan) va juda erkin (shubhali olinadigan xisobvaraklarning ko’payishiga olib keladigan) bo’lmagan kredit siyosatini ishlab chiqishga urinadi. Mijozlarning oldingi to’lovlari, moliya xolati xamda daromadlarning olish istiqboli kredit berish bo’yicha qaror qabul qilinishida asosiy omildir


Agar shubxali olinadigan xisobvarak extimoli bo’lsa va ularni baholanishi mumkin bo’lsa, unda taxmin qilingan shubxali qarzni xisobda aks ettirish kerak. Muvofiklik tamoyili shubxali olinadigan xisobvaraklardan zararlar sotish amalga oshirilgan xisobot davrida tan olinishini talab qiladi. Taxmin qilingan olinadigan xisobvaraklar shubhali qarzlarga xarajatlar kabi odatda operatsion faoliyat xarajatlari sifatida, ko’pincha savdo xarajatlari (sotish xarajatlari) kabi aks ettiriladi
Agarda shubxali olinadigan xisobvarak kutilmayotgan bo’lsa, u xolda daromadning yeoki olinadigan xisobvaraklarni tuzatishlar kiritish zaruriyati bo’lmaydi, unda debitorlik qarz esa shubxali qarzning tan olingan davrida xisobdan chiqariladi. Bu yondashuv bevosita xisobdan chiqarish usuli deyiladi.

Shubxali debitorlik qarzining vujudga kelishi va uning xisobi.


Agar shubxali olinadigan xisobvarak extimol bo’lishi mumkin va xisoblanishi mumkin bo’lsa, xisobot davrining oxirida tuzatish yozuvi qilinish kerak. Masalan, agar kompaniya 9,000 summaga shubxali olinadigan xisobvarakni kutayotgan bo’lsa, shubxali qarz bo’yicha xarajatni aks ettirgan quyidagi tuzatuvchi o’tkazmalar qilinadi:

Shubhali qarzlar bo’yicha xarajatlar 9,000


Shubhali qarzlar bo’yicha rezerv 9,000
Shubhali qarzlarning rezervi xisobvarag’i olinadigan xisobvaraklarga kontrxisobvarakdir va oldingi o’tkazma qilish vaqtida shubxali olinadigan xisobvarak manbaining aniqlanishi kiyin bo’lganligi sababli qo’llaniladi. Sof debitorlik qarzi (shubxali qarzlar rezervini chikarib tashlangani) olinadigan xisobvaraklarning ko’zda tutilgan sof tannarxi bo’lib xisoblanadi. Boshka ikki xolatni e’tiborga olish kerak: (1) aniq olinadigan xisobvarakning xisobdan chiqarish va (2) avval xisobdan chiqarilgan olinadigan xisobvarakning kelib tushishi.
Shubxali qarzlarni tuzatish bo’yicha o’tkazma kelgusi shubxali olinadigan xisobvarag’i uchun shubxali qarzlarga rezerv yaratadi. Ba’zi olinadigan xisobvaraklar shubxali qarz deb tan olinganda, rezervning bu qismi kerak bulmaydi. Avval esa shubhali qarzlarni baxolash yuzasidan kelgusi shubxali debitorlik qarzlarni iqtisodiy ta’sirini ko’zda tutgan o’tkazmalar berilgan. Olinadigan xisobvaraklarning olish extimoli bo’lmaganida xisobdan chiqarish sodir bo’ladi.
Shunday qilib, ma’lum debitorlik qarzni xisobdan chiqarilishi, agar debitorlik qarzning summasi ko’zda tutilgan summadan oshib ketmasa, aktivlarni umumiy summasini kamaytirmaydi. Debitorlik qarzlarni xisobdan chiqarish uni olish extimoli bo’lmagandagina amalga oshiriladi. Masalan, "Bayram" firmasidan 1,000 summalik debitorlik qarzlarni olishdan voz kechgan kompaniya quyidagi o’tkazmani amalga oshiradi;
Ma’lum olinadigan xisobvarakning xisobdan chikarish buyicha o’tkazma;

Shubhali qarzlarning rezervi 10,000


"Bayram" firmasi debitorlik qarzlari 10,000

Yuqoridagi o’tkazma daromadga yoki to’lanmagan debitorlik qarzning sof summasiga tasir kursatmaydi. Hisobdan chiqarish bo’yicha o’tkazma tashkilot debitorlik qarzni shubxali deb tan olgandagina amalga oshiriladi.


Ba’zan, xisobdan chiqarishdan keyin debitordan tegishli qarz summalari kelib tushishi mumkin. Bu mijozning moliyaviy holati yaxshilanganida sodir bo’lishi mumkin. Faraz qilaylik oldingi xisobdan chiqarish o’tkazmasi qilinganida ma’lum vaqt o’tgandan keyin G’olibjon 600 summalik qarzini to’lashga layoqatli. Xisobdan chiqarilgan debitorlik qarzini qoplashi va qayta tiklashi bo’yicha o’tkazma:

G’olibjonning qarzi 600


Shubxali qarzlar rezervi 600
Pul mablag’lari 600

Olinadigan xisobvaraqalarning debiti va krediti keying ilovalar uchun qarzlarning qisman tiklash va qopashga oid summalarni aks ettiradi


2.3 Shubhali qarzlarni baxolash.
Qaysi xisobvaraklar tuman bilish mumkin emasligi munosabati xisobotni to’lanmasligi oldindan berish mumkin emasligi munosabati bilan,moliyaviy hisobotni tuzish vaqtida kutilayotgan zararlarga extimoliy ravishda muvofiq bo’lgan summalarda xisoblash lozim. Shubxali qarzlarni baxolash bo’yicha ikki umumiy usul mavjud:
- sof kreditga sotishdan foiz usuli (foyda va zararlar to’g’risidagi xisobot);
- to’lov muddati bo’yicha debitorlik qarzlarni hisobga olish usuli (buxgalteriya balansi).

Birinchi usulning maqsadi shubhali debitorlik qarzlari natijasida paydo bo’ladigan xarajatlarni aniq o’lchash hisoblanadi. Ikkinchi usuli maqsadi bo’lib debitorlik qarzlarni sof qiymatini o’lchash xisoblanadi.


3.1. Sof kreditga sotishdan foiz usuli


Avvagi yillarning ma’lumotlariga asoslanib sof kreditga sotish va shubxali qarzlardan olingan zararlarni o’rtacha foizi xisoblanadi. So’ngra shubhali qarzlar qiymatini aniqlash maksadida ushbu xisobot davridagi xaqiqiy sof sotish qiymatiga qo’llaniladi.
Quyidagi ‘Ali’ firmasining 2019 yil oxiriga xisobvaraqalaridagi malumotlar kiritilgan:
sotish Sotilgan tovarlarning qaytarilishi
б45,000 40,000 |
Sotishdan chegirmalar Shubhali qarzlar bo’yicha rezerv
5,000 | 3,600

Faraz qilaylik,shubhali qarzlar bo’yicha zararlar oxirgi uch yil davomida qayidagilarni tashkil etdi:





Yil

Sotish

Shubhali qarzlar bo’yicha zararlar

Foiz

2017 2018 2019

520,00 00 595,000 585,000

10,200 13,900 9,900

1.96 2.34 169

Jami

1,700,000

34,000

2.00

Kompaniyaning raxbariyati, sotishdagi shubxali qarzlarning ulushi 2 % bo’lishini taxmin qiladi. Shunda 2019 shubhali qarzlarni summasi quyidagicha xisoblanadi:
0,02 x (645,000-5,000-40,000)-0,02 x 600,000-12,000
Hisobning natijalari quyidagicha 2018 yil 31 dekabr
Shubxali qarzlar bo’yicha xarajat 12,000
Shubhali qarzlar rezervi 12,000

Shunday qilib, "Shubxali qarzlar rezervi" xisobvarag'i bo’yicha koldik 15,600 ni tashkil etadi.


Bu raqam 2019 yil tovarlar sotishdan to‘lanmagan hisobvaraqlar bo‘yicha taxmin etilgan qarzlarni tashkil etgan. 12,000 dan va o‘tgan yillarning 3,600lik to‘lanmagan hisobvaraqlardan iborat bo‘ladi. Oxirgi summa o‘tgan yillar shubhali qarzlarga muvofiq keltirilmagan.


Kreditga sotish usuli moliyaviy - xo‘jalik faoliyat natijalari to‘g‘risidagi hisobotga tayanadi. Ushbu usul bo‘yicha debitorlik qarzlarning sof tannarxini doimo hisoblab bo‘lmaydi. Ushbu usulni konsetual asosi bo‘lib muvofiqlik tamoyili hisoblanadi, chunki shubhali qarz sotishga asoslangan bo‘ladi. U ishlatishda oddiy va tejamlidir. Kreditga sotishga qo‘llaniladigan foiz muntazam ravishda yangilanib turishi kerak.


    1. Download 186.5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling