Mavzu: “Joriy aktivlar: Pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari’’ Kurs ishi


Pul mabla’lari va ularning ekvivalentlari


Download 186.5 Kb.
bet3/11
Sana22.12.2022
Hajmi186.5 Kb.
#1041288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
JORIY AKTIVLAR PUL MABLAG’LARI VA ULARNING

1.2. Pul mabla’lari va ularning ekvivalentlari.

Moliyaviy bozorlarning juda murakkabligi tufayli pul mablag’larini boshqarishning ahamiyati keskin oshib bormoqda. Raqobatbardoshlik firma yangiliklarni kiritish va keyingi rivojlanishi uchun yetarli mablag’larni topishni talab etadi. Pul mablag’lari va ularning ekanvalentlarni tug’ri yoritish va turkumlash kompaniya likvidlilikni aniq baholash uchun imkon yaratadi.


7-sonli "Pul mablag’larning xarakati tugrisidagi xisobot" nomli MXXSda pul mablag’lari, ekvivalentlari va pul mablaglarining oqimlariga kuyidagicha ta’rif berilgan, Pul mablag’lari naqd pullar va talab etib olinadigan qo’yilmalarni ichiga kiritadi.
Pul mablag’lari majburiyatlarni zudlik bilan to’lash uchun ishlatiladigan nomlarni kiritishi kerak. Pul mablag’lari moliyaviy muassasalardagi joriy xisobvaraqlardagi qoldiqlarni, naqd kupyuralar, tangalar valyuta, kichik kassadagi naqd summalar muddatli depozitlar va olib qo’yishlar uchun moliyaviy muassasalar tomonidan qabul qilingan korxona kassasidagi muayyan beriladigan pul xujjatlarni o’z ichiga kiritadi. Ushbu beriladigan pul hujjatlar oddiy cheklar, kassa orderlari, mijozlarning cheklari, pul o’tkazmalari va xisob-kitob uchun boshka vositalarin o’z ichiga kiritadi "Pul mablag’lari" balans moddasidagi qoldik pul xisobvaraklariga kiritilgan barcha nomlarni aks ettiradi.
Pul ekvivalentlari – bu qiymat o’zgarishi bo’yicha tavakkalchiligi unchalik bo’lmagan ma’lum pul mablag’lari summasiga osonlik bilan aylanadigan kiska muddatli yuqori likvilidli qo’yilmalardir.

Pul mablag’larining ekvivalentlari investitsiya yoki boshqa maqsadlarga emas, aniqrog’i, qisqa muddatli pul majburiyatlarini qoplash uchun mo’ljallangan. Pul mablag’larining ekvivalenti sifatida turkumlanishi uchun investisiya ma’lum pul summasiga oson aylantirilishi va qiymatini o’zgarishiga oid tavakkalchilik unchalik katta bo’lmagan bo’lishi lozim. Shunday qilib, odatda investisiya pul mablag’larining ekvivalenti sifatida, faqat qoplanish muddati qisqa bo’lgan takdirdagina turkumlanishi mumkin, masalan uch oy yoki sotib olish paytidan boshlab undan xam kamroq bo’lgan muddatda. Xususiy kapitalga bo’lgan investisiyalar pul mablag’lari ekvivalentlaridan istisno qilinadi, chunki ular, bunday vaziyatda, moxiyati bo’yicha pul ekvivalenti bo’la olmaydi, to’lov muddati aniq ko’rsatilgan qoplash muddatidan sal oldin sotib olingan imtiyozli aksiyalar Pul mablag’lariga pochta markalari, xodimlarga xizmat safari xarajatlarni bo’nak sifatida to’lash (avvaldan to’langan xarajatlar), kompaniya ishchilarining debitorlik qarzlari va xodimlar xamda tashqi ishtirokchilarga (olinadigan xisobvaraklar) pul bo’naklarini berish kiritilmaydi. Hisobot davrning oxirida to’liq olinmagan pul o’tkazmalari, cheklar bo’yicha to’lanmagan pul mablag’lari pul mablag’larining xisobvaraklardagi qoldiklaridan chegirib tashlanmaydi. Ba’zi kompaniyalar pul mablag.larining xisobvaraklardagi qoldiklarni cheklar to’lanish uchun taqdim etilmaganga qadar kamaytirishmaydi. "Pul mablag’lari" xisobvaragi, bemalol ishlatib bo’lmaydigan, qoplash qoldig’i deb nomlangan summani o’z ichiga olishi mumkin. Ushbu qoldiq kreditlarni berish shartnomasini bajarilishini ta’minlovchi shart sifatida bank talabi bo’yicha kompaniyani xisob-kitob xisobvarag’ida doimo saqlanishi zarur bo’lgan eng kam summani ifodalaydi. Amalda bunday shartnoma pul mablag’larini cheklaydi va kompaniyani likvilidligini pasaytirishi mumkin. Bank kreditlari odatda moliyaviy faoliyat sifatida ko’riladi. Biroq, ba’zi mamlakatlarda talab bo’yicha qoplanadigan bank overdraftlari kompaniya pul mablag’lari boshkarishining ajralmas qismini tashkil etadi. Bunday sharoitlarda bank overdraftlari pul mablag’lar ekvalentlarining tarkibiy qismiga kiritiladi.


Overdraft - bu avval aktiv xisobvarag’ida mavjud bo’lgan debet qoldikdan yuqori bo’lgan summada to’lovni amalga oshirishda vujudga keladigan kredit qoldiqdir. Overdraft odatda qisqa muddatli majburiyat deb xisoblanadi. Overdraft, bank tomonidan to’langan summa, mijoz xisobidagi qoldikdan yuqori bo’lgan xollarda qo’llaniladi. Lekin, agar omonatchi xisobvarag’idan overdraftini amalga oshirayotgan bo’lsa, ushbu bankning boshqa xisobvarag’ida ijobiy qoldikka ega bo’lgan xolda debet va kredit qoldiqlarni o’zaro qoplash mumkin. Bu xollarda bank debitor va kreditor o’rnini bajaradi. Ammo turli moliyaviy muassasalarning qarzlarni o’zaro qoplanmaydi. Agar pul mablag’lar joriy aktivlar sifatida emas boshka maqsadlarda foydalanishga mo’ljallangan bo’lsa ular joriy aktivlar bo’limidan chiqarib tashlanadi.

Download 186.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling