Mavzu: Joriy va spot valyuta operatsiyalari reja: Valyuta, valyuta kursi va operatsiyalari tushunchasi. Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar


Download 217 Kb.
bet6/15
Sana11.05.2023
Hajmi217 Kb.
#1454607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Joriy va spot valyuta operatsiyalari

To‘lov balansi holati. Aktiv to‘lov balansi milliy valyuta kursining ko‘tarilishiga olib keladi, chunki unga chet el qarzdorlari tomonidan talab ortadi. Passiv to‘lov balansi milliy valyuta kursining pasayishiga moyillik yaratadi, unda qazdorlar milliy valyutani chet el valyutasiga o‘z tashqi majburiyatlarini qoplash maqsadida sotadilar. To‘lov balansining nobarqarorligi tegishli valyutaga talab va taklifning sakrash tarzida o‘zgarishiga olib keladi. Zamonaviy sharoitlarda xalqaro kapital harakatining to‘lov balansiga va natijada valyuta kursiga ta’siri ko‘paydi.

  • Turli mamlakatlarda foiz stavkalarining har xilligi. Bu omilning valyuta kursiga ta’siri 2 ta asosiy holat bilan tushuntiriladi. Birinchidan, mamlakatda foiz stavkalarni o‘zgarishi xalqaro kapital harakatining boshqa shartlarida ham ta’sir qiladi. Boshqacha qilib aytganda, foiz stavkasining ko‘paytirilishi chet el kapitalining oqib kelishini, uning pasayishi esa kapitalning (milliy kapitalni ham) chet elga oqib chiqib ketishini rag‘batlantiradi.

    Kapitallar harakati, ayniqsa, spekulyativ «qaynoq» pullar harakati to‘lov balanslarining nobarqarorligini kuchaytiradi. Operatsiyalarni amalga oshirganda banklar milliy va jahon bozorlaridagi foiz stavkalaridagi farqni e’tiborga oladilar. Ular foyda olish maqsadida chet el bozorida arzonroq kredit olib (pastroq stavkada) hamda milliy kredit bozoriga, agar foiz stavkalari yuqori bo‘lsa, chet el valyutasini joylashtirishni afzal ko‘radilar.

    1. Valyuta bozori faoliyati va spekulyativ valyuta operatsiyalari. Agar qandaydir bir valyuta kursi pasayishga moyil bo‘lsa, firma va banklar vaqtdan unumli foydalanib, uni yaxshiroq valyutaga sotadilar. Bunda kuchsizlashgan valyuta pozitsiyasi yanada yomonlashadi. Valyuta bozorlari iqtisod va siyosatdagi o‘zgarishlardan, kurs nisbatlari siljishidan tez ta’sirlanadi. SHu bilan birga, ular valyuta spekulyasiyasi imkoniyatlarini va stixiyali tarzdagi «qaynoq» pullar harakatini kengaytiradi.


    2. Download 217 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling