Mavzu: Jozef Senturiyaning korrupsiyaga oid qarashlari. Reja: Korrupsiyaga qarshi kurash va qachon qanday paydo bòlgan


Download 25.77 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi25.77 Kb.
#1370434
Bog'liq
Mavzu Jozef Senturiyaning korrupsiyaga oid qarashlari. Reja Ko




Mavzu:Jozef Senturiyaning korrupsiyaga oid qarashlari. Reja:
1.Korrupsiyaga qarshi kurash va qachon qanday paydo bòlgan.
2.Korrupsiyaning salbiy oqibatlari.
3.Korrupsiyaga qarshi kurash va uning asosiy kórinishlari.
4.Jozef Senturiya korrupsiyaga oid qarashlari.
Ingliz tilidan tarjima qilingan-Korrupsiyaga qarshi kurash korruptsiyaga qarshi yoki uni
to'xtatuvchi faoliyatni o'z ichiga oladi. Korruptsiya turli shakllarda bo'lganidek, korruptsiyaga qarshi kurashish ko'lami va strategiyasi jihatidan farq qiladi. Ba'zida profilaktika va reaktiv
choralar o'rtasida umumiy farq bor. Korrupsiya (lotincha: corrumpō — aynish, poraga sotilish) — mansabdor shaxsning oʻz mansabi boʻyicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiisteʼmol qilishidan iborat amaliyot. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham K. deyiladi. K. davlat apparati va parlament faoliyatida ayniqsa, avj oladi. Saylanadigan lavozimlarga nomzodlar saylov kampaniyasini oʻtkazish harajatlarini koʻtarish K. koʻrinishlaridan biridir (saylangan kishi turli imtiyozlar, yordam, xizmatlar koʻrsatib "oʻz qarzini" qaytaradi). Aksariyat K. lobbizm (monopoliyalarning qonunchilik organlari va amaldorlarga tazyiq oʻtkazish bilan shugʻullanadigan muassasa va agentlari tizimi) bilan bogʻlangan. Xalqaro darajada 1970-yillarda Yaponiyaga samolyotlar sotishda kompaniya tomonidan oliy davlat amaldorlarini sotib olish boʻyicha "Lokxid ishi" eng yirik K. koʻrinishlariga misol boʻladi. Porani xaspoʻshlash uchun yirik bitishuvlarda koʻproq "xizmat haqi" toʻlash amaliyotidan foydalaniladi.
Korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.
Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2752-son qarori bilan tasdiqlangan “2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi”ga hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika komissiyasi yig‘ilishining 1-son bayoniga muvofiq ishlab chiqilgan Fan va texnologiyalar agentligining chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, “Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar hamda jamoatchilikka mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati” mavzusida joriy yilning 23 iyun kuni seminar o‘tkazildi.
Seminarda Fan va texnologiyalar agentligining barcha xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari O.Parpiyev ochib berdi va Agentlik xodimlarini ma’ruzachilar bilan tanishtirdi.
Tadbirda:


▪ “Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-
tadbirlar va qabul qilingan qonun hujjutlariningmazmun-mohiyati va ahamiyati” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma prokurori - Karimjon Musashayxov;
▪ “Oliy ta’lim muassasalarida antikorrupsiyaviy ta’lim-tarbiya” mavzusida O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi loyiha rahbari o‘rinbosari yuridik fanlari, dotsent - Nasriddin Ismoilov;
▪ “Davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda ma’rifatni yuksaltirish” mavzusida
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kafedra dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi - Sharif Qobilovlar ma’ruza qildi.
▪ Davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda ma’rifatni yuksaltirish” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kafedra dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi - Sharif Qobilovlar ma’ruza qildi.


Seminarda korrupsiyaning salbiy oqibatlari bo‘yicha tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi.
Tadbir umumiy muhokamalar va savol-javoblar bilan yakunlandi.


Korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.
Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.


Biz quyida korrupsiyaning tarixiy ildizlariga va unga qarshi kurashish xususida fikr yuritmoqchimiz.
Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi.
Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korrupsiya ko‘plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi.
Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklari juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum mavqega ega bo‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. Chunki bu holat davlatning obro‘siga juda qattiq putur yetkazardi. Dunyoning yetakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qu’roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan.
XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining ish sifatiga toboro ko‘proq ta’sir ko‘rsata boshladi. Bu o‘sha davrda qabul qilingan bir qator qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, 1787-yilda qabul qilingan AQSh Konstitutsiyasida pora olish AQSh prezidentini impechmentga tortish mumkin bo‘lgan ikki jinoyatning biri sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi o‘rnining oshib borishi XIX-XX asrlarda rivojlangan davlatlarda korrupsiyaning dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan ancha kamayishiga olib keldi.


Korrupsiya bir necha ming yillik tarixga ega. Yozma manbalarda korrupsiya haqida eramizdan avvalgi Shumer podsholigi davrida eslatib oʻtiladi. Korrupsiya bizning kunlargacha yetib kelganligi shundan dalolat beradiki, boshqa illatlar kabi, uni ham tag-tugi bilan yoʻqotib boʻlmaydi. Hatto rivojlangan oʻarb davlatlari ham korrupsiyadan butkul xalos boʻlolmagan. Biroq jamiyat rivojiga xavf soluvchi korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish Yer yuzidagi barcha davlatlarda hamisha va hamma zamonda davom etgan.


Qurʼoni karimda poraxoʻrlik bevosita taqiqlanadi: “Bir-birlaringizning mollaringizni botil yoʻl bilan yemang. Bilib turib odamlarning mollaridan bir qismini yeyishingiz uchun uni hokimlarga gunohkorona tashlamang” (Baqara surasi, 188).
Lekin shunga qaramay, poraxoʻrlik Usmoniylar xalifaligida ham mavjud boʻlgan. Avvaliga xalifa turli idoralar faoliyatini shaxsan oʻzi nazorat qilardi, lekin vaqt oʻtishi bilan bu ishni oʻziga yaqin odam — xalifaning turli ishlar boʻyicha shaxsiy yordamchisi boʻlgan vazirga topshirib qoʻydi. Vaqt oʻtishi bilan vazirlar keng tarmoqli davlat apparatini shakllantirdi. X asrning oʻrtalariga kelib, u yoki bu lavozimga tayinlanish uchun amaldorlar tomonidan vazirlarga pora berish amaliyoti shakllanib boʻlgandi.
Bundan, masalan, xalifa Muqtadirning vaziri boʻlgan Ubaydulloh Hoqoniy (926-yil vafot etgan) amaldorlarni turli lavozimlarga tayinlash va olib tashlashda faol foydalandi. Pulga qattiq muhtojlik se-zayotgan davlat soliqlar toʻplashni xususiy shaxslarga topshirgani bois bu turli suiisteʼmolliklarni yuzaga keltirardi. Shu tariqa poraxoʻrlik xalifalik tanazzulga yuz tutishining sabablaridan biriga aylandi.
Bu holat Usmoniylar saltanatida ham istisno emasdi. Xususan, dehqonlardan turli soliqlarni toʻplashda harbiy xizmatchilar qingʻirliklar sodir etardi. Bu suiisteʼmol holatlarini hattoki Usmoniylar saltanati shayxulislomlari chiqargan maxsus fatvolar ham bartaraf qila olmadi. Sipohilar nimadir “uzatish” evaziga asta-sekinlik bilan harbiy yurishlarga bormay qoʻydi, oʻzlariga taqdim etilgan yerlarda muqim qolib, amalda davlat mulkini shaxsiy mulk qilib olishdi. Davlat esa, oʻz navbatida, vazirlar timsolida koʻngilsiz reaksiyadan xavfsiragan holda, harbiylar bilan toʻqnashuvga borishdan hadiksirardi.
Usmoniylar saltanatida poraxoʻrlik oqibati shu boʻldiki, qoʻshinlar harbiy tayyorgarligini yoʻqotdi, natijada XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida qator magʻlubiyatlarga uchrab, davlatning qudratiga putur yetkazdi.
Xullas, qadim zamonlardayoq ushbu illatga qarshi qattiq jazolar belgilanganiga qaramasdan, bu hamisha ham koʻngildagidek natija bermagan.
Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida fuqarolik jamiyatini qurishda toʻgʻanoq boʻladigan muammolardan biri korrupsiyadir, deb qayd etgan. Bozor iqtisodiyoti tizimi kushandasi, davlatlar oʻrtasida ikki va koʻp tomonlama hamkorlik, biznes hamda investitsiya rivojida shafqatsiz toʻsiq ham ayni shu korrupsiya hisoblanadi. Har yili oʻnlab qoʻshma korxonalarning ochilishi va yopilishi zamirida ana shu “koʻrinmas qoʻllar” yotadi. Korrupsiya darajasi yuqorilashgan davlatga chet el investitsiyasini kiritish kamayib borayotganining asl sabablarini ham shu xavfli illatdan izlash lozimga oʻxshaydi.
Oldin Gʻarb, keyinroq Osiyo davlatlarida bu masala chuqurlashib, jamiyatda “kasallik” hududi, koʻlami va darajasi kuchayib borayotgan ekan, nima qilmoq kerak, degan doimiy savol paydo boʻladi. Nima qilsa, dunyoni egallab, mamlakatlar iqtisodiyotiga raxna solayotgan bunday balo-qazoning taʼsir doirasi kamayadi?!
Korrupsiya keng qamrovli tushuncha boʻlib, u jamiyatning ayrim qatlamlari, toifalari, guruhlarikundalik faoliyatiga aylanib, oʻzaro bir-biriga bogʻlanib, chirmashib ketganligidan koʻz yumib boʻlmaydi. “Nozik”, “chigalroq” ushbu masalada davlatning huquq-tartibot idoralari birmuncha hushyor, ziyrak boʻlishi, shuningdek, nodavlat tashkilotlari, turli komissiyalar, jurnalistlar, mustaqil sudlar tizimi faolroq ishlashi


haqida tadqiqotchilar anchadan beri yozib keladi. Siyosatchilar, sotsiologlar, psixologlar, tarixchilar, davlat hamda jamoat organlari, siyosiy partiyalar, eng muhimi, amaliyotchilar masalani tahlil etish va yechimini topish ustida bosh qotirishi lozim.
Keyingi yillarda xorij, jumladan, MDH mamlakatlari matbuotida korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻllari haqida maqolalar paydo boʻla boshladi. MDHga aʼzo mamlakatlarda olib borilgan tadqiqotlar tahlili shundan dalolat beradiki, biz shoʻrolar tuzumidan qutulganimizga oʻttiz yilboʻlganiga qaramay, sud-huquq organlari hamon davlat hokimiyatining itoatkor organiga aylanganicha turibdi. Bu jamiyat kushandasi, yaramas illat haqida davlatimiz rahbari deyarli har bir chiqishida taʼkidlab oʻtadi. Biz viloyatlar sessiyalarida tashkiliy masala koʻrilganda, birinchi navbatda, mazkur masalaga roʻbaroʻ kelmoqdamiz.
Poraxoʻrlik va korrupsiya oʻzbek jamiyatining rivojlanishiga, xususan, demokratik yangilanish hamda modernizatsiyalash jarayoniga har jihatdan xalaqit bermoqda. Garchi bu masala uzoq yillardan beri taʼkidlanib, “qoʻlga tushgan” amaldorlar televideniye va matbuotda namoyish etilganiga qaramasdan, sud, prokuratura, idora rahbarlari hamda oddiy fuqarolarning qon-qoniga singib ketgan feodalizm sarqitlari, tamagirlik, byurokratiya jamiyatimiz hayotidan yoʻqolib ketmayapti.
Korrupsiya, birinchidan, jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib keladi, bu esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy taʼsir etmay qolmaydi; ikkinchidan, fuqarolarimizda huquqiy ong hamda huquqiy madaniyatning yetarli darajada emasligi, oʻz haq-huquqini himoya qila olmasligi jamiyatda adolat mezonining buzilishini koʻpaytiradi; uchinchidan, siyosiy institutlar, jamoat tashkilotlari shaklan demokratik mezon, oʻarb andozasiga oʻxshasa-da, mazmun-mohiyatiga koʻra, zamon talabidan orqada qolmoqda, bu kamchilik esa oldinga siljishimizga xalaqit beradi.
Bizningcha, bu borada bitta tashkilot — adliya organlari roli kuchayib, imtiyozlari koʻpayib borishi kerak. Yangi tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ham Adliya vazirligi bilan qonun ustuvorligini toʻliq taʼminlagan holda, barcha ishni birga olib borishi davr talabi.
Jozef Jeykob Senturiya (1903 yil 10 dekabr - 1991 yil 21 sentyabr), mehnat iqtisodchisi va pensiya va sug'urta rejalari bo'yicha mutaxassis, Vashington universitetini tamomlagan va Kolumbiya universitetida iqtisod bo'yicha magistrlik darajasini olgan. U London iqtisodiyot maktabida ham tahsil olgan. Sent-Luisda tug'ilgan Senturiya 1934 yilda Vashingtonga ko'chib o'tdi va Fuqarolik muhofazasi korpusi va Mehnat departamentida ishladi. U 1937 yilda Temiryo'l Pensiya Kengashining lavozimiga qabul qilindi. Senturiya Ikkinchi Jahon urushi paytida Armiya havo korpusining ta'minot bo'limida ishlagan va "Fuqarolik xizmatlari uchun" mukofotini olgan. U 1949 yilda mehnat iqtisodiyoti bo'yicha konsalting firmasiga qo'shildi va 1980-yillarning o'rtalarida Amerikaning Birlashgan po'lat ishchilari, Birlashgan poyabzal ishchilari va boshqa bir qator kasaba uyushmalarining sanoat aloqalari bo'yicha maslahatchisi bo'ldi. 1984 yilda nafaqaga chiqqanidan


so'ng, u ijarachilar tashkilotining siyosiy harakat qo'mitasiga asos solgan va Vashingtondagi mahalliy ijarachilar uyushmasining prezidenti bo'lib ishlagan.
Mundarija sahifasiga qaytish
To'plamga umumiy nuqtai
To'plam po'lat sanoati bo'yicha shartnoma shartnomalari, hakamlik muhokamasi, sug'urta,
pensiya va ishsizlik bo'yicha qo'shimcha nafaqa to'g'risidagi hisobotlar, konferentsiyalarning
qonunchilik hisobotlari, Steel Arbitration Digest (1946-1988), Steel Arbitration Awards (1961-1988) va IW Abel bilan yozishmalardan iborat. , Amerika Qo'shma po'lat ishlab chiqaruvchilari prezidenti (1966-1969).
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2. Bardhan P. Corruption and development // Journal of Economic Literature. — 1997.
— Vol. 25. — P. 1320. [1] Arxivlandi 2009-09-20 Wayback Machine saytida.(ingl.)
3. Tanzi, V. Corruption, Governmental Activities and Markets // IMF Working Paper
94/99. — International Monetary Fund, Washington, DC. — 199


Yuksak manaviyat yengilmas kuch 2008-yil Toshkent manaviyat nashriyoti.
Òzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida 1991-yil Toshkent Ózbekiston nashriyoti.

Download 25.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling