Mavzu: Kaliy xlorid ishlab chiqarishda barabanli quritgichning mukammal hisobi bilan quritish bo‘limining loyihasi


Download 129.76 Kb.
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi129.76 Kb.
#1062650
1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi kaliy xlorid

Kurs ishining hajmi: Kurs ishi kirish, uchta bob va uning bo’limlaridan iborat bo’lib, xulosa, foydalanilgan adabiyotlardan iborat 31 sahifadan iborat.
II. BOB Asosiy qism: Kaliy xlorid ishlab chiqarishda barabanli quritgichlar. II.1 Kaliy xlorid ishlab chiqarish
Hozirgi kunda kaliyli о‘g‘itlarga bо‘lgan ehtiyoj kundan kunga oshib bormoqda. Yurtimiz kaliy tuzlari (silvinit) zahirasi bо‘yicha dunyoda eng yetakchi о‘rinlardan birida turadi. Zero, birgina Tyubegatan tuz koni xazinasida 215 million tonnadan ortiq silvinit bor. Shu munosabat bilan О‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2017 yil 17-dekabrda PQ-748-sonli “Dehqonobod kaliyli о‘g‘itlar zavodi qurilishini tezlashtirish haqida tadbirlar” qarorlari chiqarilgan va bu ishga muayyan miqdorda mablag‘ ajratilib, eng tajribali loyihachilar va pudratchilar hamda eng zamonaviy texnologiyalar jalb qilingan. Hozirda Tyubegatan koni silvinitidan flotatsiya usulida kaliy xlorid olish texnologiyasi yо‘lga qо‘yilgan. Tyubegatan koni negizida barpo etilgan Dehqonobod kaliyli о‘g‘itlar zavodining tog‘-kon majmuasida butun dunyoni hayratga solgan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Ma’lumki, Dehqonobod temir yо‘l bekati yaqinida kaliyli о‘g‘itlarni qayta ishlash majmuasi barpo qilinayotgan bir paytda undan 46 kilometr uzoqlikda – bevosita Tyubegatan konida tog‘-kon majmuasining yer osti va yer usti obektlari qurilishi nihoyasiga yetkazildi. Ulardan eng muhim va eng noyoblari – yer ostida qazilgan qiya lahmlar allaqachon silvinit qatlamigacha yetib borgan va ushbu voqea butun jahon kimyo sanoati mutaxassislari tomonidan katta yutuq sifatida e’tirof etilmoqda.
Kaliy xlor dunyo bo'ylab qishloq xo'jaligida qo'llaniladi. U erni shudgor qilish va etishtirish uchun (engil tuproqlarda) kiritadigan asosiy o'g'it sifatida ishlatiladi. Bu murakkab o'g'itlar tarkibiga kiradi.
Kaliy xlorid barcha turdagi tuproqlarda foydalanish uchun tasdiqlangan. Tuproq eritmasida yaxshi eritiladi. Asosiy kirish kuz davriga to'g'ri keladi. May oyida dastlabki ekish va o'simlik mavsumida, iyun va avgust oylari orasida, eng yaxshi kiyinish sifatida amalga oshiriladi. Ilova og'ir sug'orish yoki yomg'irdan keyin amalga oshirilishi kerak.
Filtr suyuqlik, gaz oqimi yoki qattiq aralashmalarni bir-biridan g“ovakli toʻsiqdan oʻtkazish orqali ajratadigan moslama. Noorganik moddalar ishlab chiqarish texnologiyasida har xil tuzilishga ega bo`lgan suzgichlar ishlatiladi. Bular jumlasiga barabanli, disksimon, tasmali va karuselli vakuum-filtrlar, listsimon, ramali filtr-presslar va MMAKM tipidagi avtomatik filtrlar, nutch-filtrlar kiradi. Filtrlar tuzilishining bunday turli-tumanligi suspenziyalarning xossalari oʻrtasidagi farq va suzish jarayonining turli maqsadlarga moʻljallanganligi bilan bogʻliq. Filtrlarning asosiy elementlaridan biri filtrlash toʻsig`idir. Filtrlarning ish unumi, filtrlab olingan suyuqlik (filtrat)ning tozaligi, toʻsiqlarning xizmat koʻ`rsatish muddati va filtrlash jarayonining tejamkorligi koʻp jihatdan filtr toʻsiqlarni tanlashga bogʻliq. Ular, asosan, quyidagi talablarga javob berishi lozim: — muhit ta'siriga chidamli; — yetarli darajada mexanik mustahkam; — issiqqa chidamli; — qattiq zarrachalarni yaxshi ushlab qolishi; — choʻ`kmaga nisbatan past gidravlik qarshilikka va kam adgeziyaga ega boʻlishi lozim. Odatda, filtrlovchi toʻsiqlar sifatida turli matolardan foydalaniladi. Ular, asosan, paxta, jun, shisha, perxlorvinil, poliamid, lavsan tolalaridan toʻqilgan boʻlib, paxta tolali filtr to'siqlar koʻproq ishlatiladi. Ular neytral muhitda 100”C haroratgacha boʻlgan suspenziyalarni filtrlash uchun mo'ljallangan. Jun matolar paxta matoga nisbatan kislotalar ta'siriga chidamliroq, ishqorlar ta'siriga esa chidamsizroq. Perxlorvinil va lavsan matolar kislota, ishqor va oksidlovchilar ta'siriga chidamli hamda suvda boʻkmaydi. Poliamid mato ishqorlar ta'siriga va hatto 100”C haroratga ham chidamli. Shisha-mato nordon eritmalarga juda chidamli, choʻzilishga mustahkamligi yuqori, lekin ishqalanishga qarshiligi past. Yuqorida qayd etilgan materiallardan tashqari filtrlovchi to'siqlar sifatida metall-matolar, to'rlar hamda sopol, shisha va grafitdan yasalgan Jist-plitkalar ham ishlatiladi. Suzgich toʻsigʻi sifatida ishlatiladigan mato avval laboratoriya sinovidan o`tkaziladi. Bunda uning qanday suspenziyani filtrlashga (choʻkma yoki suyuqlik olishga) mo`ljallanganligi, xususiyati (vodorod koʻrsatkich, harorat), zarrachalarning agregatlanishi, zarrachalarning o`lchami va shakli hamda filtrning turi e'tiborga olinadi. Filtrning tuzilishi matoning xususiyatlari: cho`zilishga mustahkamlik, egilishga va ishqalanishga chidamlilik, gardish shaklini hamda zichlantirish xususiyatlarini belgilab beradi. Filtrlar ichida barabanli vakuum-filtrlar sanoatda ko'proq qo`llaniladi. Ularning afzalligi shundaki, filtrlash jarayoni uzluksiz olib boriladi va choʻkmani filtrning oʻzida yuvish mumkin. Nisbatan murakkab tuzilganligi va sikldagi ayrim operatsiyalarni ixtiyoriy ravishda keng oraliqda oʻzgartirib bo`lmaslik ularning kamchiligi hisoblanadi. Shuning uchun suspenziyaning xossalarini doim birdek ushlab turishga toʻg'ri keladi. Bu filtlar yuqori dispers suspenziyalarni suzishga yaramaydi. Filtr yon tomonlari parmalab teshilgan ichi havol barabandan iborat boʻlib, uning ichki tomoni uyachalar shaklida to`g'ri burchakli uchastkalarga boʻlingan. Baraban sirti avval metall to`r, soʻngra filtrlovchi mato bilan qoplanadi. U bir uchi elektr yuritmaga ulangan, ikkinchi uchi esa taqsimlash qurilmasiga tutashgan g'ovak valda aylanadi.Taqsimlash qurilmasi har bir uyani vakuum va siqilgan havo manbayiga ketma-ket ulash uchun xizmat qiladi. Bu filtrlash, cho“kmani yuvish, uni suvsizlantirish, chiqarib yuborish va matoni qayta tiklash operatsiyalarini navbatma-navbat bajarish imkonini beradi. Choʻkmani birlamchi suvsizlantirilgandan va yuvilgandan keyin uni zichlash uchun filtrlarga zichlovchi joʻvalar yoki boshqa maxsus moslamalar oʻrnatiladi. Bu choʻkmaning yorilib ketishini oldini oladi va undan suvning butunlay chiqarib yuborilishiga yordam beradi.

Ushbu rasmda barabanli vakuum-suzgichlardan foydalanib choʻkmani 3 bosqichda ketma-ket yuvish sxemasi keltirilgan. Dastlabki qurilmada hosil bo“lgan suspenziyani ajratuvchi cho“kma toʻzgʻitgich 1 (repulpator)ga yoʻnaltiriladi va bu yerga ayni paytda yuvuvchi suv ham uzatiladi. Hosil boʻlgan toʻzg'itgichdan birinchi bosqich mahsulot suzgichga haydaladi. Bu yerda u qisman yuvilgan cho“kmaga va filtratga ajratiladi. Qisman yuvilgan cho“kma toʻzitgich 2 ga oʻtkaziladi, filtrat esa quvurdan tashqariga chiqarib olinadi. Ikkinchi bosqich suzgichda va toʻzgʻitgich 3 da xuddi shu operatsiyalar takrorlanadi. 3-bosqichdagi suzgichda oxirigacha toza yuvilgan cho’kma bunkerga yoki transportyorga uzatiladi. Yuvuvchi suvlar quvurlar orqali yig“uvchi idishga tushadi va undan neytrallash stansiyasiga yoʻnaltiriladi. Agar choʻ“kma tarkibida yuvib olinayotgan modda boʻlmagan suv bilan yuvilayotgan, barcha bosqichlardan o'tgan cho“kmalardagi suyuq faza ulushi esa bir xil deb qabul qilingan bo`lsa, unda jarayonni quyidagi tenglamalar orqali ifodalash mumkin:

Qarama-qarshi oqim bilan yuvish usulida yuvuvchi suv tarkibida yuvilib olinayotgan modda konsentratsiyasining yuqori bo`lishi ta'minlanadi. 16-rasmda cho“kmani barabanli vakuum-suzgichlarda uch bosqichda qarama-qarshi oqim bilan yuvish sxemasi keltirilgan. Suspenziyani ajratuvchi qurilmada hosil bo“lgan cho“kma yuvishning birinchi bosqichidagi to'zg'itgich (repulpator)ga / uzatiladi. Bu yerga ikkinchi bosqichdagi suzgichdan yuvuvchi suv ham oqib tushadi. Hosil boʻlgan suspenziya birinchi bosqichdagi suzgichda ajratiladi va cho“kkan qattiq faza 2-toʻzgʻitgichga beriladi. Tarkibida yuvib olinuvchi moddaning konsentratsiyasi yuqori boʻlgan oxirgi yuvish suyuqligi — filtrat chiqarib yuboriladi. 2-toʻzgʻitgichda cho“kma 3-bosqich suzgichdan tushadigan yuvish suvida suspenziyaga aylantiriladi. Ikkinchi bosqich suzgichda suspenziya choʻ“kmaga ajratiladi va u 3-toʻzg`itgichga tushadi va filtrat (yuvish suvi) cho“kmani suspenziyaga aylantirish uchun 1-to'zgʻitgichga uzatiladi. 3-toʻzg“itgichga tarkibida yuviluvchi modda bo`lmagan toza yuvish suvi beriladi. Bu yerda hosil bo“lgan suspenziya 3-yuvish bosqichidagi suzgichda ajratiladi. Yuvish suvi toʻzg`itgichga tu shadi, dastlabki eritmadan ajratilgan choʻkma esa yig“uvchi bunkerga yo'ki harakatlanuvchi tasmaga tushadi. Keltirilgan chizmadan koʻrinib turibdiki, yuvilayotgan cho“kma va yuvish suvi bir-biriga qarama-qarshi harakatlanadi, bunda yuvib olinayotgan moddaning konsentratsiyasi yuvuvchi suvda oshadi (3- bosqichdan 1-bosqichga yoʻnalishda), cho“kmada esa kamayadi (birinchi bosqichdan uchinchi bosqichga yoʻnalishda).




Download 129.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling