Mavzu: Kamenskiy haqida
Download 1.26 Mb.
|
KAMENSKIY haqida
Komenskiy 12 yoshda yetim qolib, muhtojliklarni boshidan kechirdi. “Chex qardoshlari” jamoasi ochgan maktabda boshlang'ich ta`lim oldi, 1608-1610 yillarda lotin maktabida o'qidi. Jamoa hisobidan Germaniyada o'qishga yuborildi. Komenskiy Xerborin va Gaydelberg universitetlarida ta`lim oldi. U “Hamma narsalar ensiklopediyasi” nomli ensiklopediyani yozishga kirishdi. U shu yillarda ona-tilining to'liq lug'ati - “Chex tili xazinasi”ni tuza boshladi va Ratkening didaktik ideallari bilan tanishdi. Komenskiy 1614 yilda vataniga qaytdi va Premerovadagi maktabiga o'qituvchilik qildi. U 1616 yilda “Chex qardoshlari” jamoasiga boshliq qilib saylandi. 1618-21 yillarda jamoa tomonidan ochilgan maktabda boshchilik qildi. U maktabda ishlash jarayonida o'qitish metodlarini takomillashtirishga intildi.Komenskiy nemis dvoryanlari va katolik cherkovi zulmiga qarshi kurashda aktiv qatnashdi. Reaksiya kuchlari chex jamoasi a`zolarini va Komenskiyni ta`qib ostiga oldilar. U quvg'inda hayot kechirdi.Komenskiy 1627 yilda chex tilida “Chex didaktikasi” asarini yozishga kirishdi. Katolik zulmi va quvg'in kuchaygach, Komenskiy va boshqa jamoa a`zolari Pol`shaning Leshno shahrida o'rnashdilar.
Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling