Mavzu: Kameral soliq nazoratining mazmun mohiyati. Mundarija
Download 53.28 Kb.
|
Mavzu Kameral soliq nazoratining mazmun mohiyati Mundarija
Tekshirishda o‘rganilgan hujjat va ma’lumotlar yuzasidan tekshiruvni o‘tkazuvchi mansabdor shaxs sifatida xulosa tuzadi.8 Xulosada, tekshiruvgacha soliq to‘lovchining soliq hisobotlari yoki soliq organlarida mavjud boshqa ma’lumotlar asosida aniqlangan soliq hisobotidagi tafovut va soliq hisobotidagi xatolar, tekshiruv davomida soliq to‘lovchining hudud va binolarini ko‘zdan kechirish to‘g‘risida bayonnomalar, soliq to‘lovchi va uchinchi shaxslardan talab qilib olingan hujjatlarni o‘rganish va tahlil natijalari, aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar, xulosa tuzilgan sana va joy ko‘rsatilgan holda batafsil bayon etiladi. Kameral soliq tekshiruvi yuzasidan tuzilgan xulosa soliq organi rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan uch kun ichida ko‘rib chiqiladi hamda tasdiqlanadi. Xulosaga ko‘ra soliq hisobotidagi tafovutlar va soliq hisobotidagi xatolar aniqlangan hollarda, ushbu xulosa tasdiqlanganidan so‘ng ikki kunlik muddatda soliq organi tomonidan soliq to‘lovchiga belgilangan tartibda talabnoma yuboriladi. Talabnoma yuborilgan sana kameral soliq tekshiruvi tugatilgan sana hisoblanadi. Agar o‘rganish va tahlil qilish yakunlariga ko‘ra tafovutlar va xatolar aniqlanmagan bo‘lsa ham kameral soliq tekshiruvi yakunlangan hisoblanadi. Kameral soliq tekshiruvi materiallari Soliq kodeksining 135-moddasiga asosan soliq to‘lovchi hisobda turgan joydagi soliq organida tekshiruv tugagan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Download 53.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling