Mavzu: kanada davlatiga umumiiqtisodiy geografik ta’rifi reja: kirish
Download 1.99 Mb.
|
Bekchanova Ruxsora kurs ishi
Uchinchi darajali sektor9 Toronto, Kanadaning moliyaviy markazi Uchinchi darajali sektor Kanada yalpi ichki mahsulotining 67 % dan ortigʻini egallaydi, shuning uchun Kanada postindustrial davlat ekanligini taʼkidlash mumkin. Davlat, tijorat va shaxsiy xizmatlar, jumladan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, mehmondoʻstlik va dam olish, Kanada yalpi ichki mahsulotining 22 % ini tashkil qiladi va mamlakatning eng katta daromad manbai hisoblanadi. Davlat daromadlarining ikkinchi yirik manbasi moliyaviy operatsiyalardir. Toronto va Monreal Kanadaning asosiy moliyaviy markazlari hisoblanadi. Torontoda mamlakatning asosiy fond birjasi joylashgan Toronto fond birjasi Amerikada ikkinchi va dunyoda oltinchi oʻrinda turadi. Monreal va Vankuverda ham fond birjalari mavjud, ammo ahamiyati kamroq. 2.2.3-rasm Toronto, Kanadaning moliyaviy markazi Turizm. Turizm Kanadaning asosiy daromad manbalaridan biridir. Chet ellik sayyohlar tashrifi boʻyicha beshinchi oʻrinda boʻlib, bu borada Fransiya, Ispaniya, AQSh va Italiyadan keyibgi oʻrinni egallaydi. Turli attraksionlar mavjud. Toronto, Monreal va Vankuver mamlakatning eng koʻp tashrif buyuradigan shaharlaridir. Kanadada transport tarmoqlarining barcha turlari rivojlangan. Biroq transport tarmoqlari mamlakat hududi bo'ylab notekis joylashgan. Mamlakat hududining katta qismida (shimoliy rayonlarda) amalda transport yo'llari qurilmagan. Kanada temir yo'llarning uzunligi bo'yicha dunyoda AKSH va Rossiyadan keyinda turadi. (Temir yo'llarining umumiy uzunligi 70 ming kmdan ortiq). Mamlakat avtomobil yo'llarining umumiy uzunligi bo'yicha faqat AKShdan keyin turadi. Kanadada quvur transport turi ham rivojlangan. Kuvurtransporti asosan neft va gaz konlari bilan iste'molchi rayonlar oralig'ida qurilgan. Bubk Amerika ko'llari va SvLavrentiya daryosi bo'ylab dengiz-ko'l transporti katta xo'jalik ahamiyatiga ega. Mamlakatning Tinch okean qirg'og'i bo'yida Vankuver (yuk aylanmasi yiliga 50 mln tonnadan ortiq) va Atlantika sohili bo'yida esa Monreal, Kvebek, Galifaks kabi yirik portlar ishlab turibdi. 2.2.4-rasm Amerika Ford guruhi Flex -ni Ontariodagi Oakville zavodida yigʻadi. Kanada havo yo'llarining uzunligi bo'yicha dunyoda 2-chi o'rinda turadi. Mamlakatda yirik Monreal xalqaro aeraporti ishlab turibdi. 94,3 ming km temir yoʻl va 850000ming km avtomobil yoʻli bor.10 Daryo va dengiz transporti, shuningdek, Buyuk koʻllar, Lavrentiy daryosidagi suv yoʻllari muhim ahamiyatga ega. Asosiy portlari: Vankuver, Set-Il, Montreal, Tander-Bey. Avtotransportining ahamiyati (ayniqsa, shimolida) juda katta. Asosiy aeroportlari Montreal, Toronto, Vankuver, Vinnipeg va Ottavada. Kanadada togʻlar, katta koʻllar va oʻrmonlar kabi transport uchun toʻsiqlarni keltirib chiqaradigan koʻplab noqulay boʻlgan hududlar mavjud. Shunga qaramay, mamlakat dunyodagi eng rivojlanganlaridan biri boʻlgan zamonaviy transport tizimiga ega. 2.2.3-jadval.
Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling