Mavzu: kanada davlatiga umumiiqtisodiy geografik ta’rifi reja: kirish
Download 1.99 Mb.
|
Bekchanova Ruxsora kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qora
Tog'-kon sanoati- mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo'lib, qayta ishlash sanoatini xom-ashyo bilan ta'minlaydi. Shu bilan birgalikda tog'-kon sanoati mamlakat eksport qiymatida 30 foiz ulushni tashkil etadi.
Kanadada yiliga 35 mln tonna temir rudasi, 88 mln tonna kaliy tuzlari, 150 tonna oltin, 1203 tonna kumush, 10,4 tonna uran (Soskachevan provinsiyasining shimolida joylashgan Ki-Leyk koni-dunyodagi uran qazib chiqariladigan yirik kon) qazib chiqariladi. Kanada nikel, rux, asbest, kaliy tuzi qazib chiqarish bo'yicha g'arb mamlakatlari orasida birinchi o'rinda turadi. Mamlakat qo'rg'oshin, mis, kumush, oltin, temir rudasi, tabiiy gaz qazib chiqarish bo'yicha dunyoda oldingi o'rinlardan birini egallaydi. Ko'pgina qazilma konlar mamlakatning janubida joylashgan. Ontario provinsiyasida Saberi mis, nikel koni, Elliot-Leyk, Blaind-riven, uran koni, kvebek provinsiyasida noronda mis koni, Shefferfild temir ruda koni, Soskacheban provinsiyasida estereyezi kaliy tuz koni, Ki-Leyk uran koni, Manitoba provinsiyasida Tompson nikel konlari joylashgan. Mamlakatning Kanada-Arktika arxipelagida polimetall hamda neft va tabiiy gaz konlari Shimoli g'arbiy hududlarda esa polimetall konlari joylashgan. Qora metallurgiya-sanoati mahalliy kapital negizida shakllangan. Yiliga 13-15 mln tonna po'lat ishlab chiqariladi. Mamlakatning yirik metallurgik markazlari Atlantika qirg'oqbo'yi va Ko'l bo'yida joylashgan. Yirik metallurgik markazlarga Gamilton, Su- Sent- Mari, Uellend, Sidni kabi markazlarni misol keltirish mumkin. Rangli metallurgiya-mazkur sanoat tarmog'ining rivojlanishida AQSH va Buyuk Britaniya sarmoyasi mavqei kuchli. So'nggi yillarda mamlakatda rangli metallar ishlab chiqarishda (mis,qo'rg'oshin,nikel, rux) katta yutuqlarga erishildi. Kanada alyuminiy ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda AKShdan keyin ikkinchi, uni eksport qilish bo'yicha esa birinchi o'rinda turadi. Mamlakat alyuminiy sanoati mahalliy gidroenergetika resurslari va import asosida tashib keltiriladigan xom-ashyo negizida shakllangan. Kanadada rangli metallar ishlab chiqarish bo'yicha bir qancha yirik korxona va markazlar shakllangan. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling