Mavzu: kanada davlatiga umumiiqtisodiy geografik ta’rifi reja: kirish


Kanada davlatining davlat tuzumi va aholisi


Download 1.99 Mb.
bet3/15
Sana19.06.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1608304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Bekchanova Ruxsora kurs ishi

1.2. Kanada davlatining davlat tuzumi va aholisi

Kanada poytaxti — Ottava shahri. BMT va NATO aʼzosi hamda AQSh bilan „Erkin iqtisodiy savdo aylanmasi toʻgʻrisida“gi shartnomasi tuzgan. Birlashgan qirollik dominioni. 1931-yilda suveren huquqi berilgan. Biroq, mustaqillik eʼlon qilinmagan. Mamlakatni Birlashgan qirollik qiroli (yoki qirolichasi) tomonidan tayinlangan General-Gubernator boshqaradi. Aholi soni 38,3 mln. kishi (2022-yil)


Hududining kattaligi bo‘yicha jahonda 2-o‘rinda turuvchi Kanada davlati Shimoliy Amerika materigining shimoliy qismi va unga yondosh orollarda joylashgan. Kanada qirg‘oqlari shimolda Shimoliy Muz okeani, sharqda Atlantika okeani, janubi-g‘arbda Tinch okean suvlari bilan yuviladi. Kanada quruqlikda faqat AQSH bilan chegaradosh.



1.2.1-rasm Kanada davlati joylashgan o’rni.
Kanada Britaniya Hamdo‘stligi qirolligi bo‘lib, davlat rahbarirasmiy ravishda Buyuk Britaniya hukmdori hisoblanadi. Amalda siyosiy boshqaruv tepasida mamlakatning bosh vaziri turadi. Kanada 10 ta provinsiya va 3 ta hududdan iborat federativ davlat.1
Aholisi. Kanada aholisining tabiiy ko‘payish sur’atlari yillik hisobda 0,5 % dan kam, mexanik ko‘payishi esa yiliga 1% gacha yetadi. Shahar aholisining ulushi 80 % dan ortiq. Eng yirik shaharlari – Toronto, Monreal, Vankuver, Kvebek.
Kanadadagi ikkita eng yirik millat kanadalik inglizlar va kanadalik fransuzlardir. Shuning uchun Kanadada ham ingliz, ham fransuz tillari rasmiy til maqomiga ega. Fransuz tilida so‘zlashuvchi aholining 85% i mamlakat sharqidagi Kvebek provinsiyasida iqtiqomat qiladi. Kanadadagi fransuz madaniyatining markazi Monreal shahri hisoblanadi. Mamlakatning shimolida tub aholi – eskimoslar va amerikalik hindular yashaydi.
Aholi zichligi darajasi bo‘yicha Kanada jahondagi eng so‘nggi o‘rinlardan birida turadi (1 km. kv ga 4 kishi). Aholining 4/5 qismi mamlakatning iqlim sharoiti birmuncha qulayroq bo‘lgan janubiy hududlarida mujassamlashgan. Ayniqsa janubi-sharqiy chegarabo‘yi hududlarida aholi zichligi yuqori.
Iqtisodiyoti. Kanada jahonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganligi jihatidan peshqadam davlatlaridan biri, «Katta yettilik» guruhining a’zosi. Kanada uran, nikel, rux, oltin, platina, molibden rudalari, olmos, kaliy tuzlari, asbest, oltingugurt qazib olishda jahon bo‘yicha yetakchi o‘rinlarda turadi. Kanadada neft-gaz sanoati ham yuqori darajada rivojlangan. Tog‘-kon sanoati bilan bir qatorda Kanadada elektr energetikasi, yog‘ochni qayta ishlash, sellulozaqog‘oz, mashinasozlik, rangli va qora metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat sanoati ham yuqori darajada rivojlangan.
Dehqonchilik mamlakat janubidagi unumdor qora tuproqli dashtlarda yaxshi rivojlangan. Kanada jahondagi eng yirik bug‘doy eksportyorlaridan biri. Raps, soya va kungaboqar kabi moyli ekinlarni yetishtirish va jahon bozoriga yetkazish bo‘yicha ham Kanada peshqadam davlatlardan biri.2
Kanada Shimoliy Amerika materigining shimoliy qismida joylashgan bo'lib, uning qirg'oqlarini uch okean Shimoliy Muz, Atlantika va Tinch okean suvlari yuvib turadi. Kanada maydoniga ko'ra Rossiyadan so'ng ikkinchi o'rinda turadi. Mamlakat janubdan va shimol-g'arbdan AQSH bilan Rossiya va Daniya bilan dengiz suvlari orqali chegaradosh.
Kanadaning AQSH bilan bevosita qo'shnichiligi, uning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida muhim va hal qiluvchi rol o'ynaydi.
2. Tabiiy sharoiti va resurslari.
Kanada tabiiy sharoitiga ko'ra, shimoliy hududlarning kattaligiga ko'ra Rossiya Federasiyasi bilan o'xshashlik tomonlarga ega. Bu yerda iqlimning noqulayligi sababli inson tomonidan kam o'zlashtirilgan va umuman o'zlashtirilmagan ko'pgina hududlar ham bor. Mamlakat shimoldan janubga 5 ming km ga cho'zilgan bo'lib, unda akrtika cho'llaridan dashtlargacha bo'lgan ko'plab tabiat zonalari joylashgan.
Kanada relyefi xilma-xil bo'lib, mamlakatning o'rta qismini tekisliklar egallasa, g'arbiy qismida baland Kordilyera tizmalari joylashgan. (Eng baland nuqtasi Logan tog'i balandligi 6045 m). Mamlakatning janubi-sharqiy qismida o'rtacha balandlikdagi, Appalachi tog' tizma-tarmoqlari joylashgan. Kanada hududining deyarli yarmini qadimgi Kanada qalqoni egallaydi va materik qismi hisoblangan- Lavrentiy yassi tog'ligi iqlimi noqulay bo'lgani uchun bu yerlar kam o'zlashtirilgan.
Kanada hududining gʻarbiy qismi togʻli, sharqiy qismi tekislik, shimoliy va qisman shimoli-sharqiy sohillari pasttekislik, sharqiy qirgʻoqlari tik, gʻarbiy sohili esa juda baland. Materikning oʻrta qismi va Kanada Arktikasi arxipelagining materikka tutashgan joyi tekislik hamda platodan iborat. Gudzon qoʻltigʻining atrofi pasttekislik. Lavrentiy qirlari, Markaziy tekisliklar, Buyuk tekisliklar bor. Kanadaning gʻarbiy chekkasida Kordilyera togʻlari, janubi-sharqida Appalachi togʻlari joylashgan. Uran, temir, nikel, mis, rux, qoʻrgʻoshin, oltin va kumush, toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz konlari bor.
Iqlimi — Kanadaning koʻp qismida arktika va subarktika, janubida moʻtadil, asosan, kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha harorati shimolda —30°, —35°, janubda —18°, —20°, iyulniki shimolda 4—7° va janubda 16—18°. Gʻarbiy sohilda yillik yogʻin 2500 mm dan ortiq, sharqiy sohilda 1250 mm gacha, markaziy rayonlarda 400-250 mm, shimolda esa 150 mm dan kam.
Kanadada daryo koʻp, asosan, qor-yomgʻir suvlaridan hosil boʻladi. San-Lavrentiy (Buyuk koʻllari bilan), Finli—PisRiver—Qullar—Makenzi (Kichik Qullar, Atabaska, Katta Qullar va boshqa koʻllar bilan), Bou—Saskachevan—Nelson (Bou, Sidar, Vinnipeg va b. koʻllar bilan) daryo-koʻl tizimlari Atlantika va Shimoliy Muz okeani havzasiga kiradi. 200 dan ortiq yirik koʻllari bor.
Kanadaning chekka shimoli arktika saxrosi boʻlib, onda-sonda lishayniklar va boshqa oʻtlar uchraydi. Undan janubda tundra, soʻngra esa oʻrmon-tundra zonasi joylashgan. Podzol va botqoq tuproqlarda oq va qoraqaragʻay, amerika tilogʻochi oʻsadi. Janubi-sharqiy chekkasidagi podzol va qoʻngʻir oʻrmon tuproqlarda ignabargli va keng bargli daraxtlar bor.Tekisliklardagi unumdor tuproqli yerlarda dehqonchilik qilinadi.
Kanadada shimol bugʻusi, mushkli buqa, oq ayiq, qutb tulkisi, lemming, qutb quyoni, kaklik, boyqush, los, bizon, jayra, qoplon, boʻri, qunduz va boshqa hayvonlar yashaydi. Daryo va koʻllari baliqlarga boy. Milliy bogʻlari: Banf, Vud-Baffalo, Gleysher, Jasper, Yoxo va boshqa, viloyat bogʻlari ham bor.3
Kanada barcha foydali qazilma turlariga boy. Mamlakat temir rudalari, rangli va qimmatbaho metallar, uran,neft va tabiiy gaz, kaliy tuzi va ko'mirning katta zahiralariga ega. Kanadaning Kordilyera tog'larida rangli va nodir metallar, bundan tashqari ko'mir va suv resurslarining katta zahiralari joylashgan. Mamlakatning Lavrentiy yassi tog'ligida turli metall rudalari, suv resurslari ichki tekisliklarda esa ko'mir,neft, tabiiy gaz va kaliy tuzlarining katta zahiralari topilgan. Appalachi rayonda esa rangli va nodir metallar, xromit, asbest, ko'mir va suvresurslarining zaxiralari joylashgan. Mamlakatning Kanada Arktika arxipelagida ham ko'pgina foydali qazilma (neft,tabiiy gaz,temir rudasi,polimetall rudalari, mis nikel,) turlari topiladi. Biroq tabiati qattiq bo'lgan shimoliy rayonida ushbu foydali qazilma turlarini o'zlashtirilishda katta qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Kanada hududining deyarli yarmini o'rmonlar tashkil etadi. YOg'och zaxiralarining ko'pligiga ko'ra Kanada faqat Rossiya va Braziliyadan keyinda turadi. Mamlakatda ko'p sonli daryo ko'llar bo'lib, bu Buyuk Kanada ko'llar-Katta Ayiq, Katta Qullar, Atabaska, Vinnipeg bundan tashqari Makkenzi, Atabaska, Soskachevan kabi ko'plab daryolarni misol keltirishimiz mumkin. Kanada qirg'oq bo'yi suvlari baliqlarga boy.
Kanada «ko'chirilgan kapitalizm» mamlakati hisoblanadi. Kanadaning hozirgi aholisi ommaviy immigrasiya ta'sirida shakllangan. Bular Yevropadan va dunyoning boshqa regionlaridan ko'chib kelganlar avlodi bo'lib, Kanada ko'p millatli mamlakatdir. Hozirgi vaqtda mamlakatda 2-ta millat va 80 ga yaqin xalqlar yashaydi. Aholisining 1/3 qismi ingliz-kanadaliklar (44 %) va fransuz-kanadaliklar (28 %). Tub aholisi — indeyslar 533 ming va eskimoslar salkam 33 ming kishi qolgan. Kanadada nemislar, ukrainlar, italyanlar, gollandlar, vengerlar, ruslar va boshqalar ham yashaydi. Jami aholisi soni 2021-yil holatiga 38,5 million kishi. Rasmiy tillar — ingliz va fransuz tillari. Fransuz-kanadaliklar katolik dinida, ingliz-kanadaliklarning asosiy qismi — protestant. Aholining 78,6 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Montreal, Kalgari, Toronto, Vankuver, Vinnipeg, Gamilton va boshqalarKanada aholisining joylashuviga uning tarixiy mustamlakachilik davri ta'sir ko'rsatgan.
Mamlakatda fransuzlar asosan Kvebek va Nyu-Bransuik provinsiyalarda yashaydi, qolgan rayonda Kanadalik inglizlar yashaydi. Kanadada ingliz va fransuz millatlaridan tashqari nemislar, italyanlar, skandinaviyaliklar, polyaklar, ukrainlar va ruslar ham yashaydi. Mamlakatda yashovchi slavyan diniga e'tiqod qiluvchilar tub joy aholi metislar ko'proq yashaydigan Dasht provinsiyalarida yashaydi. Kanadada hindular janubdagi rezervasiya hududlarida, eskimoslar esa mamlakatning Shimoli-G'arbiy hududlarida yashaydi. Hozirgi vaqtda mamlakatda yashovchi tub joy xalqlari va Kanadalik fransuzlar bilan bog'liq milliy masalalarni hal etish muhim muammoligicha qolmoqda.
Kanada aholisining 90 foizidan ortig'i AQSH chegarasi bo'ylab janubda to'plangan. Mamlakat hududining 2\3 qismini egallagan shimoliy qismida 20-25 km2 yerga bir kishi to'g'ri keladi.
Kanada- yuqori urbanizasiyalashgan mamlakat, aholining 77 foizi shaharlarda yashaydi. Toronta, Monreal, Vankuver kabi shaharlar mamlakatning millioner shaharlari hisoblanadi.
Kanadaning qadimgi xalqi — eskimos va indeyslar. 15-asr oxirlaridan Kanadaga yevropaliklar kela boshlagan. Fransuzlar Por-Ruayal va Kvebekka asos soldilar (1605—08). Kvebek Yangi Fransiya mustamlakasining markazi boʻlib qoldi. 17-asrning 20-yillarida Kanada hududida birinchi Angliya mustamlakasi — Yangi Shotlandiya vujudga keldi. 17-asrning 2-yarmidan fransuz-kanadaliklar shakllandi. Yetti yillik urush (1756—63) natijasida Buyuk Britaniya Yangi Fransiyani egallab oldi. 1791 yil Kvebek 2 viloyat (Quyi Kanada va Yuqori Kanada)ga boʻlindi.
Kanada uchun boʻlgan Angliya-Amerika urushi (1812—14) natijasida demokratik islohot va oʻzini oʻzi boshqarish uchun qarakat boshlanib ketdi. Viloyatlarda islohot tarafdorlari („vatanparvarlar“) partiyalari tuzildi. 1834-yil islohot tarafdorlari Quyi va Yuqori Kanada parlamentlari faoliyatini nazorat ostiga oldi. 1841-yil Yuqori Kanada bilan Quyi Kanada birlashtirildi. 1848-yil Kanada va Yangi Shotlandiyada yangi hukumat tuzildi. 19-asr oʻrtalarida Kanadada temir yoʻllar qurildi, sanoat rivojlandi, 1867-yil Buyuk Britaniyaning Shimoliy Amerikadagi mustamlakalari birlashtirilib, „Kanada dominioni“ nomi bilan federatsiya tuzildi. Yangi Shotlandiya, Nyu-Bransuik, shimoliy-gʻarbdagi hududlar, Britaniya Kolumbiyasi (1871) va Prins-Eduard oroli (1873) Kanada dominioniga qoʻshib olindi. Markazlashgan davlat barpo etilishi milliy bozorning yuzaga kelishiga asos boʻldi.
19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Kanada iqtisodiyoti rivojlandi. Ishlab chiqaruvchi sanoat tez oʻsib, uning mahsuloti qiymati 1914—18 yillarda 4 baravar oshdi, aholi soni 64 % koʻpaydi. Kapital va ishlab chiqaruvchi sanoati yiriklashdi, 1900—17-yillarda banklar birlashishi natijasida ularning soni 36 dan 21 ga kamaydi; bank va sanoat kapitali qoʻshila bordi. Birinchi jahon urushida Kanada Buyuk Britaniya tomonida qatnashdi.
Birinchi jahon urushi davrida Kanada iqtisodiyoti mustahkamlanib olishi natijasida Kanadada Angliya taʼsiri susaydi va taʼsiri kuchaydi. 1919—20 yilgi Parij konferensiyasida Kanada sulh shartnomalarini mustaqil imzoladi. Boshqa dominionlar bilan bir qatorda Kanada Millatlar Ligasiga vakil yuborish huquqini qoʻlga kiritdi.1929—33-yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni natijasida sanoat ishlab chiqarish 2 baravardan ziyod kamayib ketdi. 1933-yil boshida ishsizlar 1,3 mln. kishidan ortdi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining narxi nihoyatda pasayib ketishi natijasida 240 ming ferma barbod boʻldi.
Ikkinchi jahon urushida Kanada Buyuk Britaniya tomonida qatnashdi. Kanada antifashist davlatlarni, birinchi navbatda, Buyuk Britaniyani xom-ashyo, oziq-ovqat, qurol-yarogʻ bilan taʼminlab turdi. Mamlakatda harbiy sanoat rivojlandi, yangi tarmoqlar: stanoksozlik, sintetik kauchuk ishlab chiqarish va boshqalar vujudga keldi. 1939—45 yillarda sanoat ishlab chiqarish 2,5 baravar ortdi.
1960-yillardan Kanada hukumati ichki va tashqi siyosatda milliy manfaatlarni koʻzlab ish tuta boshladi. Hukumat Kanadaning siyosiy mustaqilligini saqlashga, Lotin Amerikasi, Osiyo va Yevropa mamlakatlari bilan aloqalarni rivojlantirishga intildi. Keyingi yillarda Kanadada milliy masala keskinlashdi. Kvebek partiyasi mazkur viloyatni alohida davlat qilib ajratishni talab qila boshladi. 1995-yilda Kvebek suvereniteti xususida oʻtkazilgan referendumda suverenitetga qarshi boʻlganlarning 50,6 % ovoz olishi natijasida mamlakatning parchalanish xavfi bartaraf etildi. Kanada — 1945-yildan BMT aʼzosi. 1991-yil 25 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi va 1992-yil 7-aprelda u bilan diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 1-iyul — Kanada kuni (1867).

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling