Mavzu: Kanspekt. Kanspekt turlari Muallif
Download 6.5 Kb.
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konspekt turlari:Rejali , Matngadoir, Erkin, Xronologik, Tahliliy, Tematik
4-MAVZU: Kanspekt.Kanspekt turlari Muallif:Reja: 1.Kanspekt nima ? 2.Kanspekt turlariKONSPEKT (lot. conspectus — koʻrinish) — kitob, maqola, leksiya va boshqalarning qisqa yozma bayoni. Konspekt reja, qisqa bayon qilingan asosiy nizom, fakt va misollardan iborat. - reja, ko’chirmalar va tezislarning birlashtirilishini nazarda tutadi; - bayonning ichki mantiqiga qurilgan; - asosiy xulosalar va qoidalar, faktlar, dalillar, usullarni o’z ichiga oladi; - tuzuvchining materialga nisbatan munosabatini aks ettiradi;- nafaqat tuzuvchi, shu bilan birga uning boshqa o’quvchisi tomonidan ham ishlatilishi mumkin. Konspektda so’zlar ko’p bo’lishi, haddan ortiq ko’chirma olish, matnning mantiqiga putur yetkazib, uning uslubiy xususiyatini saqlab qolishga urinishdan o’zingizni tiying.O’zbekiston oliygohlarida o’qiydigan ko’pchilik talabalar bitta narsani yomon ko’rishadi, ya’ni “konspekt”ni yomon ko’rishadi. Chunki ular (talabalar) birinchi kursdan to‘rtinchi kursgacha (ba’zan undan keyin magistraturada ham) birinchi paradan oxirgi paragacha deyarli har doim konspekt yozishga majbur.Konspekt yozmagan talabalar darsga kiritilmasligi yoki ularga “NB”(darsada qatnashmagan) qo‘yilishi mumkin. Konspekt daftari semestr oxirida —"Sessiya” paytida so‘ralishi mumkin va konspekt yozmagan talabalar yomon baholar olishlari mumkin. .O‘zi «konspekt» nima? «Konspekt» so‘zi aslida biron mavzuning qisqacha mazmuni, bayoni degan ma’noni bildiradi. Shundan kelib chiqib, konspekt yozish yomon emas, aksincha ijobiy amalday tuyuladi.Ammo konspektning o‘zbekcha varianti mavzuning qisqacha mazmuni yoki bayonini emas, balki dars parasining boshidan oxirigacha domla kitobdan o‘qib, “diktant” qilib yozdiradigan va talabalar yozib olishlari majburiy bo‘lgan matnni bildiradiKonspekt yozib kelish (kitobdan ko‘chirib kelish) uyga ham vazifa qilib berib yuborilishi mumkin. Ya’ni “karikatura” qilib aytiladigan bo‘lsak, o‘zbek talabalari bilim olish va savod chiqarishning o‘rniga, birinchi kursdan oxirgi kursgacha o‘qishni 5-sinfo‘quvchisiga o‘xshab “diktant” yozib o‘tkazadilar. Eng yomoni, u “diktantlar” yoziladimi yoki yozilmaydimi, o‘qiladimi yoki o‘qilmaydimi, asosiysi, ular doim majburiydir. Shu tarzda domlalar (barchasi emas) ortiqcha mehnat qilmasdan oyligini olaveradilar, TALABAlarning umrlari esa diktant yozish darajasida qolib ketaveradi.Konspekt turlari:Rejali , Matngadoir, Erkin, Xronologik, Tahliliy, TematikRejali Oldindan tayyorlangan reja yordamida tuziladi: uning har bir bandiga konspektning tegishli qismi mos keladi. Matngadoir ko’pincha mantiqiy o’tishlar bilan bog’langan ko’chirmalardan tashkil topadi.Erkin Ko’chirmalar, ba’zan tezislar aralashmasidan iborat bo’ladi Xronologik Hodisalarning o’zini ko’rsatish asosida ularning xronologik izchilligini aks ettiradi. Tahliliy Ko’pincha bir necha manbadan foydalanib aniq mavzuni ochib beradi.Tematik Matnning butun mazmunini aks ettirmaydi, faqat muayyan, aniq mavzuni ishlaydi, qo’yilgan savolga javob beradi.Tezis nima?Tezis – Ilmiy asar, maqola, doklad va shu kabilardagi asosiy g’oyalarning qisqa va lo’nda ifodasi. Xaqiqat ekanligi isbotlanishi lozim bo’lgan hukm, mulohaza, fikr.Download 6.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling