Tarix mantiqiga yangiсha qarash
Download 126 Kb.
|
Ilk Sivilizatsiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarix mantiqiga yangiсha qarash
MAVZU: Ilk Sivilizatsiyalar Reja: Tarix mantiqiga yangiсha qarash Tarixiy jarayon qonuniyatlarini o`rganish Sikllar nazariyasiga ijtimoiy-iqtisodiy bashoratni ishonchli quroli sifatida Tarix mantiqiga yangiсha qarash Tarix fan sifatida ko`p bo`g`inli. U barcha insoniyatni taraqqiyotini o`rganishni (umumjahon tarixi), uning alohida bosqichlarini (qadimgi dunyo tarixi, o`rta asrlar va shunga o`xshash), alohida mamlakatlar, faoliyat turli yo`nalishlari ( iqtisodiyot tarixi, san`at, fan, urushlar va boshqalar) o`z ichiga oladi. Tarix fanlarining piramidasining cho`qqisi - bu tarix falsafasidir. Jahon va lokal sivilizatsiyalar taraqqiyotidagi qonuniyatlar va an`analarni aniqlashga yordam beradi, turli xalqlarning o`sish va tushkunlik sabablarini tushunish, hozir yuz berayotgan tub o`zgarishlarni tarixiy ildizlarini tushunish, kelajakda ularni o`zgarishini va oldindan ko`rishga yordam beradi. Shu bilan o`tmishni o`rganish, butun dunyo bo`yicha ilmiy bilish, ijtimoiy ongning hozirgi tushkunlik holatini bartaraf qilishni, tarixga yangi qarashni shakllanishini va kelajak taraqqiyot istiqbollarini kuchli omili bo`ladi. XX asrning yirik tarixchisi Fernan Berodelning quyidagi xulosasiga rozi bo`lmaslik qiyin: “Men istardimki, ijtimoiy fanlar sohasidagi mutaxassislar tarixda bilish va tadqiqotning shubhasiz vositasini ko`rsinlar, bugun yarmidan ko`proq o`jarlik bilan yo`q qilishga urinilayotgan o`tmish hukmronligi ostida turgan emasmi?. O`tmish o`z qonuniyatlari, o`zining har xilligi va o`zining o`xshashliklari vositasi bilan hozirni har qanday jiddiy tushunish uchun zarur kalit emasmi?” (9.T.3.C.11.) Bu kalitdan foydalanamiz!. Sivilizatsiya tarixini o`rganishda sistlik dinamika nazaryasi, tarixiy sikllar tushunchalaridan foydalanish maqsadga muofiq. Bu o`tmishnni, hozir va insoniyat kelajagini besh ijtimoiy –iqtisodiy formatsiyalarga noaniq uzoq boshlanish (ibtidoiy jamoa tuzimi) va nihoyasiz tugallanish (komunistik formatsiyaga) an`anaviy bo`linishdan voz kechishga imkon beradi. Tarix sanog`i neolit sivilizatsiyadan olib boriladi va davriy doimo o`sib boradigan tezlik bilan almashinadigan dunyo sivilizatsiyalarini episentrlarining almashinuvi bilan, lokal sivilizatsiyalari notekis to`lqinli tarzdagi taraqqiyoti sifatida tasavvur qilinadi; Bu an`ana kelajakda ham saqlanib qoladi. Shu nuqtai nazar bilan XX asrning oxiri - XX asrning boshlanishi industrial sivilizatsiyadan post industrial sivilizatsiyaga o`tish davrini tashkil qiladi, shu bilan birga o`tish davrlariga xos bo`lgan qarama-qarshiliklarning keskinlashuvi, alg`ov-dalg`ovlik, yangi jamiyatni tug`ilish azoblari bu davrning hamrohi bo`ladi. Tarixiy jarayon dinamikasiga yangi yondashuvning unsirlari o`tmishda N.D. Kondratyev, A.L. Chijevskiy, A.Toynbi, F. Brodel, N.A. Berdyayev va P. Sorokinlar tomonidan ishlab chiqilgan. Lekin utilitar mafkuraviy doktrinalar hukmronligi yangi yondashuvga tanilish va tarixni o`qitishda tarqalishda imkon bermadi. Eski hukmron mafkuralarning yemirilishi tarixiy jarayonning yangi paradigmalarni o`zlashtirish uchun kenglik ochdi. Download 126 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling