Tarix mantiqiga yangiсha qarash
Jahon sivilizatsiyalarining almashuv konsepsiyasi
Download 126 Kb.
|
Ilk Sivilizatsiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy ong (ma’naviy dunyo)
- Ishlab chiqarishning texnologik usuli
Jahon sivilizatsiyalarining almashuv konsepsiyasi tarixiy jarayonni boshlanishini aniq chizadi. Tarix hisobini neolit inqolibidan va undan oldingi o`tish davri-mezolitdan hisobini olib boradi; marksistik sxemaga nisbatan tarixni yirik bosqichlarini yanada bo`lib taklif qiladi va asosiysi sivilizatsiyalar almashuvi ritmi, unga mos harakatlantiruvchi kuchlar va qarama-qarshiliklar kelajakka-insoniyat jamiyati mavjud bo`lgan vaqtgacha saqlanib qoladi.
Yuqorida ko`rsatilgan tarixni davrlashtirishga yaqin yondashuvni I.M.Dyakonov taklif qiladi. (22). U tarixiy vaqtni hisobini neolit inqilobidan emas, zamonaviy odam Homo Sapiensning paydo bo`lishidan (shunga muvofiq tarixning katta bosqichi-deyarli 30 ming yil qo`shiladi) hisoblaydi; so`z sivilizatsiya to`g’risida emas, tarixiy jarayonlar fazalari (ularni insoniyatning hayot fazalari sifatida tushunish mumkin); alohida fazalar va jahon sivilizatsiyalarining muddatlari tushunchalari va mazmunini tushunishda farqlar bor. Endi tadqiqot ob’ekti sivilizatsiya dinamikasi va tuzilishiga batafsil to`xtalamiz. Sivilizatsiya tuzilishini kesilgan piramida ko`rinishida tasavvur qilamiz, qaysiki u vertical bo`yicha besh qavatni tashkil qiladi, ularning har biri o`z navbatida bir-birini to`ldiradigan unsurlarga ega (2 rasm) Ijtimoiy ong (ma’naviy dunyo) fan madaniyat ta’lim axloq mafkura Ijtimoiy-siyosiy munosabatlar ijtimoiy milliy siyosiy davlat huquqiy Ishlab chiqarishning iqtisodiy usuli qayta ishlab mulkchilik ayirboshlash taqsimot iqtisodiy chiqarishning shakllari boshqaruv tuzilishi Ishlab chiqarishning texnologik usuli mehnat energiya mehnat tabiiy texnologiyalar ishlab chiqarish-vositalari manbalari predmetlari resurslar ning tashkilotlari ODAM, OILA, XALQ, AHOLI ehtiyojlar qobiliyatlar bilim malaka ko`nikma manfaatlar (istak) iroda Piramidaning asosi, poydevori bo’lib odam xizmat qiladi, aniqrog’i-oila, jamiyatning birlamchi bo`g’ini, uning molekulasi (qaysiki, o`z navbatida bo`lim,as atomlar-‘zaro to`ldiradigan funksiyalarni bajaradigan oila a’zolaridan tuzilgan, bir kishidan iborat bo`lgan, ko`pgina funksiyalarni, lekin barcha funksiyalarni ham bajarmaydigan bir kishidan iborat bo`lgan oila bo`lishi mumkin). Aynan oilada odamning biosotsial genotipini qayta ishlab chiqarish saqlanadi, odamlar avlodini almashuvi yuz beradi, asosiy hayotiy ehtiyojlar qondiriladi, boshlang’ich bilim va ko`nikmalar orttiriladi (qaysiki, ta’lim tizimi keyin to`ldiriladi va rivojlanadi), insonning irodasi va qiziqishlari shakllanadi. Oilada ijtimoiy qayta ishlab chiqarishning boshlang’ich va oxirgi punktlari. Oilani o`z-o`zini saqlashi tushkunlar va o`tish davrining buzilishlari vaqtida buzg’unchiliklarni boshlanishiga chegara qo`yib, ularni betaraf qilishga asos bo;lib xizmat qiladi. Oilani buzilishi oxir-oqibatda atomlashgan jamiyatni aynishi va halokatiga olib keladi. Oilalarning to`plami demokrafik qonunlar bo`yicha rivojlanadigan, jamiyatning ehtiyojlar tuzilishi va umumiy hajmini belgilaydigan xalq aholini tashkil qiladi. Aholini umumiy soni, uni o`sish suratlari, hududda aholini joylashuvi ko`p hollarda jamiyat taraqqiyoti darajasini va unda to`planib qolgan qarama-qarshiliklarni belgilaydi. Sivilizatsiyalar tarixi neolit davrida monogam (yaqin qarindoshlarni bir necha avlodlarini o`z tarkibiga olgan katta oila) oilani ijtimoiy-iqtisodiy birlik sifatida shakllanishidan boshlandi. Har bir yangi sivilizatsiya bilan oilaning tarkibi va funksiyasi uning moddiy va ma’naviy qayta ishlab chiqarishdagi roli o`zgaradi. Oila-jamiyatning asosiy qayta ishlab chiqaruvchi bo`g’ini. Unda odamni qayta ishlab chiqarish-na faqat bosh ishlab chiqarish kuchlarni, balki ijtimoiy qayta ishlab chiqarishning maqsad va mohiyati amalga oshiriladi. Hozirgi jamiyatda uy xo`jaligida foydali mehnatni 30-40 %igacha sarflanadi. Shaxsiy tomorqa xo`jaligida oiula istemol qiladigan oziq-ovqatni bir qismi yaratiladi, uyda esa shaxsiy xizmatlarni (uyni tozalash, ovqat tayyorlash, kir yuvish, tarbiya, ta’mirlash va boshqalar) asosiy qismi amalga oshiriladi. Oila sivilizatsiyani poydevorini saqlashdan chetlashmaydi. Inson individ, shaxs sifatida o`zining ma’naviy dunyosiga ega, oiladan, jamiyatdan axborot oqimi va energiyani simirib oluvchi, bu oqimlarni o`zgartirilgan holda qaytarib beruvchidir. Har bir kishi indivudial, takrorlanmas, lekin u jamiyatning oynasi, atomi bo`lib xizmat qiladi. Jamiyatsiz odam yo`q, odamsiz jamiyat yo`q. Jamiyat tarixi-bu ko`pgina odamlarning, ularni taqdirini, anglangan harakatlari tarixidir. Sivilizatsiyalar tarixi, jamiyatning dinamikasidagi bosqichlar-bu izchil, to`la ziddiyatli hamkorlik va ko`pgina shaxslarning kurashidir, ularning ongi va faoliyatida tarixiy qonuniyat yaqqol ko`rinadi, merosiy genotip saqlanib qoladi va boyiydi, jamiyatni bir tarixiy bosqichdan boshqasiga harakati yuz beradi. Alohida odam ko`p qiyofali, o`zgaruvchan, ba’zida sirli va o`z hatti-harakati va intilishlarida tushunib bo`lmaydigan, lekin aynan millionlar va milliard-individlarning hamkorligi va qarama-qarshiligidan tarixiy jarayonlarning yurishi qaror topadi. Sivilizatsiya piramidasining keyingi qavati-ishlab chiqarishining texnologik uslubi-jamiyatda foydalanadigan texnologiyalar, ishlab chiqarishning tashkil etilishini shakl va tamoyillari, ishlab chiqarish vositalari hamda tabiiy ishlab chiqarish kuchlarining to`plami ifodasidir. Insoniyat jamiyatining birinchi bosqichlarida davrlar arxeologlar va tarixchilar tomonidan asosiy materiallardan foydalanib tayyorlanadigan (tosh, jez, temir) mehnat qurollari bilan davrlar farqlanadi. Energiyaning asosiy manbasi insonning muskul kuchi, keyin esa hayvonlarning kuchi edi; insonning tabiat kuchlariga to`la qaramligi bilan mehnatning oddiy kooperatsiyasi yetakchi edi. Inson qadamma-qadam sun’iy dunyoni shakllantirdi, yanada murakkab mehnat qurollar, keyin mahshinalar, murakkab texnik tizimlar, energetikani, endi esa boshqaruv va nazorat funksiyalarini o`zlari kashf qilgan priborlar, programmalashtirilgan nazorat tizimlariga berdi. Ichki ishlab chiqarish, sohalararo hududiy mehnatni ijtimoiy taqsimoti yuz berdi; korxona, hududlar, mamlakatlar, jahon xo`jaligi yanada ko`proq integratsiyalashgan yaxlitlik belgilarini ola boshladi. Bir sivilizatsiyadan boshqasiga o`tishda ishlab-chiqarishning texnologik uslubi o`zgaradi, ishlab-chiqarish vositalari to`plamidan va uni tashkil qilish usullaridan foydalanadigan-texnologik inqilob yuz beradi. Lekin ishlab-chiqarishning bu usuli doirasida sifat o`zgarishlari yuz beradi, texnik tizimlarni energetic manbalari va umumiy tamoyillariga asoslangan, bu tizimlarga mos ishlab chiqarish shakllariga mos sifat o`zgarishlari yuz beradi. Ishlab chiqarishning industrial usuli qaysiki uni boshlanishini sanoat inilobi boshlab berdi, besh texnologik ukladlarni o`z ichiga oladi. Ulardan birinchisi manufaktura ishlab chiqarish usulidan meros olingan texnikada quriladi; ikkinchisi-to`rtinchisi ishlab chiqarishning industrial usulini o`z-o`zini rivojlanishini tizimli bosqichini ifodalaydi, zamonaviy beshinchi XX asr oxirida rivojlangan mamlakatlarda yetakchi bo`lgan postindustrial ishlab chiqarishni texnologik usuliga o`tish bo`lib, uning ilk unsurlarini o`zida olib borib XXI asrda o`z asosida rivojlanadi. Har bir texnologik uklad o`z navbatida, 10 yil davomida bir-biri bilan o`zaro bog’langan texnika avlodlarini o`z ichiga oladi, ularning har biri yirik kashfiyotni ba’zida yangilikni amalga oshiradi. Hozirgi zamon uchun hisoblash, lazer, kosmik, raketa texnikasini ko`rsatish mumkin. Har bir avlod umumiy texnologik tamoyil ko`pgina madvikatsiyalar va texnika modellarni amalga tadbiq qiladigan yana yuqori darajadagi (ilmiy texnika yo`nalishidagi) texnologik siklini shakllantirish va joylashtirish bosqichi bo`ladi. Ishlab chiqarishning aralash texnologik usullari, texnologik ukladlari, texnikaning avlodlari umumiy dalalar, har xil faoliyatning o`tish davrlarini hosil qiladi, bu uzluksiz texnik progresni ta’minlaydi. Shu bilan bir vaqtda texniakni yangi avlodini, texnologik uklad va ishlab chiqarish usulini qaror topishi navbatdagi texnik progress, u yoki bu masshtabdagi va chuqurlikdagi texnologik to`ntarishni belgilaydi. Qarama-qarshiliklarga quriladigan bir-birini almashtiradigan tamoyillardagi texnikaning o`tish avlodlari, o`tish texnlogik ukladlar samarasi pastdir. Yanada yuqori darajada turadigan, texnologik siklni o`rtasidagi, uni yetuklik fazasini ifodalaydigan, unga joylashtirilgan potensialni to`la amalga oshiradigan avlod va ukladlar ko`proq samarali bo`ladi. Texnika taraqqiyotidagi bosqichlar insonning bilish, bilimlarini moddiylashuvi texnologik ko`nikmalarini aks ettiradi va o`z navbatida uning ishlab chiqarish qobiliyatlarini rivojlanishiga yangi bo`shliqlar ochadi. Jamiyat piramidasining navbatdagi qavati ishlab chiqarishning iqtisodiy usuli, iqtisodiy (ishlab-chiqarish) munosabatlari tuzulmasi. Uning asosiy unsurlari: qayta ishlab chiqarish tuzilishi; mulkchilik shakllari, ishlab chiqarish vositalari va uning natijalarini (o`zlashtirish) ishlab chiqarilgan mahsulotni qayta ishlab chiqarish ishtirokchilari, jamiyat a’zolari o`rtasida taqsimlash usullari; ayirboshlash usullari, jamiyatda ishlab chiqarilgan mahsulotni aylanishi, iqtisodiy boshqaruv shakllari, alohida xodimlar, qayta ishlab chiqarish birliklarini eng samarali usullarga undovchi boshqaruvchi va motivatsiya mexanizmi. Har bir sivilizatsiyaga ma’lum bir mos qayta ishlab chiqarish unsurlari va sohalar, iqtisodiy munosabatlar tuzumi mavjud. Neolit sivilizatsiiyani jamoa mulki, teng taqsimot, natural ayirboshlash, ijtimoiy mehnat taqsimotining ilk shaklidagi mehnat faoliyatini bevosita boshqarishga asoslangan edi. Ilk sinfiy va antik sivilizatsiya xususiy o`zlashtirishga (yakka yoki jamoa). Ishlab chiqarish vositalari va xodimlarni erkin dehqonlar va hunarmandlarni jamoa va kichik xususiy mulk aralashgan holda qullar uchun kam ulush, Tovar ayirboshlashni o`sishi (ijtimoiy ishlab chiqarish mahsulotining bir qismini qamrab oladigan), dehqon oilalarini shaxsiy mulki sifatida mehnat qurollariga egaligi, noiqtisodiy majburlash va (sun’iy sug’orish tizimini qurish, boshqarish, piramida, saroylar, ibodatxonalarni qurilishi). O`rta asrlar va industrial sivilizatsiyalar uchun yer va qisman ishlab chiqarish xodimlariga (qaram dehqonlar va hunarmandlar), toifaviy-feodal (“ko`p etajli”) egalik, dehqon oilalarini mehnat qurollariga shaxsiy egaligi, “Erkin shaharlar”da sanoat, qurilish, savdoda yollanma mehnat unsurlari bilan yarim burjua mulkchiligi, rivojlangan bozor-pul mexanizmini shakllanishi xosdir. Industrial sivilizatsiyalar uchun kapital va yollanma mehnat, bozor munosabatlari hukmronligiga asoslangan iqtisodiy tuzum xos. Ishlab chiqarishning iqtisodiy usuli o`z taraqqiyotida uning hayotiy sikli fazalariga javob beradigan ma’lum bosqichlarni bosib o`tadi. “Sof” ko`rinishda iqtisodiy munosabatlar bo`lmaydi. Har bir davrda turli iqtisodiy ukladlar bir-birini to`ldiradi va qarama-qarshi turadi: yetakchi bu ishlab chiqarish usuli yoki uning fazalari; eski, ilgari yetakchi bo`lgan ukladlarning kam yoki ko`p qoldiqlari; tarixiy vaqt vaqt ham kelmagan tug’ilayotgan kelajak uklad kurtaklari. O`tish davrlarida ketayotgan va kirib kelayotgan ukladlarning nisbatan muvozanati va keskin qarama-qarshiligi kuzatiladi, shuning uchun bu yerda aralash iqtisodiyotning yetakchiligi to`g’risida gapirish to`g’riroq bo`ladi. Ijtimoiy-iqtisodiy tizim-sivilizatsiya piramidasining navbatdagi qavati-ijtimoiy munosabatlarning murakkab tizimini ifodalaydi. Download 126 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling