Tarix mantiqiga yangiсha qarash


Unga ularning quyidagi ko`rinishlarini keltirish mumkin


Download 126 Kb.
bet7/7
Sana19.06.2023
Hajmi126 Kb.
#1603824
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ilk Sivilizatsiyalar

Unga ularning quyidagi ko`rinishlarini keltirish mumkin:
a) Aholining turli guruhlari o`rtasidagi ijtimoiy munosabatlar-jins yosh (erkaklar va ayollar, bolalar, kattalar va keksalar) ijtimoiy qayta ishlab chiqarishda va mehnat taqsimotida turli o`rinlarni egallaganlar (turli sinflar, jismoniy va aqliy mehnat kishilari, shahar va qishloq aholisi); ta’lim darajasi va boshqa (turli dinlarga mansub ruhoniylar va dindorlar).
b) Etnik va milliy-bir hududda (mamlakatda) yashovchi va madaniyat, iqtisodiyot, tarixiy an’analar, til birligiga ega bo`lgan odamlar guruhlari o`rtasidagi; turli irqlar, millatlar, milliy guruhlar o`rtasidagi;
s) Siyosiy alohida ijtimoiy guruhlar, sinflar, mamlakatlar, etnoslar, manfaatlarini himoya qiladigan, yoki boshqa siyosiy kuchlar bilan hamkorlikda yoki qarama-qarshilikda, shu bilan birga bu qarama-qarshiliklar qurolli to`qnashuvlar, urushlar, mustamlakachilik bosqinlarining o`ta shakllarini olishi mumkin. Ichki siyosiy munosabatlar (bir davlat, mamlakat ichida) va tashqi siyosat (turli mamlakatlar o`rtasidagi) farqlanadi.
d) davlat-huquqiy-davlat hokimiyatining turli shakllarida aks etuvchi, uning huquqiy norma tizimlarida amalga oshiruvchi davlat va huquqni himoya qiluvchi organlarni ularga rioya qilishni ta’minlaydigan. Davlat mamlakat ichida turli funksiyalarni (qayta ishlab chiqarishni, huquq-tartib, aholini ma’lum bir qatlamlarini qo`llab-quvvatlash, davlat tuzumini o`zgartirishga urinayotganlarni bostirish) va boshqa mamlakatlarni bosish olish, tashqi iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish va boshqalar) bajaradi; tegishli huquqiy boshqarish farqlanadi. Har bir sivilizatsiya o`z tuzumi va ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning taraqqiyot darajasiga ega. Bu sohalarning asta-sekin kuchayishi, munobatlarning yangi ko`rinishi va tiplarini paydo bo`lishi umum-tarixiy qonuniyatdir. Agar neolit sivilizatsiyasida yoshjins guruhlari o`rtasidagi, ijtimoiy mehnat taqsimotining (chorvadorlar, dehqonlar) qo`shni jamoalar, birinchi bosqichlari o`rtasidagimunosabatlar yetakchi o`rin egallagan bo`lsa, keyingi bosqichda esa munosabatlar yanada ko`p marta murakkablashdi; sinflar, siyosiy guruhlar, davlatlar, huquqiy tizimlar, davlat boshqaruvi paydo bo`ldi, soliqlar yig’ish bilan, qo`shinda xizmat qilish, madaniyat xizmat qilish bilan, shug’ullanadigan odamlar qatlami ajralib chiqdi. Bu jamiyatni shakllanishida, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhim rol o`ynadi. Har bir keyingi sivilizatsiyada bu muassasalar, ajraldi, takomillashdi. U keyin ham saqlanib qoldi: tarixiy tajriba shuni ko`rsatadiki, sinflar va davlatni o`lishi ham yuz bermaydi. Davlatni yo`q bo`lib ketishi, sinfsiz jamiyat tushunchalari markscha ta’limotni asosiy tamoyillaridan biri edi. Davlatning funksiyasi xilma-xil, u jamiyat o`z-o`zini tashkillashtirishni kutilgan natijasi edi, u ijtimoiy munosabatlardagi boshboshdoqlik va tartibsizlikka qarama-qarshi turadigan shakl edi. Sivilizatsiya siklining har xil fazalarida ijtimoiy-siyosiy sohalarni tartibga tushgan darajasi bir xil emas. O`tish davrlarida ijtimoiy qarama-qarshiliklar turli siyosiy partiyalar, davlatlar o`rtasidagi kurash keskinlashadi, inqiloblar, fuqaro va davlatlararo urushlar ketma-ket o`ta keskin tusgacha chiqadi, davlat apparati bir qismini buziosh huquqiy tizimni, siyosiy muassasalarni o`zgarishi bilan ijtimoiy-siyosiy sohaning liderlarini almashuvi yuz beradi. Ijtimoiy-siyosiy sohada, to`z-to`polon, qonunsizlikni o`sishi, jinoyatchilikni kuchayishi kuzatiladi; urushlarda, inqiloblarda aholini bir qismi halok bo`ladi. Sivilizatsiya siklining keyingi fazalarida o`tish davrining to`z-to`polonlaridan insonda, ishlab chiqarishning texnologik va iqtisodiy usullaridagi tubdan o`zgarishlarga javob beradigan ijtimoiy-iqtisodiy sohaning yangi tartibga solinishi tug’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar rо’yxati:

  1. S. Xantington “Stopknoveniye sivilizatsiy ? // Polis, M, 1994.

  2. SemenovY.N. Sotsialnaya filosofiya A.Toynbi. M., 1980.

  3. Sorokin P. Chelovek, sivilizatsiya, obhestvo. M., 1992.

  4. T.S. Pilye “ Falsafa tarixi” T., “Sharq” – 2002 y.

  5. Tatsit Korneliy Sochineniya v 2-x tomax. L., 1969.

  6. Toynbi A. Postijeniye istorii. M., 1991.

Download 126 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling