Mavzu: kapalak,chumoli chigirtka hayoti haqida


Kapalaklar juda nozik qanotlarga ega hayvondir


Download 324.52 Kb.
bet2/5
Sana13.04.2023
Hajmi324.52 Kb.
#1352699
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu kapalak,chumoli chigirtka hayoti haqida tekshirdi samiye

Kapalaklar juda nozik qanotlarga ega hayvondir
Ularning qanotlari shunchalik nozik va shaffofki, hatto ular orqali narigi tomonni ko‘rish mumkin. Lekin bu qanotlar bir necha qatlamlardan tashkil topgan bo‘lib, ularning tur xil joylashishi qanotlarga turli xil naqshli bo‘lishiga asos bo‘ladi. Kapalaklarning ta’m bilish retseptorlari ularning orqa oyoqlarida joylashgan bo‘ladi. Ularga mos keladigan oziq-ovqat topishlari uchun ularning bu tana a’zosi ular uchun juda muhim hisoblanadi. Kapalaklar faqatgina shiraxo‘r jonzot emas, balki ular bir qancha minerallarga ham muhtojdir. Shuning uchun ham kapalaklar loyli joylardan suv ichish orqali o‘zlariga kerakli bo‘lgan moddalarni oladi. Deyarli hamma erkak kapalaklar loyli ko‘lmaklarga boradi, chunki bu ularning nasl qoldirishlari uchun ahamiyatlidir.

CHUMOLI
Chumolilar (lot. Formicidae) pardaqanotlilar turkumiga kiruvchi hasharotlar oilasidir. Eng koʻp tarqalgan hasharotlardan hisoblanishadi. Yaxshi uyushgan jamoa boʻlib yashashadi. Jamoada milliongacha chumoli boʻlishi mumkin. Ishchi, navkar, erkak va ona chumolilar ajratiladi. Ona chumolining qorin qismi juda katta boʻlib uyasidan chiqmaydi.U tuxum qoʻyib nasl qoldirish vazifasini bajaradi. Ona chumolini ishchi chumolilar parvarish qilib boqadi. Navkar chumolilar uyani dushmandan himoya qiladi. Ular uyaga kiradigan teshikni boshlari bilan yopib oladi. Uyaga kiradigan ishchi chumolilar moʻylovlarini navkarlar boshiga tekkazadilar. Shundan keyinga navkar chumolilar ularga uyaga kirish uchun ruxsat beradilar.Ishchi chumolilar oziq yigʻish, qurtlarni parvarish qilish va koʻchirib yurish, uyani toza saqlash vazifasini bajaradi. Shuningdek, ular jigʻildonida chala hazm boʻlgan oziq bilan qurtlari, navkarlari, lichinkalari va ona chumolini oziqlantiradi.Chumolilar tuproqqa, toshlar ostiga va chiriyotgan toʻnkalarning ichiga juda koʻp xona va yoʻlaklardan iborat uya quradi. Sariq oʻrmon chumolisi uyasining yuqori qismi gumbazga oʻxshaydi. Uning balandligi 2 metrgacha yetadi. Qishda chumolilar uyasining yer ostki qismida gʻuj boʻlib qishlaydi. Bahorda qanotli yosh ona erkaka chumolilar uyasidan uchib chiqadi. Erkaka chumoli urgʻochisini urugʻlantirgach halok boʻladi. Yosh ona chumoli esa qanotlarini tashlab oʻziga kichikroq uya qurib oladi.Chumolilarning juda koʻpchiligi foydali hisoblanadi. Sariq oʻrmon chumolilari daraxtlarga ziyon yetkazuvchi har xil hasharotlarni qiradi. Bitta chumoli oilasi 0,25 dan 1 gektargacha oʻrmonni zararkunandalardan himoya qiladi. Oʻrta Osiyo choʻllarida yirtqich chopqir ot chumoli va oʻroqchi chumoli keng tarqalgan. Ular har xil oʻsimliklarning urugʻi va doni bilan oziqlanib, birmuncha ziyon yetkazadi. Xonadonlarda uchraydigan sariq fir'avn chumoli shirinlik va yogʻlik oziq-ovqat mahsulotlariga juda oʻch boʻladi Qora bogʻ chumolisi shaftoli, olma, oʻrik va boshqa oʻsimliklarga zarar keltiradigan shira bitlari ajratadigan shirani yalab oziqlanadi. Ular shira bitlarini qoʻriqlash bilan ancha ziyon yetkazadi. Chumolilar nashtarli hasharotlardir (lekin nashtarlari juda kalta, sut emizuvchi terisidan oʻta olmaydi shuning hisobiga ular chaqa olmaydi.).

Chumolilar hasharotlar. Chumolilar haqida hamma narsa. Qizil olov chumolilar

Download 324.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling