Ba’zi bir hollarda kredit oluvchi olgan krediti real bahosi nominal bahosidan kam bo’ladi.
Moliyaviy menejer o’z kompaniyasi kapital bahosini juda ko’p sabablarga ko’ra bilishi lozim. Birinchidan, o’z kapital bahosi kompaniya faoliyatiga resurslar qo’ygan investorlarga qaytimni ifodalaydi va o’z kapitalining bozor bahosini aniqlash uchun (masalan Gordon modeli yordamida), kutilayotgan foydani o’zgarishiga bog’liq holda (aksiya) firma aksiyalari bahosi o’zgarishidan yuzaga keladigan tushumlar va dividendlarni bashorat qilishda zarur bo’ladi.
Ikkinchidan, bir qancha fikrlar bo’yicha bu manba boshqalarga qaraganda arzon, ya’ni emissiya xarajatlari yo’qdir. Uchinchidan, bu mablag’larni investitsiya qilish jarayoni bir muncha osonroq bo’ladi.
Amaliyotda har bir kompaniya o’z faoliyatini, shu bilan birga investitsiya faoliyatini turli manbalardan moliyalashtiradi. O’z faoliyatida foydalanilgan moliyaviy resurslar uchun foizlar, dividendlar va boshqalar to’laydi. Shu bilan birga o’z iqtisodiy salohiyatini ko’tarish uchun zarur xarajatlar qiladi. Har bir mablag’ manbasi joriy manbalarni ta’minlashdagi xarajatlar summasidagidek o’z bahosiga ega. Bu baholar orasidagi aniq bog’liqlikni ko’rsatish qiyindir.
Investitsiya jarayonlarini amalga oshirishda va kapital byudjet tuzish jarayonida kapital bahosini hisoblash muhim ahamiyatga ega. Chunki, investitsiya ob’ekti bahosini belgilashda to‘g‘ridan – to‘g‘ri ta’sir etadi. Iqtisodiyotda har qanday sub’ekt o‘z faoliyatini rivojlanish va joriy operatsiyalar nuqtai-nazaridan moliyalashtirish uchun pul mablag‘lariga ehtiyoj sezadi. Bunday moliyalashtirish davomiyligiga ko‘ra uzoq va qisqa muddatli tusga ega. U, yoki bu moliyalashtirish manbasini jalb qilish, kompaniya uchun davriy tusdagi xarajatlar bilan bog‘liq. Kapital hajmiga nisbatan foiz ko‘rinishidagi bunday xarajatlar yig‘indisi kompaniya kapitali bahosini o‘zida aks ettiradi.
Kapital bahosi konsepsiyasi moliyaviy menejmentning muhim nazariyalaridan biri bo‘lib, kompaniyaning yuqori bozor bahosini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan investitsiya kapitali rentabelligini tavsiflaydi. Kompaniyaning bozor bahsini maksimallashtirish, foydalaniladigan manbalar bahosini ma’lum bir darajada minimallashtirish orqali erishiladi. Zero, kapital bahosi ko‘rsatkichi investitsiya loyihalarini va kompaniyaning investitsiya portfelini samaradorligini baholashda keng qo‘llaniladi. Moliyaviy menejmentdagi ko‘pincha qarorlar (aylanma aktivlarni moliyalashtirish siyosatining shakllanishi, lizingdan foydalanish qarori, kompaniyaning operatsiya foydasini rejalashtirish va h.k.) kompaniya kapital bahosi tahliliga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |