Mavzu: Kapital tarkibi va uning bahosi Bajardi : Jo'raqulov Temurbek


Kompaniya kapital bahosi ko‘plab omillar ta’sirida shakllanadi. Ular ichida asosiylari quyidagilardir


Download 13.32 Kb.
bet4/5
Sana09.06.2023
Hajmi13.32 Kb.
#1465859
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jo\'raqulov Temurbek. Kapital tarkibi

Kompaniya kapital bahosi ko‘plab omillar ta’sirida shakllanadi. Ular ichida asosiylari quyidagilardir:
*moliyaviy muhit va moliya bozorlarining umumiy holati;
*tovar bozori kon’yukturasi;
*moliya bozorida shakllangan o‘rtacha ssuda foiz stavkasi;
*ma’lum kompaniya uchun turli moliyalashtirish manbalarining mavjudligi;
*kompaniya operatsiya faoliyatining rentabellik darajasi;
*operatsiya levereji darajasi;
*o‘z kapitalining raqobatbardoshlik darajasi;
*operatsiya va investitsiya faoliyati hajmi o‘rtasidagi munosabat;
*amalga oshiriladigan operatsiyalarning risk darajasi;
*kompaniya faoliyatida sohaning muhimligi hamda, ishlab chiqarish va operatsiya siklining davomiyligi.
Kompaniya kapital bahosini aniqlashda bir-qancha bosqichlar amalga oshiradi. Birinchi bosqichda, kompaniya kapitalini shakllanish manbalarining asosiy komponentlarini aniqlash amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqichda, har bir manba bahosi alohida hisoblanadi. So‘ngra, umumiy investitsiya qilingan kapitalning har bir komponentini solishtirish orqali o‘rtacha tortilgan kapital bahosi aniqlanadi. Shundan so‘ng, kapital tarkbini shakllantirish va optimallashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.
Kapital tarkibi tushunchasi kompaniya o‘z faoliyatini ichki pul, aksiya va qarz mablag‘larini shakllantirish orqali moliyalashtirish bilan bog‘liq. Kapital tarkibini tahlil qilishda asosiy e’tibor, kompaniyaning qarz mablag‘lari bilan o‘z mablag‘lari o‘rtasidagi nisbatga qaratiladi. Kapital tarkibini boshqarish kompaniyalar uchun muhim va murakkab masalalardan biri bo‘lib, u o‘z va qarz mablag‘lari manbaini optimallashtirish orqali, kompaniya umumiy kapital xarajatlarini minimallashtirish va kompaniya bozor bahosini maksimallashtirish imkonini beruvchi aralash kapital tarkibini tuzishdan iboratdir.
Kapital tarkibini boshqarishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligi borasidagi muammolar doim iqtisodchilarning e’tibor markazida bo‘lgan. Asosiy savol quyidagiga borib taqaladi: optimal kapital tarkibi haqiqatda mavjudmi va u kapital hamda kompaniya bahosiga qay tarizda ta’sir qiladi? Bu savolga
F.Modilyani va M.Miller o‘zlarining an’anaviy yondashuvlari va nazariyalari bilan javob berishga harakat qilganlar4. An’anaviy yondashuvga ko‘ra, optimal kapital tarkibi bilan birga unga bog‘liq bo‘lgan kapital bahosi ham mavjud. Kapital bahosi uni tashkil qiluvchi o‘z va qarz kapitali bahosiga bog‘liq. Kapital tarkibining o‘zgarishi bilanoq bu manbalar bahosi ham o‘zgaradi.

Download 13.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling