Geografik karta tuzish va undan to`la foydalanish uchun uning xususiyatlarini bilish zarur. Shuning uchun ham karta tuzishda va undan foydalanishda tahliliy yo`ldan foydalaniladi. Kartaning har bir elementini alohida o`rganilishida elementlarning vazifasi, ahamiyati va ular orasidagi o`zaro bog`liqlikni bilish kerak. Kartografik tasvir geografik kartaning negizidir, unda tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy voqea va hodisalar to`g`risida yetarli darajada ma’lumot berilib, ularning tarqalishi, holati, o`zaro aloqasi va rivojlanishi tasvirlanadi. Bu ma’lumotlar geografik kartaning asosini tashkil qiladi. Kartaning mazmuni bir qancha geografik elementlardan tashkil topgan. Masalan, umumgeografik kartaning mazmunini quyidagi elementlar tashkil qiladi: suv ob’ektlari, yer yuzasining rel’yefi, o`simliklar qoplami va tuproq, aholi yashaydigan joylar, aloqa yo`llari va aloqa vositalari, sanoat, qishloq xo`jaligi, madaniy ob’ektlar va ma’muriy chegaralar.
Do'stlaringiz bilan baham: |