Kartani geometrik jihatdan aniq va tasvirlarning to`g`ri bo`lishi kartaning matematik asosiga bog`liq. Matematik asos o`z navbatida bir qancha elementlardan tashkil topgan. Masalan, proyeksiya va koordinata to`ri, masshtab hamda geodezik asos (triangulyatsiya, poliganometrik va nivelirlash shoxobchalari) va komponovka. Hamma kartalar kartografik proyeksiyalar asosida tuziladi va yer ellipsoidini tekis yuzaga yoki qog`ozga tushirish yo`llarini ko`rsatib beradi. Kartografik to`r (geografik kenglik va geografik uzoqlik) esa geografik elementlarning yer yuzasidagi o`rnini tasvirlaydi. Lekin ba’zi bir kartalarda kartografik to`r berilmasligi ham mumkin. Masalan, geografik atlasda faqat siyosiy-ma’muriy va tabiiy kartalarda berilsa yetarlidir. Chunki ba’zi bir tasvirlangan hududlar maydon jihatdan kichkina bo`lsa, kartografik to`r ko`rsatilsa kartaning o`quvchanligi qiyinlashadi, yoki kartada va larni aniqlash ishlari ko`zda tutilmagan bo`lishi mumkin. Ba’zan kartaning maxfiyligi ham e’tiborga olinadi. Karta elementlardan biri kartaning legendasi (shartli belgilar sistemasi) kartaning mazmunini o`qish uchun asosiy qurol bo`lib hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |