Mavzu: Kartografik generalizatsiyaning ahamiyati


Generalizatsiyaning turlari


Download 24.44 Kb.
bet4/6
Sana25.08.2023
Hajmi24.44 Kb.
#1670268
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Kartografik generalizatsiyaning ahamiyati

Generalizatsiyaning turlari
Generalizatsiya qilishda sivat tavsiflarini umumlashtirish keng qo‘llaniladi, ularning farqlarini kamaytirish har doim tasniflash belgilarini umumlashtirish bilan boiiqdir. Masalan, obzor kartalarda ko‘pchilikni tashkil etadigan o‘rmon daraxtlarining turlari o‘miga yagona o'rmon belgisi beriladi, geologic kartalarda yirik masshtablardan mayda masshtablarga o‘tishda svita va yaruslami boMimlarga qo‘shib yuborish bilan stratigrafik bo‘iinishlar umumlashtiriladi, so‘ngra bo‘lirnlar sistemalarga qo‘shib yuboriladi va h.k.
Miqdor tavsiflarini umumlashtirish tasvirlanayotgan hodisaning miqdor gradatsiyalarini (bir bosqich yoki holatdan ikkinchi bosqich yoki holatga o‘tishdagi izchillik) yiriklashtirishda uzluksiz shkalalardan pog‘onalilarga o‘tishda namoyon bo‘ladi. Bunga topografik kartalami generalizatsiya qilishda relyefning kesim balandligini kattalashtirish (orttirish) yoki aholi punktlarini yashovchilar soni bo‘yicha guruhlashni yiriklashtirish misol bolishi mumkin. Kartaga olinayotgan obyektlami tanlab olish — bu kartada uning maqsadi, mazmuni va masshtabi hamda kartaga olinayotgan hududning xususiyatlari nuqtai nazaridan muhim va zarur bo‘lgan obyektlami qoldirish demakdir. Tanlab olish sifat va miqdor tavsiflarini umumlashtirish bilan uzviy bog‘langan va legenda yangi yiriklashtirilgan bo‘linishlarga bo‘ysindirilgan bo‘ladi. Tanlab olishda ikkita miqdoriy ko'rsatkichlardan, ya’ni senz va normalardan foydalaniladi.
Geometrik qiyofasini (tashqi ko'rinishini, konturini) soddalashtirish (o’zgartirish, osonlashtirish) tasvimi mayda-chuyda detallaridan, konturlarning uncha katta bo‘lmagan burilishlaridan voz kechish, chegaralarni to‘g‘rilash va boshqalardir. Daryolar va qirg‘oq chiziqlarining uncha katta bolmagan egribugri joylari to‘g‘rilanadi, gorizontallarning egik, bukik joylarini chiqarib yuboriladi, geologik chegaralaming qiyofasi (ko'rinishini) soddalashtiriladi va h.k. Shu bilan birga, soddalashtirish yuzaki, engil-elpi bo‘lrnasligi kerak. Norvegiyaning mayda masshtabli kartasida fiord qirg‘oqlarini to‘g‘riumumlashtirish qirg‘oq qiyofasi suratini mexanik tekislash emas, ballki Skandinaviya yarim oroli qirg‘oqlarining haqiqiy qivofasini aks ettirishdan iborat.

Download 24.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling