Mavzu: Kartografik generalizatsiyaning ahamiyati


Konturlarni birlashtirish


Download 24.44 Kb.
bet5/6
Sana25.08.2023
Hajmi24.44 Kb.
#1670268
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Kartografik generalizatsiyaning ahamiyati

Konturlarni birlashtirish — generalizatsiyani geometrik namoyonbo‘lishining bittasi ajratib olingan konturlarni guruhlash bilan bog‘liq. Kartada konturlar birinchidan hodisalarning sifat va miqdor gradatsiyalarini umumlashtirish va legendaning bo‘linishlarini yiriklashtirish natijasida, ikkinchidan esa, bir qancha mayda-chuyda konturlarni bir-biriga qo‘shib, bitta yirik kontur hosil qilish oqibatida sodir bo'ladi. Shunday, birorta foydali qazilma konlarini alohida, uncha katta bo‘lmagan arealini generalizatsiya davomida bitta yagona areal qilib qo‘shib yuborilishi mumkin
Generzatsiyaning aniqligi va sifati
Generalizatsiyaning aniqligi va sifati ikki jihatdan: kartaning geometrik aniqligi nuqtai nazaridan va kartaning mazmuni ishonchliligi jihatidan baholanadi.
Geometrik aniqlik — bu kartadagi alohida nuqtalarni va obyektlami ularning haqiqiy holatlariga moslik darajasini tavsiflovchi miqdoriy o‘lchov. Geometrik aniqlik kartani joy bilan yoki yirik masshtabli manbalar bilan taqqoslaganda aniqlanilishi mumkin.
Kartaning mazmunan ishonchliligi — bu real borliqning kartografik tasvirini uning asosiy xususiyatlarini va obyektlar o‘rtasidagi o'zaro aloqadorligini hisobga olgan holda mos kelishini sifatli baholash demakdir.
Har xil joylashgan voqea va hodisalarni (obyektlarni) generalizatsiya qilish:
Punktlarga joylashtirilgan (Joylashgan) obyektlar sifat va miqdor tavsiflarini senzlar va tanlab olish normalarini qo‘llab generalizatsiya qilinadi.
Chiziqlarga joylashtirilgan (joylashgan) obyektlar ham generalizatsiya jarayonida senzlar va normativlarga mos holda tanlab olishni, sifat va miqdor tavsiflarini umumlashtirishni boshidan kechiradi, Chiziqli obyektlarni (elementlarni) generalizatsiya qilishni muhim elementi ularning suratlarini to‘g‘rilash va soddalashtirish, maydachuyda egik-bukiklardan voz kechish (saqlab qolishda va hatto ayrim tipik detallarini alohida qilib, bo‘rttirib ko‘rsatishda ham) dan iboratdir.

Download 24.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling