Mavzu: Kartografiya va geoinformatika Geoaxborot tizimida ma’lumot lar tushunchasi
Download 488.83 Kb.
|
Mavzu 3 (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atribut va geofazoviy ma’lumot larni birlashtirish
Ma’lumotni aniqlash. MBBT ma’lumotlarning dasturiy vositalarga tuzilishini ko‘rsatib beruvchi vazifalar bilan ta’minlaydi. Bularga qayd qilingan axborotni aniqlash va modifikatsiya qilish hamda ma’lumot uchun zarur bo‘lgan turli boshqa vazifalar kiradi.
Ma’lumotni boshqarish. Ma’lumotlar tuzilmasi aniqlangandan so‘ng ma’lumot zaruriyatlari kiritiladi, o‘zgartiriladi yoki o‘chiriladi. Bu operatsiyalarni bajaradigan vazifa (funksiya)lar MBBT ning bir qismidir. Bu vazifalar rejalashtirilgan yoki rejalashtirilmagan ma’lumot boshqaruvida ishlatiladi: ma’lumotni saqlash; ma’lumotlarni ishlatish, bajarish. Demak, MBBT katta o‘lchamdagi ma’lumotlarni bir tizimdan ikkinchisiga o‘tkazish va qayta ishlash holatida so‘rovning qulay hamda oson bajarilishiga imkon yaratadi. Atribut va geofazoviy ma’lumot larni birlashtirish Geografik ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchi o‘zi uchun eng kamida kartalar qatlami yoki kartadagi ma’lum bir xususiyatlar to‘plamini oladi. Bunda bu xususiyatlar yakka holda bo‘lgan alohida mavzularga tegishli bo‘ladi. Xususiyatlar to‘plami GATdagi alohida MB jadvaliga kiritiladi. Bunda jadval satrlari obyekt ma’lumotlarini va ustunlar obyektning xususiyatlari yoki atributlarini saqlaydi (3.13-rasm). Jadvallarga kiritilgan ma’lumotlar qiymat bo‘ladi. Geografik MB jadvalining geografik bo‘lmagan jadvaldan farqi geometrik ustunning mavjudligidadir. Geografik MBda joy va ishlash tezligini oshirish uchun koordinata qiymatlari yuqori kompresslangan (siqilgan) shaklda saqlanishi mumkin. Agar bizga 2 ta jadval berilgan bo‘lsa, to‘liq ma’lumot olish uchun ularni o‘zaro birlashtirishimiz mumkin. Demak, MBni o‘zaro bog‘lash uchun jadvallardan foydalaniladi. Har bir geografik qatlam ma’lumotlari jadvallarga kiritiladi. Jadvallarni bir-biri bilan bog‘lash mumkin, agar qiymatlar bir xil bo‘lsa, bunda ustun va satrlardagi qiymatlar umumlashtiriladi, agar aksincha bo‘lsa, alohida joylashtiriladi. Bunday birlashtirish bir hudud to‘g‘risida 2 xil ma’lumot jadvali berilsa, soddalashtirish hamda tushunish oson bo‘lishi uchun bajariladi. Yana bir muhim jihati oldingi mavzuda aytilganidek, iloji boricha MBdagi joyni tejab ishlatish zarur. Shu sababli qaytarilayotgan ma’lumotlarni o‘chirib tashlashimiz zarur. Bu, o‘z navbatida, MBdan so‘rovni amalga oshirganda uning Download 488.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling