Mavzu: Kartografiya va geoinformatika Geoaxborot tizimida ma’lumot lar tushunchasi


Download 488.83 Kb.
bet12/19
Sana19.10.2023
Hajmi488.83 Kb.
#1709860
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Mavzu 3 (3)

Baholash







Tayyorgarlik

Tahrir qilish va yaxshilash

Raqamlashtirish / Uzatish



    1. rasm.Ma’lumot to'plash bosqichlari (Manba: Muallif)

Asosiy geografik ma’lumot olish turlari. Asosiy geografik ma’lumot olish barcha obyektlarni bevosita, ya’ni to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘lchash orqali amalga oshiriladi. Raqamli ma’lumot o‘lchovi ham to‘g‘ridan to‘g‘ri, ya’ni raqamli asboblar orqali GAT bazasiga kiritilishi mumkin. Bu usul GAT bazasini yaratishda juda qo‘l kelsa-da, ba’zi holatlarda bu asboblar bilan GAT bazasini bir-biriga bog‘lash imkoniyati bo‘lmay qoladi. Shunda rastr va vektor ko‘rinishdagi GAT asosiy ma’lumotlarini olish usullarini qo‘llashimiz kerak bo‘ladi.
Rastr ma’lumot olish. Asosiy yoki birlamchi rastr formatdagi
ma’lumotlarni olish yo‘llaridan biri bu masofadan zondlash orqali olingan
ma’lumotlardir. Kengroq qilib aytadigan bo‘lsak, masofadan zondlash bu
75
obyektning fizik, kimyoviy va biologik xossalari to‘g‘risidagi axborotlarni bevosita olish texnikasidir. Bunda axborot obyektda aks etayotgan, undan tarqalayotgan va yutilayotgan elektromagnit radiatsiya miqdorini o‘lchash orqali hosil qilinadi. Elektromagnit o‘lchovlarni ko‘rinuvchi va ko‘rinmas, ya’ni mikroto‘lqinlarni payqay oladigan sensorlar amalga oshiradi. Sensorlar ikki turga bo‘linadi: passiv va aktiv.
Passiv sensorlar obyektdan tarqalayotgan elektromagnit to‘lqinlarni o‘lchash orqali ishlasa, aktiv sensorlarning o‘zi elektromagnit to‘lqinlarni yuboradi va shu asosda o‘lchash ishlarini olib boradi. Bu sensorlar sun’iy yo‘ldoshga biriktirilgan bo‘ladi. Bundan tashqari, masofadan zondlashga samolyotlar yordamida suratga olishni ham kiritishimiz mumkin.
Qisqacha qilib aytadigan bo‘lsak, masofadan zondlash bu obyektning fizik, kimyoviy va biologik xossalarini bevosita masofadan turib o‘lchashdir.
Oldingi boblarda tiniqlikning fazoviy, spektral va vaqtli turlarga bo‘linishini ko‘rib o‘tgan edik.
Fazoviy tiniqlikda muhim ko‘rsatkichlar bu obyektning yo‘l qo‘yiladigan aniqlikdagi tasvir o‘lchami va eng muhim o‘lchov ko‘rsatkichi esa bu uning piksel o‘lchamidir. Sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlar odatda 0,5 m dan 1 km gacha o‘lchamdagi piksellarga ega bo‘lgan tasvirlar hisoblanadi.
Aerofotosyomka suratlarini oladigan kameralarning sifat tiniqligi (resolution) odatda 0,1m dan 5m oraliqda bo‘ladi. Tasvir o‘lchamlari sensorlar turiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Odatdagi farq 900 ga 900 dan boshlab 3000 ga 3000 gacha pikselda bo‘lishi mumkin. Sensorlarning umumiy masofadan zondlash kengligi odatda 9x9 km dan 200x200 km gacha bo‘ladi. Spektral tiniqligi o‘lchangan elektromagnit spektrning bir qismigagina aloqadordir. Turli obyektlar har xil turdagi radiatsiya miqdorini va turini tarqatganligi, yutganligi uchun elektromagnit spektrlarning qismiga qarab qaysi bo‘limni qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Masofadan zondlash tizimlari ma’lum diapazonda tarqalayotgan to‘lqinlarning bir qismi yoki bir qancha qismlarini olgan holda ham ishlashi mumkin. Yuqoridagi fikrlarning barchasi sun’iy yo‘ldosh orqali ma’lumot va tasvir olish to‘g‘risida bo‘lgan bo‘lsa, GATda aerofotosuratlarning ham o‘rni muhimdir. Bu asosan o‘rta va katta masshtabli GAT loyihalarida ahamiyatga ega. Texnik jihatdan sun’iy yo‘ldoshdan olingan masofadan zondlash ma’lumotlari va tasvirlari hamda aerofotosuratlar bir xil bo‘lsa-da (ikkisi ham tasvirlar), o‘sha tasvir va ma’lumotlarni olish hamda qayta ishlash usulida farq sezilarlidir. Eng ko‘rinarli farqlardan biri bu aerofotosuratlar analog yoki oddiy kameralar yordamida tasvirga tushirilib (raqamli kameralar keng masshtabda qo‘llanilib kelishiga qaramasdan), keyin plyonka negativi skanerlash orqali rastrlashtiriladi. Kamera optikalari va skanerlash jarayoni sifati birgalikda hosil bo‘lgan tasvirning fazoviy va spektr xususiyatlariga ta’sir qiladi. Ko‘pgina aerofotosuratlar maxsus (ad hoc) tarzda va kameralar past balandlikda uchayotgan samolyotlarga o‘rnatilib (3000 - 9000 m balandlikda), rangli yoki oq- qora tasvir ko‘rinishida to‘planadi. Shu xususiyati bilan aerofotosuratlar batafsil syomka va kartalash loyihalarida juda qo’l keladi.
Kosmik va aerofotosuratlash tizimining muhim jihatlaridan biri bu ikkala tizimdan olingan juft suratning (bir-biriga ustma-ust qilib tasvirga tushirilgan) stereotasvirini berishdir. Bunday birlashtirilgan tasvirlar esa, o‘z navbatida, uch o‘lchamli oddiy yoki raqamli model yaratish imkoniyatini beradi. Bu modellar asosida uch odehamli koordinatalar, konturlar va raqamli relyef modellari hosil qilinadi.
GAT loyihalari uchun kosmik va aerosuratlash tizimi ma’lumotlari bir qancha qulayliklarni keltiradi. Ma’lumotlarning ketma-ketligi va global masshtabda qamrab olish tizimining mavjudligi kosmik ma’lumotlar (tasvirlar)ni asosan keng masshtabdagi hudud, kichik masshtabdagi loyihalarni amalga oshirishda (landshaftni kartalash va daryolarning geologik tuzilishi) va borish qiyin bo‘lgan joylarni kartalashda muhimligini ta’minlaydi. Bundan tashqari, sun’iy yo‘ldosh orqali davriy olib turilgan suratlarni taqqoslash va tahlil qilish orqali yillik vegetatsiya holatini kuzatish imkonini beradi. Aerofotosyomka esa shahar va arxeologik joylarning batafsil syomkasi va kartalashini amalga oshirishda hamda shu asosda joyning uch o‘lchamli tasvirini hosil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kosmik tasvirlash tizimida ulkan masshtabdagi GAT loyihalarini amalga oshirishda sun’iy yoddoshlarga o‘rnatilgan sensorlar bulutlarga duch kelib, tasvirga olish imkoniyati qiyinlashadi va shu sababli xira hamda uncha aniq bo‘lmagan tasvirlar yoki ma’lumotlar olinadi. Hozirda ushbu muammolarni bartaraf qilish ustida ish olib borilmoqda va zamonaviy yangi avlod sensorlari 0,6 metr fazoviy tiniqlikka egadir. Aero - va kosmik kameralardan olingan ma’lumot hajmi juda ulkan bo‘lishi va ba’zida ularni saqlash hamda qayta ishlashda muammo keltirib chiqarishi mumkin.

Download 488.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling