Mavzu: Kartografiya va geoinformatika Geoaxborot tizimida ma’lumot lar tushunchasi


Ma’lumotlar to‘plash uchun geografik ma’lumotlarning tasnifi


Download 488.83 Kb.
bet10/19
Sana19.10.2023
Hajmi488.83 Kb.
#1709860
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Mavzu 3 (3)

Ma’lumotlar to‘plash uchun geografik ma’lumotlarning tasnifi




Rastr

Vektor

Asosiy

Sun’iy yo‘ldoshlar va masofadan zondlashdan olingan raqamli tasvirlar
Raqamli aerofotosuratlar

GPS o‘lchovlari
Syomka o‘lchovlari

Yordamchi

Skanerlangan karta yoki suratlar Raqamli relyef modellari Topografik karta konturlari

Topografik kartalar Joy nomlari Ma’lumotlar bazasi

Ikkilamchi manbalar oddiy va raqamli ma’lumotlar tizimi bo‘lib, bu ma’lumotlarni keyingi bosqichda mos raqamli formatga o‘tkazish kerak bo‘ladi. Bunday manbaga rastr formatdagi skanerlarga rangli aerofotosuratlarni, qog‘oz ko‘rinishdagi skanerlash va vektorlash ishlarini talab qiladigan kartalarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Demak, asosiy (birlamchi) geografik ma’lumotlar manbayi GATda ishlatish uchun bevosita odchovlar orqali olinadi. Yordamchi (ikkilamchi) manbalar oldingi izlanishlar orqali qayta ishlangan yoki boshqa tizimlardan olinadi.


Har ikki ma’lumot ham raqamli, ham analog formatda bo‘lishi mumkin. Analog ma’lumot har doim geografik ma’lumotlar bazasiga kiritilishidan oldin raqamli ko‘rinishga keltirilishi lozim. Bunday jarayonni qog‘oz karta yoki fotosuratni skanerlash hamda suratdagi belgilangan joyni vektorlash orqali amalga oshirish mumkin. GATga kiritilishidan oldin raqamli ma’lumotning format kattaligi va tavsiflariga qarab qo‘shimcha qayta formatlash va qayta tizimga keltirish kabi ishlar bajarilishi kerak bo‘lishi mumkin. Bu bo‘limda ma’lumot to‘plash va ma’lumot uzatish kabi atamalarga duch kelamiz. Ularning bir-biridan farqi shundan iboratki, ma’lumot to‘plash deganda to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’lumotni o‘sha ma’lumot to‘playotgan qurilmaga kiritish nazarda tutilsa, ma’lumot uzatishda esa o‘sha ma’lumotlarni tarmoqli ulanishlar (Internet, WAN, LAN), CD ROM disklar, fleshka va disketlar orqali kiritish nazarda tutiladi.

Download 488.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling