Mavzu: Kartografiya va geoinformatika Geoaxborot tizimida ma’lumot lar tushunchasi


Download 488.83 Kb.
bet11/19
Sana19.10.2023
Hajmi488.83 Kb.
#1709860
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
Mavzu 3 (3)

Ma’lumot to‘plash bosqichlari. Ma’lumot to‘plash, o‘z navbatida, boshqa jarayonlar kabi bir necha bosqichli ishlarni o‘z ichiga oladi (3.9-rasm). Bu jarayonlarning birinchi bosqichini rejalashtirish boshlab bersa, tayyorgarlik, raqamlashtirish/uzatish (raqamlashtirish, syomka natijalarini kiritish, skanerlash, fotogrammetriya), tahrir qilish va sifatini yaxshilash kabi bosqichlar uni davom ettirib, ma’lumotlarni baholash esa tugatib beradi.
Rejalashtirish barcha ishlardagi kabi bu jarayonda ham muhimdir. Bu bosqichda foydalanuvchiga qo‘yiladigan talablar, ishchilar, mos texnika va texnologiyalar hamda dasturlarni aniqlash, loyiha dasturini tayyorlash kabi ishlar aniqlab olinadi.
Tayyorgarlik bosqichida ma’lumot olish, boshlang‘ich manbalardagi ma’lumotlarni qayta ishlash, skanerlangan tasvirlarni tahrir qilish kabi ishlar amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ma’lumotlarni qabul qilib olish uchun mos
GAT kompyuter texnologiya va dasturlarini aniqlash ishlarini ham o‘z ichiga olishi mumkin. Raqamlashtirish va ma’lumot uzatish tizimdagi eng ko‘p ish qilinadigan bosqichdir. Bu bosqichdan keyin ma’lumotlarni tahrir qilish va sifatini yaxshilash ustida ish olib boriladi. Bunda raqamlashtirilgan ma’lumotlar xatolari bartaraf qilinib, sifati yanada oshiriladi. Oxirgi bosqichda ma’lumot to‘plash jarayoni davomida hosil qilingan kamchilik va muvaffaqiyatlar aniqlanib, tahlil qilinadi.






























Download 488.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling