Mavzu: Kartografiya va geoinformatika Geoaxborot tizimida ma’lumot lar tushunchasi


Download 488.83 Kb.
bet8/19
Sana19.10.2023
Hajmi488.83 Kb.
#1709860
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Mavzu 3 (3)

Nominal atribut ma’lumot atributning eng oddiy turi bo‘lib, uning vazifasi biror-bir jismni ikkinchisidan ajratishdan iboratdir. Joy nomlari, uy raqamlari va boshqalar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Nominal atributlar asosan raqamlar, harflar va ba’zida ranglarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Ordinal atribut ma’lumotda ma’lumotlarning qiymati tabiiy ketma- ketlikni tashkil qiladi. Masalan, Kanada o‘z yerlarini sinflarga bo‘lib baholaydi: 1-sinf yerlari eng yaxshi yer deb baholansa, 2-sinf o‘rtacha yer deb baholanadi. O‘zbekistonda bunday baholash 100 ballik shkala asosida bajariladi.
Interval atribut ma’lumotda qiymatlar orasidagi farq ma’noga ega. Masalan, Selsiy darajasi. Bunda biz 20-30 daraja 10-20 darajadan farq qiladi, deb ayta olamiz.
Koeffitsiyentli. Bu turdagi atribut ma’lumotlarda koeffitsiyent muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, og‘irlik bu bir koeffitsiyent va biz 100 kg mahsulot 50 kg li mahsulotdan 2 marta og‘ir deb aniq ayta olamiz. Lekin darajaga kelganda, 20 daraja 10 darajaga qaraganda 2 marta issiq deb ayta olmaymiz, chunki bunda faqatgina interval sifatida ko‘rsata olishimiz mumkin.
Siklik. Bunda asosan siklik ko‘rinishdagi atribut ma’lumotlar kiritiladi. Bunga misol qilib obyektning daraja birligida fazoviy joylashishini keltirishimiz mumkin. Agar 359 darajaga 1darajani qo‘shsak, bu 0 ga yoki 180 ga teng kelib qolishi mumkin.
Atribut ma’lumotlarni bazaga kiritishning muhim qulayliklaridan biri bu standart ko‘rinishdagi so‘rovlar, turli xil filtrlar va matematik mantiq yordamida ma’lumotlar bazasi obyektlarini tahlil qilish imkoniyatidir. GATda atribut ma’lumotlarni saqlashning turli xil usullari mavjud:

• agar tizim klassifikator yordamida ishlasa, unda hech qanday atribut ma’lumotlarni saqlashning zaruriyati yo‘q.

Download 488.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling